QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29.2K photos
2.88K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
VAZIR PAXTACHILIK VA BOG‘DORCHILIK XO‘JALIKLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

🔰Qashqadaryoda bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qamashi tumanidagi “Javlonbek sifat invest” fermer xo‘jaligi hamda Yakkabog‘dagi “O‘g‘in iftixori” meva-sabzavotchilik kooperatsiyasiga tashrif buyurdi.

“Javlonbek sifat invest” fermer xo‘jaligi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining ko‘zga ko‘ringan paxtachilik xo‘jaliklaridan sanaladi. Xo‘jalik 40 gektar yerga paxtaning sara navlarini ekkan bo‘lib, yil davomida g‘o‘zani o‘z vaqtida va yetarlicha o‘g‘itlab, kerakli barcha agrotexnik tadbirlarini talab darajasida bajarib keldi. Bugungi kunda “Javlonbek sifat invest” paxta dalalarida birinchi terim qizg‘in kechmoqda. Dalada paxtalar qiyg‘os ochilgan, har bir tupdagi ko‘saklar soni bu yil mo‘l hosil olinishiga dalolat qiladi. Shu sababli, paxtakorlar kuniga o‘rtacha 120-150 kilodan paxta termoqdalar.
*

МИНИСТР ОЗНАКОМИЛСЯ С ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ ХЛОПКОВОДЧЕСКИХ И САДОВОДЧЕСКИХ ХОЗЯЙСТВ

🔰В рамках рабочего визита в Кашкадарьинскую область министр сельского хозяйства Азиз Воитов посетил фермерское хозяйство «Джавлонбек Сифат Инвест» в Камашинском районе и плодоовощной кооператив «Угин Ифтихори» в Яккабаге.

Фермерское хозяйство «Джавлонбек Сифат Инвест» является одним из ведущих хлопковых хозяйств Камашинского района Кашкадарьинской области. В хозяйстве высеяли отборные сорта хлопчатника на 40 гектарах земли, своевременно и в достаточном объеме удобряли хлопок в течение всего года, проводили все необходимые агротехнические мероприятия в установленные сроки и в нужных объемах. Сегодня на хлопковых полях здесь полным ходом идет первый сбор урожая.  Хлопчатник раскрылся во всей красе по диагонали, а количество коробочек на каждом кусте говорит о том, что в этом году будет обильный урожай. Потому то сборщики собирают в среднем 120-150 килограммов хлопка в день.

#tasrif #vazir #paxta #kooperatsiya #Qashqadaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O’zbekiston 24” telekanalining Yangiliklar informatsion dasturida Jizzax viloyatidagi paxta yig’im-terimiga oid lavha efirga uzatildi.

Unda Jizzax viloyatining Do’stlik, Paxtakor hamda Mirzacho’l tumanlaridagi 2023-yilgi paxta yig’im-terimi haqida so’z boradi.

Ma’lumot o’rnida, Jizzax viloyatida joriy yil 7 ta paxta-to’qimachilik klasteri hamda 2200 dan ortiq fermer xo’'jaliklari tomonidan 290 ming tonna paxta xomashyosini yig’ib olish rejalashtirilgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐔 Xovosda parrandachilik jadal rivojlanmoqda

Sirdaryo viloyati nafaqat sanoat ishlab chiqarishi, balki chorvachilik, jumladan parrandachilikda ham peshqadamlar safida. Bunga Xovos tumanida bo‘lib qaytgan ijodiy guruhimiz ham guvoh bo‘ldi.

Xovos – Sirdaryoning ilg‘or tumanlaridan. Bu yerda qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangan. Agrar sohaning yirik mustahkam ustunlaridan bo‘lmish chorvachilikda ham ancha ishlar bajarilgan. Davlat tomonidan berilgan imtiyozlar, keng imkoniyatlar va qulay sharoitlardan foydalanib yangidan-yangi fermalar, chorvachilik, parrandachilik xo‘jaliklari ochilmoqda.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Behining yangi, 2 turi degustatsiyadan o‘tkazildi

Jahonda kamdan-kam uchraydigan tabiat va tuproq-iqlim sharoitlarining uyg‘unligi tufayli yurtimizda eng mazali va eng foydali meva-sabzavotlar yetishtiriladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zotan, O‘zbekiston qadimdan o‘zining beqiyos mazasi va xushbo‘y hidi yaqqol ajralib turadigan meva-chevalari bilan maʼlumu mashhur. “Mevalarning shohi” deya eʼtirof etiladigan behi — shulardan biri.

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida yangi navlar “Izobilnaya” hamda Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasida yaratilib, fermer xo‘jaliklariga joriy qilish ko‘zda tutilgan “Olmabehi” navlari degustatsiyadan o‘tkazildi. Soha mutaxassislari tomonidan ikkala navdan ham tatib ko‘rilib, “Olmabehi” navi har tomonlama talabga javob berishi, uning taʼmi, suvlik darajasi hamda kasallikka chidamli ekanligi inobatga olinib, ijobiy xulosalar berildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston vakillari qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Yevrokomissiya sessiyasida qatnashdi

🤝 Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlariga qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish va tavsiyalarni ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida joriy yil 27-28-sentyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Yevropa komissiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan komissiyaning mazkur sessiyasida Yevropa va Markaziy Osiyodan a'zo davlatlar, jumladan Qozog‘iston Respublikasidan Yer resurslarini boshqarish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligidan mutaxassislar ishtirok etdi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Olma – eng foydali, mazali va hamyonbop mevalardan. Buni hamma biladi. Ammo turli rangdagi olmalarning xususiyatlari ham bir-biridan farq qilishini ko‘pchilik bilmaydi. Turli tusga ega olmalar turfa xil foydali xossalarga ega bo‘lib, ularni tanlashda quyidagi jihatlarga e'tibor berish lozim:

Yashil olma
– parhyezbop va allergiklar uchun foydali. Bundan tashqari, yashil olma zararli bakteriyalar ko‘payishining oldini olishi va ovqat hazm qilish tizimining ishini yaxshilashi mumkin.

Qizil olma – hujayralarni bevaqt qarishdan himoya qiladi. Qizil olmaning po‘sti C vitaminiga boy, u yurak-qon tomiri tizimi salomatligi uchun foydali.

Sariq olma – jigar va o‘t qopining faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

#Bu_qiziq #olma

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Яблоко – один из самых полезных, вкусных и общедоступных фруктов. Это знают все. Но не всем известно, чем отличаются друг от друга яблоки разного окраса.  Яблоки разного цвета имеют свои полезные свойства, и при их выборе важно учитывать следующие факторы:

Зеленое яблоко
– диетическое и полезно для аллергиков. Кроме того, зеленые яблоки могут предотвратить рост вредных бактерий и улучшить работу пищеварительной системы.

Красное яблоко – защищает клетки от преждевременного старения. Кожица красного яблока богата витамином С, который полезен для здоровья сердечно-сосудистой системы.

Желтое яблоко – способствует улучшению работы печени и желчного пузыря.

#это_интересно #яблоко

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-oktyabr – "Ustoz va murabbiylar" kuni!

O'zbekistondagi barcha ustozlarni 1-oktyabr – "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman!

Ushbu bayram fursati bilan mashaqqatli mehnatingiz, berayotgan ta’lim-tarbiyangiz uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman!

Sizga sog'lik-salomatlik, sermashaqqat va sharafli mehnat faoliyatingizga  zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka, baxt va omadlar yor bo‘lishini tilayman.

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Hurmat bilan, Aziz Voitov

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustozlarga ehtirom ko‘rsatish, ularni yod etish – muqaddas burch

🎉 1- oktyabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan joylarda bir qancha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri  Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilgan "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar" deb nomlangan bayram dasturi bir qator qiziqarli tadbirlarni o‘z ichiga oldi.

Bayram tantanasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilmiy tadqiqot, agromaslahat va taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Shamsiyev Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning  tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori Sohibjon Islamov ustoz-murabbiylarga tabrik yo‘lladi.

Tadbir davomida Toshkent davlat agrar universitetining 50 dan ortiq faxriy professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari universitet tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining "Oliy taʼlim aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 6 nafar professor-o‘qituvchilari ham eʼtirof etildi.

#1oktyabr #ustozlarga_ehtirom

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati paxta terimida birinchi bo‘lib marra chizig‘ini bosib o‘tdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Surxondaryo paxtachiligida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatning fermer va dehqonlari zamonaviy va resurs tejamkor texnologiyalar bilan paxtachilikda mehnat qilayotgani yuksak hurmat va e’tirofga loyiqdir.

Joriy yil viloyatda 1 846 fermer va paxta-to‘qimachilik klasterlari 74 078 gektar maydonga chigit ekib, bir tekis undirib olingan g‘o‘zani agrotexnik tadbirlar asosida parvarish qildi. Terimchilar bu yil 234 500 tonna paxta xomashyosini yig‘ib olib, qabul punktlariga topshirishni mo‘ljallagan edilar. Terim ohiriga kelib,  268 ming tonna paxta xomashyosi yig’ib olishdi va rejani ortigʻi bilan bajardilar

O‘tgan yilga nisbatan 13 ming tonna ko‘p paxta xomashyosi yetishtirilib, hosildorlik o‘rtacha 2-3 sentnerga oshgani, yaʼni, gektariga 37,1 sentnerni tashkil etgani katta e’tiborga loyiqdir.

Viloyatning azamat dehqonlari barcha tarmoqlarda barakali hosil yetishtirib, yuqori natijalarga erishganliklari tahsinga loyiq. Surxondaryo dalalarida esa hali hosil mo‘l, yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.

#paxta #Surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM