QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.6K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar xalq manfaatini yuksaltirishga xizmat qiladi

🇺🇿 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida oldinda turgan dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, maslahatchilari, boshqarmalar boshliqlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Vazir tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga bir qancha dolzarb masalalar, xususan, zudlik bilan g‘alla ekish va kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli qilib o‘tkazish va qisqa muddatlarda yakunlash hamda ichki ariqlarni tozalash va kimyoviy vositalar bilan ishlov berish; hududlarda mevali bog‘-tokzorlarni barpo etish, to‘qsonbosti usulida dala chetlariga sabzavot ekinlarini ekish; 2024-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish hamda chorvachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qashqadaryo MTRK" tomonidan tayyorlangan tuproqlar unumdorligining pasayishiga olib kelayotgan sabablar to'g'risidagi lavhada hozirgi kundagi iqlim o'zgarishi oqibatida vujudga kelayotgan muammolar to'g'risida so'z yuritiladi.

Shuningdek, lavhada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Qashqadaryo mintaqaviy bo‘linmasi tomonidan mamlakatimiz tuproqlarida sodir bo‘layotgan degradatsiya jarayonlari va unga qarshi kurashish, tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish, uni muhofazalash hamda yerlardan oqilona foydalanish xususida so‘z yuritiladi hamda Institut olimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shakar olma haqida eshitganmisiz? 

Noina- shakar olma noodatiy meva bo'lib, uning o'xshashi yo'q va bizga tanish bo'lgan mevalarning hech biriga o'xshamaydi. 

Noinaning mevalari olma kattaligida, yashil rangda.

Mevaning ta'mi juda yoqimli, shirin aromatik magʻzi va loviya o'lchamidagi ko'plab qattiq urug'lari mavjud.  Pishmagan mevasining tuzilishi qattiq va umuman mazali emas, qovoqqa o'xshaydi.  Shuning uchun, bozorda pishmagan mevasini sotib olib, tatib ko'rgan ko'plab sayyohlar uni yoqtirmay, iste'mol qilishdan bosh tortishadi.  Ammo uni bir-ikki kun saqlasangiz, u pishib, juda mazali bo'ladi.  Pishganligini aniqlash uchun siz qobig'iga sal bosishingiz kerak. Bemalol bosilsa, meva pishgan bo'ladi.  Agar siz uni muddatidan oldin "ochsangiz", u pishib yetilishdan oldin yomon holatga kelishi mumkin.

Po‘stlog‘ini yeb bo‘lmaydi va uni tozalash juda noqulay.  Agar meva pishgan bo'lsa, unda mevani ikkiga bo'lgandan keyin mag'zini qoshiq bilan yeyish mumkin. To'liq pishgan yoki biroz pishgan mevalar sizning qo'lingizda tom ma'noda parchalanib ketadi.

Pishgan, mazali noinani tanlash uchun, birinchi navbatda, uning yumshoqligiga e'tibor berish kerak (yumshoq mevalar ko'proq pishgan boʻladi).

Meva C vitamini, aminokislotalar va kalsiyga boy.
Mavsumi: iyundan sentyabrgacha.

#bu_qiziq #shakar_olma #noina

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Вы когда-нибудь слышали о сахарном яблоке? Давайте вместе разберемся

Нойна -
необычный фрукт, не имеющий аналогов и не похожий ни на один из привычных нам фруктов. Плоды Нойны размером с крупное яблоко, зеленого цвета, бугристые.

Внутри плода очень приятная на вкус, сладкая ароматная мякоть и много твердых косточек размером с фасоль. Недозрелый фрукт твердый по фактуре и совершенно не вкусный, похож тыкву. Поэтому купив на рынке недозрелый фрукт и попробовав его многие туристы отказываются есть его дальше, сразу невзлюбив. Но если дать ему полежать день-два, он дозревает и становится очень вкусным. Чтобы определить зрелость, нужно немного надавить на кожуру, и если она продавится, значит фрукт созрел и его можно разрезать. Если же вы «вскроете» его раньше времени, то он может просто испортиться и забродить до момента созревания.
Кожура несъедобная, чистить очень неудобно из-за бугристой кожицы. Если плод зрелый, то мякоть можно есть ложкой, предварительно разрезав фрукт пополам. Самые зрелые или немного перезрелые плоды буквально разваливаются в руках.

Чтобы выбрать зрелую вкусную нойну, нужно, прежде всего, ориентироватся именно на ее мягкость (мягкие плоды более зрелые), но нужно быть осторожным, так как если надавить немного сильнее на зрелый фрукт, он
просто развалится в руках еще на прилавке.

Фрукт богат витамином С, аминокислотами и кальцием.
Сезон – с июня по сентябрь.

#это_интересно #Нойна

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 30 - oktabr - 4 - noyabr 2023-yil

👨‍🌾 QISHLOQ XO‘JALIGI: TARAQQIYOT YO‘LI ISLOHOT VA UNING IZCHILLIGINI TAʼMINLASHDA
https://t.iss.one/uzagroministry/14113

🎗 “ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVIDA ENG YAXSHI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI ANIQLANDI
https://t.iss.one/uzagroministry/14104

🇺🇿 O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTGA A’ZOLIK MAQOMINI OLISHDA TEXNIK KO‘MAK MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
https://t.iss.one/uzagroministry/14121

💧 TOMCHILATIB SUG'ORISH - SUV TEJASHNING SAMARALI USULI
https://t.iss.one/uzagroministry/14124

🔸 ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTЕGRATSIYASI
https://t.iss.one/uzagroministry/14133

🌱 TURLI IQLIM SHAROITIGA MOS KO‘CHAT NAVLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
https://t.iss.one/uzagroministry/14140

🍇 UZUMNI QAYTA ISHLASH SANOATI: ILG‘OR TAJRIBA VA IMKONIYATLAR
https://t.iss.one/uzagroministry/14146

🔰 SOHA OLDIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI
https://t.iss.one/uzagroministry/14151

🔗 QO‘SHIMCHA QIYMAT ZANJIRINI YARATISH AGROTARMOQNING MUHIM VAZIFALARIDAN BIRI
https://t.iss.one/uzagroministry/14154

♻️ ZAMIN SAYQALINING SARA MEVALARI QAYTA ISHLANMOQDA
https://t.iss.one/uzagroministry/14176

🇺🇿 HAR SOHADA ILG‘OR SAMARQAND
https://t.iss.one/uzagroministry/14181

🔹 SAMARQANDDA XVI VERONA YEVROOSIYO IQTISODIY FORUMIGA START BERILDI
https://t.iss.one/uzagroministry/14201

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6-noyabrdan 12-noyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
☀️ 6-noyabrdan boshlab
Quyosh chiqishi – 06:59
Quyosh botishi – 17:13
 
🌖 Tugayotgan oy: 6–12-noyabr
 
Geomagnit faollik:
Hafta davomida o‘rtacha geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 5-3-4-4-3-3-2).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida o‘rta daraja (2-3 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
6-noyabr – 41%; 7-noyabr – 44%; 8-noyabr – 59%; 9-noyabr – 70%; 10-noyabr – 52%; 11-noyabr – 47%; 12-noyabr – 64%.
 
🌦️ Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.
 
Respublikaning togʻ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq kunduzi, 12-17° iliq bo’ladi.
 
📝 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
Paxta ekilgan maydonlarda g'o'za poyalarini yig'ishtirib olish ishlari amalga oshiriladi. Bog'dorchilik ishlarida tokzorlarga kuzgi shakl berish hamda qishki sovuqdan asrash maqsadida toklarni ko'mish ishlari amalga oshiriladi.
To'qsonbosti ekinlarini ekish jarayonlarini jadallashtirish tavsiya etiladi. Shuningdek, kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshiriladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Погодные явления с 6 ноября по 12 ноября
 
☀️ С 6 ноября
Восход – 06:59
Закат – 17:13
 
🌖 Убывающая луна: 6 ноября–12 ноября
 
Геомагнитная активность:
Средний геомагнитные возмущения в течение недели (Кп-индекс: 5-3-4-4-3-3-2).
 
Ультрафиолетовый индекс:
Всю неделю ожидается cредний уровень (2-3 балл).
 
Влажность воздуха:
6 ноября – 41%; 7 ноября – 44%; 8 ноября – 59%; 9 ноября – 70%; 10 ноября – 52%; 11 ноября – 47%; 12 ноября – 64%.
 
🌦️ Еженедельная сводка погоды:
На этой неделе, на большей части территории Узбекистана будет небольшая облачность, местами возможен дождь с грозой. Восточный ветер меняет направление и дует с запада со скоростью 7-12 м/с, местами может усиливаться до 13-18 м/с. Температура воздуха ночью составит 7-12° тепла, днем - 17-22° тепла.
 
В некоторых районах предгорий и горных районов республики возможны дожди и грозы. Восточный ветер меняет направление и дует с запада со скоростью 7-12 м/с. Температура воздуха ночью составит 2-7° тепла, днем - 12-17° тепла.
 
📝 Рекомендации для фермеров и дехкан:
Сбор стеблей хлопка осуществляется на хлопковых полях. В садоводческих работах лозы закапывают, чтобы придать им осеннюю форму и защитить их от зимних морозов.
Рекомендуется ускорить посадку культуры Токсонбости. Также проводится осенняя вспашка.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Istanbulda Markaziy Osiyo mamlakatlarida qurg‘oqchilikka qarshi kompleks kurash choralari muhokama qilindi

O‘zbekistondagi CACILM-2 loyihasi jamoasi mintaqaning boshqa mamlakatlari vakillari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilikka qarshi kompleks kurashishni rejalashtirish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Global Ekologik Jamg‘arma (GEF)ning moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan CACILM-2 – “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi.

👥 Seminarda FAO, Yevropa komissiyasining Birlashgan tadqiqot markazi va boshqa xalqaro tashkilotlarning ekspertlari, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. 3 kun davom etgan tadbirda 6 ta sessiya davomida qurg‘oqchilik xavfini baholashning yangi konsepsiyasi va usullari, suv monitoringi tizimlari va ularning qurg‘oqchilikka qarshi kurashdagi o‘rni, zaiflik va ta’sirni baholash sohasida jahon amaliyotidan foydalanish, qurg‘oqchilikni kompleks boshqarish uchun rejalashtirish jarayonida gender masalalarini hisobga olish kabi muhim masalalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

#Fao #seminar #qurgoqchilikga_qarshi_kompleks

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro maydondagi eksport salohiyati namoyish qilinmoqda

Joriy yilning 5-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida “China international import Expo-2023” VI xalqaro ko‘rgazmasiga start berildi.

🖋O‘zbekiston delegatsiyasi ham mazkur ko‘rgazmaga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Mamlakatimiz iqtisodiy quvvatini namoyish etuvchi stenddan qishloq xo‘jaligi sohasi yutuqlari ham joy oldi.

🏠Pavilonimiz boshqalarnikidan ajralib turishi tabiiy. Ochilish marosimi va ilk kun tafsilotlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.

📌Tashrif buyuruvchi mutaxassis va xaridorlar diqqatiga mikroko‘katdan tortib, turli iqlim sharoitlariga chidamli o‘simliklar, sabzavot va ekinlar, Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etilgan.

🌍Dunyo bozorlariga eksport hajmini yana-da oshirish maqsadida ko‘rgazmada “O‘zbek brendi” nomi ostidagi zaminimiz neʼmatlari namoyish etilmoqda.

🔊Ilk natija yomon emas: 2024-2025 yillarda 30 mln. dollarlik eksportni amalga oshirish bo‘yicha ilk kelishuvlarga erishildi.

#xalqaro_korgazma #qishloq_xojaligi #Xitoy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍋 Qish oldidan limon daraxtlariga qanday agrotexnik ishlov berish kerak?

So‘nggi paytlarda limon butun Markaziy Osiyo bo‘ylab issiqxonalarda faol ravishda yetishtirib kelinmoqda. U, ayniqsa, mo‘l hosil olayotgan O‘zbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Respublikamizda limonchilik sohasida boshqaruv tizimini isloh qilish, shuningdek, limon plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish, iqlim sharoitimiz va tashishga yaroqli navlarni yetishtirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda o‘zbekistonlik mutaxassislar issiqxona va ochiq maydonda sitrus mevalar ko‘chatlarining yangi navlarini, shuningdek, tugunlarini (ekish uchun tanlangan ikki yillik ko‘chatlar) yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratishmoqda. Laboratoriyalarda ishlayotgan olimlar, issiqxona mutaxassislari limonning boshqa mamlakatlarga eksport qilish va tashish uchun yaroqli navlarini yaratishmoqda.

🔸 Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari mahalliy navlarning morfologik xususiyatlarini o‘rganib, serhosil va eksportbop navlarni joriy etishmoqda. Ularning fikricha, limonning ikki serhosil “Meyer” va “O‘zbekiston” navlarini issiqxonalar va xandaqlarda yetishtirish tavsiya etiladi. Bu navlar erta hosil beradi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘z mahsulotini eksport qilayotgan toshloqliklar

🌍Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Varzak” MFY odamlari o‘zining hunarmandlari va oilaviy tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanib keladigan, tinib-tinchimas insonlari bilan alohida ajralib turadi. Ular ota-bobolarimizning qadimiy qadriyatlarini bugungi kunda faol davom ettirib kelmoqda.

🔎Ushbu mahalladagi 120 ta xonadon an’anaviy usulda kigiz bosish bilan mashg‘ul Har bir xonadonda bir kunda 200-250 kv. metr kigiz tayyorlash imkoni mavjud. 1 ta xonadonda besh oyda o‘rtacha 12 ming kvadrat metr mahsulot tayyorlanmoqda.

Tayyor mahsulotning asosiy qismi esa eksportga yo‘naltirilgan.

📌Bugungi kunda yangi ijtimoiy issiqxonalarni tashkil qilishda, umuman tadbirkorlik subektlarida issiqxonalarni ishga tushirishda mana shu kigizlarni issiq saqlovchi material sifatida ishlatish mumkin. Uning tannarxi ham ancha arzonga tushadi.

#kigiz #kasanachilik #issiqxona #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM