QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.1K subscribers
30.5K photos
3.1K videos
7 files
12K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
NIMA DEB O‘YLAYSIZ, SURATDA TUPROQNING QANDAY TURI AKS ETGAN?
КАК ДУМАЕТЕ, КАКОЙ ВИД ПОЧВЫ ИЗОБРАЖЕН НА КАРТИНКЕ?
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «​NIMA DEB O‘YLAYSIZ, SURATDA TUPROQNING QANDAY TURI AKS ETGAN?»
AGRAR SOHADAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MUTAXASSISLARINING MALAKASI OSHIRILMOQDA

💻Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazida agrar soha IT mutaxassislari uchun Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari tomonidan “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasi yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Uch kunlik seminar davomida vazirlik va tizim tashkilotlarining IT mutaxassislari “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.

Ushbu seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xojaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
*****
ПОВЫШАЕТСЯ КВАЛИФИКАЦИЯ СПЕЦИАЛИСТОВ ПО ИНФОРМАЦИОННЫМ ТЕХНОЛОГИЯМ В АГРОСФЕРЕ

💻Сегодня, в Центре цифровизации агропромышленности при Минсельхозе, представители южнокорейской компании «Camtic» провели учебный семинар, чтобы поделиться опытом организации деятельности «Умных теплиц».

В ходе трёхдневного семинара IT-специалисты министерства и его структурных подразделений повысят уровень своих знаний и навыков в процессах управления «Умными теплицами» с помощью компьютерных программ, корейского опыта цифровизации тепличных хозяйств, узнают о его преимуществах и функциональных возможностях.

Данный семинар проводится в рамках проекта «Создание инновационного центра промышленных технологий умного сельского хозяйства в Узбекистане».

#Agrosanoatni_raqamlashtirish #aqlli_issiqxona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI

👥Yurtimiz bo‘ylab yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlaridan jami 4150 nafar xodimlar onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat. Zero, boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "Inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi.

#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA RAHBARIYATI JOYLARDA TADBIRKORLAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR O‘TKAZADILAR

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-sentyabrdagi 174-son buyrug‘iga binoan, hududlarda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va ularning muammolarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.

Buyruqda belgilanishicha, ishchi guruhlar rahbarlari har oyda 2 marta bevosita joylarda tadbirkorlar bilan uchrashadilar, ular faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlab, tegishli takliflar ishlab chiqish va tadbirkorlarning individual masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etadilar, sayyor qabullar o‘tkazadilar.

#sayyor_qabul #oziq_ovqat_sohalarini_rivojlantirish #tadbirkorlar_muammolari #ishchi_guruh

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
РУКОВОДИТЕЛИ АГРОСФЕРЫ БУДУТ ПРОВОДИТЬ РЕГУЛЯРНЫЕ ВСТРЕЧИ С ПРЕДПРИНИМАТЕЛЯМИ НА МЕСТАХ

В соответствии с приказом Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан № 174 от 4 сентября 2023 года определены меры по проведению встреч с предпринимателями по вопросам развития аграрной и продовольственной промышленности в регионах и устранения имеющихся проблем.

Согласно приказу, руководители рабочих групп два раза в месяц будут встречаться с предпринимателями непосредственно на местах, выявлять системные проблемы, препятствующие их деятельности, разрабатывать соответствующие предложения, организовывать оперативное решение вопросов предпринимателей, а также проводить выездные приемы.

#развития_аграрной_и_продовольственной_промышленности #предприниматели #рабочая_группа

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda aholini sifatli va arzon go‘sht hamda sut mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Surxondaryo viloyatida chorvachilik yo‘nalishida 1 375 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatayotgani va joriy yilda ulardagi chorva mollari bosh soni o‘tgan yilga qaraganda sezilarli darajada oshgani haqida statistik tahlil qilingan.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧Suv – tiriklik, hayot inikosi. Suv nabodot olamining tirikligiyu, yashashga bo‘lgan intilishining bo‘lagi, quvvatidir. Flora va fauna olami u bilan yashaydi, hayot kechiradi. Tabiat, xususan o‘simliklarning normal rivojlanishi va o‘sishi uchun quyosh qanchalik zarur bo‘lsa, suvning qiymati undanda ziyoda. Ammo ob-havo o‘zining kutilmagan sovg‘alarini taqdim etadiki, ular kamdan-kam quyoshli kunlar va kuchli yomg‘ir o‘rtasidagi muvozanatda farqlanadi.

Bugun insoniyat oldida suvni tejash, undan unumli foydalanishdek jiddiy muammo turibdi. Bunda har bir insonning harakati, o‘simlikdan tortib hayot kechirishgacha bo‘lgan jarayonda suvning qiymatini baholab borishi va suv tejovchi texnologiyalarga urg‘u berishi muhimdir.

Ananaviy o‘simlik yetishtirish suvning haddan ziyod sarflanishiga sabab bo‘ladi. Tomchilatib yoki yomg‘irlatib sug‘orishda esa hattoki 10 barobar suv sarfi bilan ham mo‘l hosil olishning imkoni bor.

Ayni paytda yurtimizda tomchilatib sug‘oriladigan paxta maydonlarida hosilning ortishi kuzatilmoqda. Oddiy holda sug‘orilgan maydondan 35-40 sentnerdan oqoltin terilgan bo‘lsa, tomchilatib sug‘orishda 50-60 sentnergacha hosil olish mumkinligi o‘z isbotini topmoqda.

#suv #tomchilatib_sugorish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM