QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.5K subscribers
29.7K photos
2.96K videos
7 files
11.1K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BIOYOQILG‘I OLISH UCHUN NOA'NANAVIY MOYLI EKINLAR YETISHTIRILADI

👥Joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh Italiyaning “ENI” kompaniyasi tomonidan kanakunjut o‘simligidan bioyoqilg‘i va biodizel' ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishish uchun Keniya davlatiga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida Ishchi guruhi loyiha doirasida tashkil etilgan kanakunjut plantatsiyasi hamda qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Kompaniyaning Keniyadagi asosiy faoliyati kanakunjut donidan yog‘ ishlab chiqarish bo‘lib, bugungi kunda 25 ming gektar yer maydonida faoliyat yurituvchi 40 mingdan ortiq fermerlardan 10 ta agregatorlar orqali bioyoqilg‘i ishlab chiqarish uchun xomashyo yig‘ib olish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 20-sentyabr kuni Naivasha hududida joylashgan kanakunjut urug‘chilik xo‘jaligi va tajriba-sinov dalalari faoliyati bilan ham tanishildi.

Mazkur hududda 35 gektarda urug‘lik olish maqsadida kanakunjut o‘simligi ko‘p yillik ekin sifatida yetishtirilib, pivot tizimida sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, boshqa noan'anaviy moyli ekinlar sinovi tashkil etilgan.

Tashrif so‘ngida, ENI kompaniyasi bilan Qishloq xo‘jaligi, Energetika, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirliklari o‘rtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

#tashrif #delegatsiya #Kenya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIK QISHLOQ XO‘JALIGINING OLD YO‘NALISHIGA AYLANMOQDA

🐄Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi “Ahmadiy” fermer xo‘jaligi vakillari imtiyozlardan foydalanib, aholi dasturxonini to‘kin qilishga va agrar soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan yurtdoshlarimizdan.

Fermer xoְ‘jaligi rahbari 2005-yilga kelib yer maydonini 32 gektarga kengaytirdi, shunga yarasha qoramollar soni ham 134 boshga yetkazildi. Imkoniyatlar kengaygani sayin orzu-maqsadlar ham ortib boraveradi. 2016-yilga kelib, fermer xo‘jaligiga chorvachilikni rivojlantirish uchun Germaniyadan 64 bosh qoramol olib kelindi.

Albatta, mollarni o‘zimizning tabiiy iqlim sharoitimizga, fermalarimizga moslashtirish jarayonlari samarali va kutilganidek o‘tayotganini ko‘rgan fermer xo‘jaligi 2019-yilda yana 32 bosh chorva moli olib kelindi. Albatta, fermer xo‘jaligi vakillari bu imkoniyatlar bilan cheklanib qolmadi. 2022-yilda yana 64 bosh qoramol olib kelinib, parvarish qilinmoqda.

#chorvachilik #qoramol #fermer_xojaligi #Sirdaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ЖИВОТНОВОДСТВО СТАНОВИТСЯ ДРАЙВЕРОМ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🐄Фермерское хозяйство «Ахмадий» Баяутского района Сырдарьинской области, которое, эффективно используя льготы, вносит существенный вклад в развитие аграрного сектора и насыщение внутреннего рынка.

Знаток своего дела, фермер, к 2005 году расширил площадь своих земель до 32 гектаров, при этом поголовье крупного рогатого скота выросло до 134 голов. По мере расширения возможностей масштабнее и амбициознее становятся и цели. К 2016 году из Германии было завезено 64 головы крупного рогатого скота.

В 2019 году
ферму пополнили еще более 30 голов племенного скота. Причина — налаженный процесс адаптации животных к нашим природным климатическим условиям. Разумеется, этим решили не ограничиваться. В 2022 году было привезено еще 64 головы.

#животноводство #крупно_рогатый_скот #фермерское_хозяйство #Сырдарья

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida Toshkent viloyati Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida o‘tkazilgan Xalqaro “Uzum sayli” va vinochilik festivali haqidagi lavha efirga uzatildi.

Unda 15–16-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan festival doirasida tashkil etilgan amaliy konferensiyalar, tadbirlar hamda ko‘rgazmalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, festival doirasida o‘tkazilgan B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida jami 35 mln AQSH dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

Bundan tashqari, ushbu festivalda ikki kun davomida 95 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashdi.

#repost #Ozbekiston_24 #Maxsus_reportaj #uzum_sayli

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI – AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

👥Joriy yilning 22-sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Oziq-ovqat mahsulotlari hamda sog‘lom oziqlanish xavfsizligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrantlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Seminarga xalqaro ekspert, Buyuk britaniyalik professor Richard Vudi taklif etildi.

Barcha insonlar faol va sog‘lom hayot kechirishlari yo‘lida o‘z oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishlari uchun yetarli, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatdan jismoniy va iqtisodiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlaridagina oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligiga erishildi, deb bemalol aytish mumkin bo‘ladi. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, BRM 2 (ochlikka barham berish)da ushbu g‘oya o‘z aksini topgan.

Agrar universitetda o‘tkazilgan seminar-treningda bu maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ularning O‘zbekiston sharoitiga implementatsiyasi, yurtimizda oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligi borasida erishilayotgan natijalar xususida fikr almashildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va sotishning butun siklida “xavfsiz oziq-ovqat” tamoyiliga amal qilinishi muhimligi ta'kidlandi.

Erkin mluoqot ruhida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan ko‘plab dolzarb va qiziqarli savollar berildi va xalqaro ekspertdan to‘laqonli javoblar olindi.

#seminar_trening #oziq_ovqat

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
БЕЗОПАСНОСТЬ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ ПРОДУКЦИИ В ЦЕНТРЕ ВНИМАНИЯ ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ АГРОСФЕРЫ

👥22 сентября этого года в Ташкентском Государственном Аграрном университете состоялся семинар-тренинг на тему «Продовольственная продукция,а также безопасность здорового питания».

В мероприятии приняли участие сотрудники Министерства сельского хозяйства, профессора и преподаватели университета, докторанты и магистранты, специалисты отрасли. На семинар был приглашен международный эксперт, профессор Ричард Вуди из Великобритании.

Говорить об обеспечении продовольственной безопасности и здорового питания можно в том случае, когда все люди имеют физический и экономический доступ к достаточному количеству безопасной и питательной пищи для удовлетворения своих потребностей, активной и здоровой жизни. Эта идея отражена в Целях устойчивого развития ООН (ЦУР), и в частности в ЦУР 2 (ликвидация голода).

В ходе семинара-тренинга состоялся обмен мнениями о мерах, которые необходимо предпринять для достижения этих целей, их имплементации в условиях Узбекистана, а также результатах, достигнутых в нашей стране в плане обеспечения продовольственной безопасности и здорового питания. В частности, была подчёркнута важность соблюдения принципа «безопасное продвольствие» на протяжении всего цикла производства, переработки, приготовления и реализации продовольственной продукции.

В рамках дискуссионного формата общения, прошедшего в открытой и конструктивной атмосфере, участниками было задано множество актуальных и интересных вопросов и получены исчерпывающие ответы от международного эксперта.

#семинар_тренинг

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYA BILAN QISHLOQ XO‘JALIGIDA ILM-FAN YO‘NALISHIDAGI ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

🤝Turli davlat tashkilotlari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish borasida Italiya tajribasini o‘rganish va manfaatli hamkorlik o‘rnatish maqsadida Italiyaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Viterbo shahrida joylashgan mamlakat qishloq xo‘jaligidagi yetakchi oliy ta’lim dargohi Tushia universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur universitet 8 mingdan ziyod talabalarga qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, o‘rmonchilik, ekologiya, biologiya fanlari va agroturizm yo‘nalishlarida ta’lim beradi.

Muzokaralar yakunida Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va Tushia universiteti o‘rtasida agrar ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv Memorandumi imzolandi. Tomonlar yaqin davr ichida xalqaro ta’lim dasturlari doirasida qo‘shma loyiha ishlab chiqishga kelishdi.

#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya #IAU #TDAU #memorandum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON QURUQ MEVALARI O‘Z BRENDIGA EGA BO‘LADI

👥Xalqaro bozorda O‘zbekistonda yetishtirilgan va qayta ishlangan quruq mevalar raqobatbardoshligini oshirish, yangi bozorlarni zabt etish yo‘lida davlat va xususiy sektor sa'y-harakatlarini uyg‘unlashtirish maqsadida “Yo‘l xaritasi” va doimiy faoliyat yurituvchi platforma tashkil qilishga kirishildi.

Keyingi yillarda meva-sabzavotlarni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda yaxshi natijalarga erishilmoqda. Lekin, oxirgi ikki yildagi geosiyosiy vaziyat, o‘zbek eksportchilarining faoliyati tarixan Rossiya va boshqa MDH davlatlariga yo‘nalganligi, ularning xarid qobiliyati esa keskin tushib borayotgani, logistikada murakkabliklar tug‘ilayotgani o‘zbekistonlik meva-sabzavot eksporti uchun yangi bozorlarni izlashni taqozo qilmoqda.

Shulardan biri – Yevropa bozori. Bu mintaqa xalqaro eksportda ustuvor bozor sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Shveytsariya hukumati, Xalqaro savdo markazi (ITC) hamkorligida tashkil etilgan loyiha – quritilgan meva-sabzavot eksportini rivojlantirish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va besh yilga mo‘ljallangan ushbu yo‘l xaritasining mantiqiy davomi o‘laroq, davlat-xususiy platformasini yaratish O‘zbekistonning sarxil quruq mevalarining jumladan ushbu bozorga to‘siqsiz kirib borishini ta'minlashga qaratilgan.

#Yol_xaritasi #meva_sabzavot #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM