QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.4K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌳 NOYOB REZAVOR MEVALARNI O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Andijon viloyatida bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif doirasida vazir 470 gektarda joylashgan Paxtaobod tumanidagi “2 U” MCHJ meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💧Bugungi kunda mazkur yer maydonlariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan hududda birinchi bosqichda jami 190 gektar maydonda intensiv bog‘ yaratilib ekinlarni parvarishlash rejalashtirilgan.

Italiya va Ispaniyadan gilos, golubika ko‘chatlari olib kelinib, tomchilatib sug‘orish asosida zamonaviy bog‘ yaratilgan, jumladan, 145 gektar gilos, 25 gektar golubika, rezavorlardan 20 gektar malina va qulupnay ekiladi.

📈 Yillik ishlab chiqarish quvvati 50000 tonnani tashkil etadigan mevalarni qayta ishlash korxonasi hududida bugungi kunda 4400 kv. maydonda sig‘imi 6 ming tonna bo‘lgan muzlatkich qurilish ishlari olib borilmoqda va bu orqali 2000 nafar ishchi o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Eʼtiborlisi, ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan mazkur korxona nafaqat mahalliy bozorlarimizni sifatli mahsulot bilan taʼminlashni, balki xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan. Albatta, bunday natijaga erishish uchun ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi.

O‘z navbatida, vazir korxona faoliyatini yana-da rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. Konstruktiv ruhda kechgan ushbu samimiy uchrashuv tomonlar uchun manfaatli kechdi.

#vazir_tashrifi #ishlab_chiqarish #noyob_rezavor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" informatsion dasturida "To‘qsonbosti" usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda Namangan viloyati Chortoq tumanida ekilayotgan "To'qsonbosti" ekinlarining ekilish jarayoni hamda tadbirlari haqida so'z boradi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍂 Fasllar almashaveradi, tabiat esa goʻzalligicha qoladi.

#kun_fotosi #kuz

🍂 Сезоны меняются, а красота природы остается.

#фото_дня #осень

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘ZBEKISTON - 🇨🇿CHEXIYA BIZNES-FORUMI BO'LIB O'TDI

Joriy yilning 11-oktabr kuni Toshkentda O'zbekiston va Chexiya Qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Chexiya Respublikasi Sanoat va transport ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan birinchi O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Chexiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Marek Vyborniy, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, shuningdek, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi birlashmalari, korxona va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, muloqot o‘rnatish va o‘zaro manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan qo‘shma istiqbolli loyihalarni aniqlash uchun platforma yaratish va rivojlantirishdan iborat.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo aloqalari ijobiy o‘sish dinamikasini ko‘rsatmoqda.

Bu ishlarning davomi o‘laroq, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazir hamda Chexiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Marek Vyborniy o‘rtasida anglashuv memorandum imzolandi. Bu esa ikki davlat savdo salohiyatini yanada oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

#biznes_forum #memorandum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Oʼzbekiston–🇹🇷Turkiya: agrosugʼurta hamkorlikda rivojlantiriladi

Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirining oʼrinbosari А. Karimov boshchiligidagi mamlakat qishloq xoʼjaligi sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi.

Аvval xabar berganimizdek, joriy yil sentyabr oyida Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligi oʼrtasida “Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab quvvatlash va sugʼurtalash sohasida hamkorlik qilish toʼgʼrisida”gi qoʼshma bayonot hamda yoʼl xaritasi imzolangandi.

Mazkur qoʼshma bayonot ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari А.Karimov rahbarligidagi delegatsiya vakillari Turkiya Respublikasida boʼlib turibdi. Tashrif davomida Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari Ahmet Gumen bilan Turkiya sugʼurta qonunchiligini tartib-taomillarini Oʼzbekiston Respublikasida tatbiq etish boʼyicha oʼzaro fikr almashilib, hamkorlikda qonun loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Shuningdek, Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligining Qishloq xoʼjaligi islohotlari departamenti mudiri Osman Yildiz va departament tarkibiy tuzilmasi rahbarlari bilan Turkiya Qishloq xoʼjaligi sugʼurtasining tarixi, joriy etilishi bosqichlari, erishilgan yutuqlar toʼgʼrisida maʼlumot olindi va ushbu tizimni Oʼzbekistonda joriy etish yoʼnalishlari muhokama qilindi.

#agrosugurta

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰"Sevimli" telekanalining "Zamon" dasturida Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi mavjud qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yer maydoni tuproqlari unumdorligini oshirish maqsadida, joriy yilda Samarqand viloyati tumanlaridagi mavjud sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yer maydoni tuproqlaridan, dala tadqiqot ishlari asosida, kimyoviy tahlillar uchun belgilangan tartibda namunalari olinib, laboratoriya sharoitida o'rganish ishlari olib borildi. Taffsilotlarni lavhada tomosha qiling.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PAXTA TERISH MASHINALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO'YIСHA TAVSIYALAR BERILMOQDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-216 sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) olimlari viloyatlardagi agroklasterlari hamda fermer xo'jaliklarida bo'lib, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish yo'lida faol ish olib borishmoqda.

🔰 Jumladan, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Indorama Agro” MСhJning paxta dalalarida viloyat Qishloq xo'jaligi boshqarmasi, “AgroTech Klaster” MСhJ, “O'zagrolizing” AJ rahbar va mutaxassislari hamda QXMITI olimlari ishtirokida O'zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan C260-4 paxta terish mashinasi bilan hosilni nest-nobud qilmasdan yig'ishtirib olish, undan samarali foydalanish bo'yicha mexanizator-operatorlarga amaliy yordam ko'rsatish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Quyi Сhirchiq tumanidagi “TCT Cluster” ko'p tarmoqli klasteriga qarashli “Hamza” va “Beruniy” hududlari, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “Rabbimbek Salohiddin ravnaqi” fermer xo'jaligi paxta dalalarida MX-1,8 va CASE 420 rusumli paxta terish mashinalarini samarali ishlatish, toza terish, paxtaning yerga to'kilishining oldini olish uchun terim apparatlarini dala sharoitiga moslab sozlashda mexanizator-operatorlarga amaliy yordam ko'rsatildi. Mexanizatorlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan malakali javoblar olishdi.

#paxta_terish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM