QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston vakillari qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Yevrokomissiya sessiyasida qatnashdi

🤝 Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlariga qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish va tavsiyalarni ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida joriy yil 27-28-sentyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Yevropa komissiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan komissiyaning mazkur sessiyasida Yevropa va Markaziy Osiyodan a'zo davlatlar, jumladan Qozog‘iston Respublikasidan Yer resurslarini boshqarish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligidan mutaxassislar ishtirok etdi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Olma – eng foydali, mazali va hamyonbop mevalardan. Buni hamma biladi. Ammo turli rangdagi olmalarning xususiyatlari ham bir-biridan farq qilishini ko‘pchilik bilmaydi. Turli tusga ega olmalar turfa xil foydali xossalarga ega bo‘lib, ularni tanlashda quyidagi jihatlarga e'tibor berish lozim:

Yashil olma
– parhyezbop va allergiklar uchun foydali. Bundan tashqari, yashil olma zararli bakteriyalar ko‘payishining oldini olishi va ovqat hazm qilish tizimining ishini yaxshilashi mumkin.

Qizil olma – hujayralarni bevaqt qarishdan himoya qiladi. Qizil olmaning po‘sti C vitaminiga boy, u yurak-qon tomiri tizimi salomatligi uchun foydali.

Sariq olma – jigar va o‘t qopining faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

#Bu_qiziq #olma

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Яблоко – один из самых полезных, вкусных и общедоступных фруктов. Это знают все. Но не всем известно, чем отличаются друг от друга яблоки разного окраса.  Яблоки разного цвета имеют свои полезные свойства, и при их выборе важно учитывать следующие факторы:

Зеленое яблоко
– диетическое и полезно для аллергиков. Кроме того, зеленые яблоки могут предотвратить рост вредных бактерий и улучшить работу пищеварительной системы.

Красное яблоко – защищает клетки от преждевременного старения. Кожица красного яблока богата витамином С, который полезен для здоровья сердечно-сосудистой системы.

Желтое яблоко – способствует улучшению работы печени и желчного пузыря.

#это_интересно #яблоко

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-oktyabr – "Ustoz va murabbiylar" kuni!

O'zbekistondagi barcha ustozlarni 1-oktyabr – "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman!

Ushbu bayram fursati bilan mashaqqatli mehnatingiz, berayotgan ta’lim-tarbiyangiz uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman!

Sizga sog'lik-salomatlik, sermashaqqat va sharafli mehnat faoliyatingizga  zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka, baxt va omadlar yor bo‘lishini tilayman.

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Hurmat bilan, Aziz Voitov

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustozlarga ehtirom ko‘rsatish, ularni yod etish – muqaddas burch

🎉 1- oktyabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan joylarda bir qancha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri  Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilgan "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar" deb nomlangan bayram dasturi bir qator qiziqarli tadbirlarni o‘z ichiga oldi.

Bayram tantanasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilmiy tadqiqot, agromaslahat va taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Shamsiyev Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning  tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori Sohibjon Islamov ustoz-murabbiylarga tabrik yo‘lladi.

Tadbir davomida Toshkent davlat agrar universitetining 50 dan ortiq faxriy professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari universitet tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining "Oliy taʼlim aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 6 nafar professor-o‘qituvchilari ham eʼtirof etildi.

#1oktyabr #ustozlarga_ehtirom

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati paxta terimida birinchi bo‘lib marra chizig‘ini bosib o‘tdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Surxondaryo paxtachiligida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatning fermer va dehqonlari zamonaviy va resurs tejamkor texnologiyalar bilan paxtachilikda mehnat qilayotgani yuksak hurmat va e’tirofga loyiqdir.

Joriy yil viloyatda 1 846 fermer va paxta-to‘qimachilik klasterlari 74 078 gektar maydonga chigit ekib, bir tekis undirib olingan g‘o‘zani agrotexnik tadbirlar asosida parvarish qildi. Terimchilar bu yil 234 500 tonna paxta xomashyosini yig‘ib olib, qabul punktlariga topshirishni mo‘ljallagan edilar. Terim ohiriga kelib,  268 ming tonna paxta xomashyosi yig’ib olishdi va rejani ortigʻi bilan bajardilar

O‘tgan yilga nisbatan 13 ming tonna ko‘p paxta xomashyosi yetishtirilib, hosildorlik o‘rtacha 2-3 sentnerga oshgani, yaʼni, gektariga 37,1 sentnerni tashkil etgani katta e’tiborga loyiqdir.

Viloyatning azamat dehqonlari barcha tarmoqlarda barakali hosil yetishtirib, yuqori natijalarga erishganliklari tahsinga loyiq. Surxondaryo dalalarida esa hali hosil mo‘l, yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.

#paxta #Surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ekspo Doha-2023” — “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro koʻrgazmasiga start beriladi 🇧🇭

🔰 Mazkur koʻrgazma davlatimiz rahbarining bevosita ishtirok etishlari bilan ahamiyatlidir. Ayni kunlarda davlat tashrifi bilan Qatarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu tadbir ochilishiga taklif etilgan nufuzli shaxs hisoblanib, rasmiy "Ekspo Doha - 2023" ushbu tashrif asosida koʻp qirrali sheriklik, hamkorlik aloqalarini yangi qirra va yoʻnalishlarda rivojlantirishga manfaatdor ekanligiga bir ishoradir.

Oʻzbekiston oʻz salohiyatini namoyish etadigan mazkur koʻrgazma asosiy toʻrtta: zamonaviy qishloq xoʻjaligi, texnologiya va innovatsiyalar, ekologik xabardorlik va barqaror rivojlanish mavzusi atrofida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi pavilyoni esa boshqalarnikidan ajralib turishi tabiiy. Bu yerda mikrokoʻkatdan tortib, turli iqlim sharoitlariga chidamli oʻsimliklar, sabzavot va ekinlar, dekorativ yashilliklar namoyish etiladi. Arab davlatlari va koʻrgazma uchun bu nihoyatda muhim. Olimlar va ekspertlar jamoasi esa mazkur taqdimotlarning ilmiy asoslarini bo'lishishga tayyor.

Bundan tashqari, organik mahsulotlar, yurtimiz dovrugʻini oshirishga xizmat qiluvchi sarhil mevalar taqdimoti, milliy madaniyatimiz va gastronomik imkoniyatlarimiz targʻiboti ham ayni koʻrgazma kun tartibidan muqim joy olgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қатарга давлат ташрифи доирасида “ЭКСПО Доҳа – 2023” бутунжаҳон кўргазмасининг очилиш маросимида иштирок этди.

В рамках программы государственного визита в Катар Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия Всемирной выставки «ЭКСПО Доха – 2023».

#Mirziyoyev #tashrif #Qatar #EXPO

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter