QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Surxondaryo viloyati paxta terimida birinchi bo‘lib marra chizig‘ini bosib o‘tdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Surxondaryo paxtachiligida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatning fermer va dehqonlari zamonaviy va resurs tejamkor texnologiyalar bilan paxtachilikda mehnat qilayotgani yuksak hurmat va e’tirofga loyiqdir.

Joriy yil viloyatda 1 846 fermer va paxta-to‘qimachilik klasterlari 74 078 gektar maydonga chigit ekib, bir tekis undirib olingan g‘o‘zani agrotexnik tadbirlar asosida parvarish qildi. Terimchilar bu yil 234 500 tonna paxta xomashyosini yig‘ib olib, qabul punktlariga topshirishni mo‘ljallagan edilar. Terim ohiriga kelib,  268 ming tonna paxta xomashyosi yig’ib olishdi va rejani ortigʻi bilan bajardilar

O‘tgan yilga nisbatan 13 ming tonna ko‘p paxta xomashyosi yetishtirilib, hosildorlik o‘rtacha 2-3 sentnerga oshgani, yaʼni, gektariga 37,1 sentnerni tashkil etgani katta e’tiborga loyiqdir.

Viloyatning azamat dehqonlari barcha tarmoqlarda barakali hosil yetishtirib, yuqori natijalarga erishganliklari tahsinga loyiq. Surxondaryo dalalarida esa hali hosil mo‘l, yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.

#paxta #Surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ekspo Doha-2023” — “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro koʻrgazmasiga start beriladi 🇧🇭

🔰 Mazkur koʻrgazma davlatimiz rahbarining bevosita ishtirok etishlari bilan ahamiyatlidir. Ayni kunlarda davlat tashrifi bilan Qatarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu tadbir ochilishiga taklif etilgan nufuzli shaxs hisoblanib, rasmiy "Ekspo Doha - 2023" ushbu tashrif asosida koʻp qirrali sheriklik, hamkorlik aloqalarini yangi qirra va yoʻnalishlarda rivojlantirishga manfaatdor ekanligiga bir ishoradir.

Oʻzbekiston oʻz salohiyatini namoyish etadigan mazkur koʻrgazma asosiy toʻrtta: zamonaviy qishloq xoʻjaligi, texnologiya va innovatsiyalar, ekologik xabardorlik va barqaror rivojlanish mavzusi atrofida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi pavilyoni esa boshqalarnikidan ajralib turishi tabiiy. Bu yerda mikrokoʻkatdan tortib, turli iqlim sharoitlariga chidamli oʻsimliklar, sabzavot va ekinlar, dekorativ yashilliklar namoyish etiladi. Arab davlatlari va koʻrgazma uchun bu nihoyatda muhim. Olimlar va ekspertlar jamoasi esa mazkur taqdimotlarning ilmiy asoslarini bo'lishishga tayyor.

Bundan tashqari, organik mahsulotlar, yurtimiz dovrugʻini oshirishga xizmat qiluvchi sarhil mevalar taqdimoti, milliy madaniyatimiz va gastronomik imkoniyatlarimiz targʻiboti ham ayni koʻrgazma kun tartibidan muqim joy olgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қатарга давлат ташрифи доирасида “ЭКСПО Доҳа – 2023” бутунжаҳон кўргазмасининг очилиш маросимида иштирок этди.

В рамках программы государственного визита в Катар Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия Всемирной выставки «ЭКСПО Доха – 2023».

#Mirziyoyev #tashrif #Qatar #EXPO

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Uychi tumanining ilg‘or paxtakorlari marraga yetib keldilar

🔸 Namangan paxtakorlari o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga birin-ketin yetmoqdalar. Uychi tumanidagi “Qahramon chinori” fermer xo‘jaligi hududda birinchi bo‘lib belgilangan marrani bosib o‘tdi.

Uychi tumanidagi A. Egamberdiyev nomli MMTP hududida joylashgan “Qahramon chinori” fermer xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligida suyagi qotgan, tajribali mutaxassis – Ahmadjon Akbarov rahbarlik qiladi. U dastlab sobiq Oxunboboyev jamoa xo‘jaligida yordamchi brigadir, brigadir bo‘lib ishlagan. Salkam o‘n yildirki, fermer xo‘jaligini ham mohirona boshqarib kelmoqda.

🌱 Bu yil “Qahramon chinori” fermer xo‘jaligi 30 gektar maydonda paxta yetishtirib, bugunga qadar 136 tonna  hosilni yig‘ib olishga erishdi, bu ko‘rsatkich xo‘jalik rejasidagidan ham ziyodroq bo‘ldi. Bu yilgi mavsumda hosil mo‘li – toshloq yer bo‘lishiga qaramay, gektariga 40 sentnerdan hosil ko‘tarildi. Dalada hali paxta bisyor.

Terim mavsumining jadal va samarali o‘tishida
Qahramon, Ziyokor, Ezgulik, Xizirobod mahallalaridan jalb qilingan 130 nafar terimchining hissasi mavjud.

Fermer xo‘jaligi xalqning rizqu ro‘zi bo‘lmish g‘allachilikka ham e'tibor bergan.  Jami 55 gektar maydonga bug‘doy ekiladi.  Hozirgacha 15 gektariga bug‘doy sepildi.

#paxta #Namangan

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐝 Asalarichilik – ehtiyojmandlar daromadini oshirish manbai

Farg‘ona viloyatida asalarichilik rivojlanib bormoqda. Ming dardga davo, mo‘may daromad manbai bo‘lmish asal yetishtirish, turlarini ko‘paytirish ishlari samarali bo‘lmoqda.

🔸 Bugungi kunda viloyatda asalarichilik subyektlari soni 2000 tadan ortgan. Viloyat asalarichilik xo‘jaliklarining umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 ming tonnani tashkil qiladi.

Jumladan, Bag‘dod tumanida ham ko‘plab oilalar asalarichilik bilan shug‘ullanib, yaxshi daromadga ega bo‘lmoqda. Tumanda ehtiyojmand oilalarga asalari uyalari berilib, tadbirkorlikka jalb qilish yaxshi samara bermoqda.

✔️ Xususan, ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish maqsadida asalarichilik kooperatsiyasi tashkil etildi. Mazkur kooperatsiya orqali 20 ta oilada ish bilan band bo‘lmagan a'zolarning bandligi ta'minlandi va xonadonlarda kasanachilik asosida yetishtirilgan asal mahsulotini “Bag‘dod zamin asali” mas'uliyati cheklangan jamiyati kelishilgan narxda xarid qilib oladi.

#asalarichilik #asal #daromad

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Yashil energetikaning qishloq xo'jaligi va ekologiyaga ta'siri

Bugun mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida yashil energiyadan intensiv usulda bog‘lar barpo etish va meva-sabzavot yetishtirish ommalashmoqda. Sababi, bunday usulda mahsulot yetishtirish tejamkor va samarali.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan unumli foydalanish, tomchilatib sug‘orish va boshqa suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, intensiv bog‘lar barpo qilish, “Ijtimoiy issiqxonalar” joriy qilish orqali aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ekotizimni boshqarishga asoslanuvchi organik qishloq xo‘jaligi tizimi esa aynan shu muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Bunda agrar tarmoqdagi jarayonlarning ekologiya va inson salomatligiga ta’siri hisobga olinadi.

📝Xususan, zararli pestitsidlar, sintetik o‘g‘itlar, veterinar dori vositalari, genetik modifikatsiyalangan urug‘lar, konservantlarning o‘rniga tuproq unumdorligini saqlaydigan va oshiradigan, zararkunandalar va kasalliklar ko‘payishining oldini olish bugun agrar sohadagi ilg‘or vazifalardan biri hisoblanadi.

#yashil_energetika #ekotizim #organik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM