QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
27.9K photos
2.86K videos
7 files
10.4K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" informatsion dasturida tuproqshunoslikdagi ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti Andijon mintaqaviy bo'linmasi faoliyati haqida so'z boradi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nima deb oʻylaysiz, Oʻzbekistonning qaysi hududlari karam, piyoz va sabziga boy?
Anonymous Poll
60%
Janubiy
17%
Shimoliy
16%
Sharqiy
6%
G'arbiy
Как думаете, в каких регионах Узбекистана будет богат урожай капусты, лука и моркови?
Anonymous Poll
75%
В южных
10%
В северных
11%
В восточных
3%
В западных
Tomchilatib sug’orishning an’anaviy usullarga nisbatan afzalliklari

💧 Tomchilatib sug'orish
o'simliklarni kasalliklardan himoya qilish, ozuqa moddalarining to'g'ri miqdorini ta'minlash va hosildorlikni oshirishning samarali usuli hisoblanadi.

Shuningdek, tomchilatib sug'orish suv va energiya sarfini kamaytirishga imkon beradi, bu esa uni ekologik jihatdan qulayroq va tejamkor qiladi.

🌱 Bundan tashqari, tomchilatib sug'orish tuproq namligini boshqarish va o'simliklarni kerakli miqdorda va o'z vaqtida suv bilan ta'minlash imkonini beradi, bu ularning sog'lom o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi.

#Tomchilatib_sugorish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchilikning dolzarb masalalari muhokama etildi

4-5 oktyabr kunlari Namangan va Farg‘ona viloyatlarida "Baliq kasalliklari va ularni oldini olish" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🐟 Kuz kelib, yurtimizda baliq mavsumi boshlandi. Keynigi yillarda sohada amalga oshirilgan chuqur islohotlar, baliqchilik rivoji yo‘lida berilgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq, bozorlar baliq mahsulotlariga to‘la.

Baliqchilikni rivojlantirishning muhim masalalaridan biri bu jonivorlarda uchraydigan kasalliklarning oldini olish hamda davolashdir. Qolaversa, qo‘shni o‘lkalarda baliqlarda turli kasalliklar tarqalgani haqidagi mish-mishlar bu masalaga yanada dolzarblik bag‘ishlaydi.

Farg‘ona vodiysining Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda Belarusdan tashrif buyurgan mutaxassislar, baliqchilik xo‘jaliklari vakillari qatnashdilar.

Seminarda O‘zbekiston va Belarus akvakulturasida uchraydigan muhim kasalliklar, ularning oldini olish va davolash usullari hamda qimmatbaho baliq turlarini sanoat baliqchiligida yetishtirishning ilmiy asoslari haqida ma'lumotlar berildi.

Baliqchilik xo‘jaliklari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, olimlardan foydali tavsiya va maslahatlar olishga muvaffaq bo‘ldilar.

#baliqchilik #Namangan #Fargona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fermerning kuni erta boshlanadi

#kun_fotosi #tong

У фермера день начинается рано

#фото_дня #утро

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PAXTA-2023: TERIM UYUSHQOQLIK BILAN BORMOQDA

Paxtachilik – qishloq xo‘jaligining eng yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodida, xalqning moddiy farovonligini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.

Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar fonida amalga oshirilayotgani mamlakatimiz rahbariyati bu borada belgilagan yo‘lidan aslo og‘ishmasligiga yana bor dalolat qiladi.

Paxta xom-ashyosiga davlat buyurtmasining bekor qilinishi, qat’iy narx belgilash amaliyotidan voz kechilishi bozor munosabatlariga mos yangi klaster tizimining joriy etilishi – fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorlikning oshishiga xizmat qiladi.

Tahlillarga qaraganda, joriy yilda 1 mln 12 ming gektar maydonga tabiiy iqlim sharoitiga mos bo‘lgan 45 turdagi istiqbolli g‘o‘za navlari ekildi.

Paxta maydonlarining 80 ming gektarida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etildi va 111 ming gektari lazerli tekislandi.
250 ming gektar maydonda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar asosida paxta yetishtirildi va 300 ming gektar maydonda sifatli agrotexnika joriy etildi.

#paxta #paxtachilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va mahsulot
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Hozirgi kunda respublikamizda haydaladigan lalmikor ekin maydonlari qariyb 800 ming gektarni tashkil etadi. Bunday maydonlarda moyli, dukkakli va ozuqabop ekinlar yetishtirish va ulardan hosil olish aholining turmush darajasini oshirish bilan birga hududdagi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi.

Kuni kecha, Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari qishloq xo‘jaligi sohasi rahbariyati va mutasaddilarini, butun respublikadan moyli ekinlar ekishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar vakillarini, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar hamda mutaxassislarni jamladi.

🔰 Tadbirda qatnashgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda moyli ekinlar ekish va ishlab chiqarishni kengaytirishning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bu borada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish birlamchi ustuvorlikka ega ekanligini ta’kidladi.

🌻 Seminarda kungaboqar, soya, maxsar kabi moyli ekinlarning qishloq xo‘jaligi ekini sifatida ekilishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilibgina qolmay, fermerning o‘ziga yaxshigina foyda keltirishi ham isbotlab berildi.

#moyli_ekinlar #Jizzax #Seminar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇹 Italiyadan keltirilgan navbatdagi za’faron tuganak piyozboshlari ekildi

Joriy yilning 5-oktyabr kuni BMB-OPERA ZAFFERANO qo‘shma korxonasining Baxmal tumanidagi plantatsiyalarida Italiyadan keltirilgan navbatdagi zaʼfaron tuganak piyozboshlarini namunaviy ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🧅

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda  yurtimizda texnik, moyli va dorivor o‘simliklarni yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari tomonidan bir qancha xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan loyihalar ayni paytda o‘z samarasini bermoqda. Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida lavanda, na’matak, Jizzax viloyatida za’faron yetishtirishning yo‘lga qo‘yilishi ham shular jumlasidan.

Eʼtirof etish joizki, BMB Zaʼfaron brendi ostidagi zaʼfaron mahsuloti ichki va tashqi bozorlarda tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda. Endilikda kompaniyaning eksport geografiyasi Italiya, Avstriya, Janubiy Koreya, AQSH, Tojikiston hamda Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarni qamrab oladi. Loyiha doirasida,
🔴2020 yilda -1,8 mln. yevro;
🔴2021yilda -4,2 mln. yevro;
🔴2022 yilda- 5,7 mln. yevro,
jami 2020-2022 yillarda 11,7 mln. yevrodan ortiq qiymatdagi qariyb 2,0 tonna zaʼfaron mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Joriy yilda ushbu ko‘rsatgichni 10,0 mln. yevroga yetkazish rejalashtirilgan.

#zafaron #tuganak_piyozboshlar #plantatsiya #Baxmal

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM