QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29.2K photos
2.89K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QASHQADARYODA ISLOHOTLAR JADAL SUR'ATLARDA OLIB BORILMOQDA

🔰Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Viloyat agrosanoati istiqbollarini belgilash, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini ta'minlash bilan tanishuv davomida "Hosildor Zamin" zamonaviy ko‘chatchilik ta'lim majmuasida ham bo‘ldi. Bu yerda yangiliklar yaratish borasida shart-sharoitlar yetarlicha va yutuqlar ham shunga yarasha. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tashrif davomida Aziz Voitov “Xonobod” MFY da 10 gektar maydonda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan intensiv bodomzor bilan tanishdi. Xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov navbatdagi manzil-lokatsiya bo‘yicha Qarshi tumanida joylashgan “Sulton Golden Teks” MChJ dala maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida soha mutaxassislari bilan ekinlar hosildorligini oshirishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Zarur tavsiyalar berildi.

#vazir #tashrif #agrotexnik_tadbirlar #fermer_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍇UZUM SAYLI KONSERT DASTURLARI BILAN DAVOM ETMOQDA
*****
🍇ПРОДОЛЖАЕТСЯ ФЕСТИВАЛЬ ВИНОГРАДА С КОНЦЕРТНОЙ ПРОГРАММОЙ

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZNING UZUMCHILIK TAJRIBASI E’TIROF ETILMOQDA

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali” hamda uning doirasida uzumchilik hamda vinochilikka bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023–2026 yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu festivalda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlarning vakillari, 30 dan ortiq davlatlarning vinochilik sohasida yirik va yetakchi hisoblangan kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Jarayonda O‘zbekistonning 12 ta viloyatidan fermer xo‘jaliklari, mamlakatimiz vino zavodlari, tabiiy ichimliklar, sharbatlar va sharbat konsentratlari ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Toshkent viloyatida 15 ming gektardan ortiq uzumzorlar mavjud. 2022-yilda 103 ming tonna (105%) hosil yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda 115 ming tonna (112%) hosil yetishtirish ko‘zda tutilmoqda. 2024-2025-yillarda qo‘shimcha 20 ming gektar (shundan 2023-yilda 10 ming 260 gektar hamda 2024-yilda 9 ming 740 gektar) uzumzor barpo etish belgilangan.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYO: QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI

🔰Sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turgan Aziz Voitov Chim hududida joylashgan “Javlonbek sifat invest” fermer xo‘jaligi tomonidan oziq-ovqat ekinlari ekish uchun kollektor va zovur atrofidan 6 gektar maydonni foydalanishga kiritish ishlari bilan tanishidi.
Bu yerda bir necha yil avval qarovsiz yotgan adirliklarda bugun o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shundan so‘ng Aziz Voitov “Fayzullaev Muxiddin” fermer xo‘jaligining issiqxonasida yetishtirilayotgan uzum, gul, bodring hamda 6 gektar paxta maydoni g‘o‘za qator orasida uzum ko‘chatlari yetishtirish ishlari bilan tanishdi. Ekin maydonlarining o‘tgan yillardagiga qaraganda qisqargani ham, suv taqchilligi ham qashqadaryolik mirishkorlarni shashtlaridan qaytara olmagan. Ishning ko‘zini bilgan fermer har bir qarich yeri bilan nafaqat qishloq xo‘jaligining rivojiga, balki mahalliy bozorlarning to‘kinligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Tashrif yakunida vazir dasturdan chetga chiqqan holda, ipak qurtidan ipak mahsulotlarni ishlab chiqaradigan fabrika faoliyati bilan ham tanishdi. Aytish kerakki, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish bugun asosiy masalalardan biriga aylanib ulgurgan. Korxona hududdagi xotin-qizlarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta'minlab ulgurgan.

#vazir #tashrif #agrotexnik_tadbirlar #fermer_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PUSHTI ANANAS YARATISH UCHUN OLIMLARGA 16 YIL KERAK BO‘LDI

🍍Tadqiqotchilar “qo‘g‘irchoq” tropik meva yaratish ustida qariyb yigirma yil ish olib bordilar va nihoyat, bunga muvaffaq bo‘lganlarini e'lon qildilar.

Dunyoda birgina Del Monte kompaniyasi pushti ananas yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ular Kosta-Rika plantatsiyalarida, oddiy ananaslar bilan o‘sadi. G‘ayrioddiy rangga erishish uchun mevaning genetik kodiga aralashishga to‘g‘ri keldi. Gen muhandislari pomidor va tarvuzlarning qizil rangda bo‘lishiga javob beruvchilikopin miqdorini oshirdilar, buning evaziga anans pushti tus oldi. Rangdan tashqari, mevaning ta'mi ham biroz o‘zgardi – pushti ananas “sherik”lariga qaraganda ancha shirinroq chiqdi.

Kompaniya pushti ananas yaratish ustida ishlashni 2005-yildayoq boshlagandi.
Biroq AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari ustidan nazorat boshqarmasi mevani sotishni yaqindagina ma'qulladi. Tez orada okean ortida pushti ananas do‘konlar rastalaridan joy oladi.

#bu_qiziq #pushti_ananas

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
УЧЕНЫМ ПОТРЕБОВАЛОСЬ 16 ЛЕТ, ЧТОБЫ СОЗДАТЬ РОЗОВЫЙ АНАНАС

🍍Исследователи работали над созданием "кукольного" тропического фрукта почти два десятилетия и наконец-то рассказали, как им это удалось.

Розовыми ананасами занимается одна-единственная в мире компания Del Monte. Растут они на плантациях Коста-Рики, так же как и обычные ананасы. Чтобы добиться необычного окраса, пришлось вмешаться в генетический код фрукта. Генные инженеры увеличили количество ликопина, который отвечает за красную окраску томатов и арбузов, за счет чего ананас стал розовым. Помимо цвета немного поменялись и вкусовые свойства фрукта — розовый ананас получился значительно слаще своего собрата.

Над созданием розового ананаса компания начала работать еще в 2005 году. Однако лишь недавно Управление по контролю за качеством пищевых продуктов и лекарственных препаратов США одобрило продажу фрукта. Уже в самое ближайшее время за океаном розовый ананас появится на прилавках магазинов.

#это_интересно #розовый_ананас

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM