QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.92K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
XIVADA TILIMI TILNI YORADIGAN QOVUNLAR NAMOYISH ETILMOQDA

Avval xabar berganimizdek qadimiy Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” festivali o‘tkazilmoqda.

🍈Tadbirning rasmiy ochilish marosimi hozirgina tugadi. Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, o‘tkazilayotgan bunday festivallarniing nafaqat agrar soha balki turizm sohasi rivojidagi ahamiyati, poliz ekinlari, xususan qovun navlarini ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

“Qovun sayli” festivalida mezbon Xorazm viloyati bobodehqonlari 1000 tonnaga yaqin  mahalliy Gurvak navli qovun turlari, 400 tonnadan ortiq tarvuz, 200 tonna oshqovoq va 100 tonnadan ortiq meva-sabzavotlari bilan ishtirok etishmoqda.

“Qovun sayli-2023” xalqaro festivali yakunida  ishtirokchilar orasidan  quyidagi nominatsiyalar boyicha g‘oliblar aniqlanadi:

🟠Qovunchilikda yangi innnovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
🟠Qovunchilikda yangi navlarni mahalliylashtirish;
🟠Qovunchilikda eng yuqori hosildorlikka erishish;
🟠Qadimiy an’anaviy Xorazm qovunlari navlarini tiklash;
🟠Eng yaxshi yosh qovunchi fermer.

Festival g‘oliblariga Gentra, Nexia-3, Spark, Damas avtomobillari hamda qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar topshiriladi.

#qovun_sayli #festival #Xorazm

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
В ХИВЕ НАЧАЛСЯ ЯРКИЙ И НАСЫЩЕННЫЙ СОБЫТИЯМИ ФЕСТИВАЛЬ ДЫНИ 

Как мы уже сообщали, в древнем городе музее под открытым небом - Хиве проходит
традиционный фестиваль «Ковун сайли».

🍈Только что завершилась официальная церемония открытия мероприятия. Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов подробно рассказал о достижениях в сфере за последние годы, значении подобных фестивалей, как в развитии аграрного сектора, так и туристической отрасли, мерах предпринимаемых по увеличению видов и сортов бахчевых культур, особенно дынь.

Хозяева мероприятия - фермеры Хорезмской области привезли на форум изобилия «Ковун сайли» около 1000 тонн дынь, местного, но очень популярного далеко за пределами региона сорта "Гурвак ", более 400 тонн арбузов, 200 тонн тыквы, а также более 100 тонн фруктов и овощей.

По итогам международного фестиваля «Ковун сайли-2023» из числа участников будут определены победители по  следующим номинациям:

🟠внедрение новых инновационных технологий в выращивании дынь;
🟠локализация новых сортов;
🟠достижение наивысшей продуктивности при выращивании бахчевых культур;
🟠восстановление древних традиционных сортов хорезмских дынь;
🟠лучший молодой фермер по выращиванию дынь.

Победители фестиваля получат автомобили Gentra, Nexia-3, Spark, Damas, а также ценные подарки и грамоты за вклад в развитие агропромышленного комплекса Узбекистана.

#фестиваль #Хорезм

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍈 "Qovun sayli-2023" festivalining rasmiy ochilish marosimidan yorqin lahzalar
Xiva 12.08.2023

🍈 Яркие моменты с официальной церемонии открытия фестиваля «Ковун Сайли-2023»
Хива 12.08.2023

#qovun_sayli #Xiva #festival

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆GINNESNING REKORDLAR KITOBIDAN JOY OLGAN DUNYODAGI UCHTA ENG YIRIK SABZAVOT

🟢Karam – 34 kg. Dunyodagi eng katta karamni Amerikaning Alyaska shtatida yashovchi oila yetishtirgan. Bu hudud sabzavotlar yetishtirish uchun unchalik bop bo‘lmasa ham, Evanslar oilasi buning uddasidan chiqdi. 1997-yilda jahondagi eng yirik bosh karam yetishtirildi va darhol Ginnesning rekordlar kitobiga tushdi. Uning vazni 34 kilogrammdan ziyodroq chiqdi.
Taqqoslash uchun: bu 8 yoshli bolaning o‘rtacha og‘irligidir. Shu paytgacha Evanslar rekordini takrorlashga hech kim muvaffaq bo‘la olmadi, alyaskalik mirishkorlar esa, muvaffaqiyat sirini oshkor etishmayapti.

🟠Qovoqcha (kabachok) – 54 kg. Piter Gleyzbrk sabzavotlar yetishtirish borasida bir qancha rekordlar muallifi sanaladi. Bu ingliz fermeri Ginnesning rekordlar kitobi talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng katta qovoqcha (kabachok) yetishtira olgan. Sabzavotning vazni 54 kilogramm, bo‘yi esa 67 santimetr bo‘lgan. Gigantni festivalga olib kelish uchun Piter o‘z tanishi – mashhur sportchi Jonatan Uokerdan yordam so‘raydi. Bugungi kungacha inglizning rekordini yangilay oladigan odam topilmadi.

🔴Bosh piyoz – 9 kg. Yana o‘sha angliyalik Piter Gleyzbrk dunyodagi eng katta piyozni 2015-yilda yetishtirdi. Piyozning kattaligi inson boshiga 2 baravar kelardi. Vazni esa, 9 kilogramm chiqdi. Bu g‘aroyibotni yetishtirishga atigi ikki yarim oy vaqt ketgan. Bu ingliz mirishkorining Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan uchinchi rekordi bo‘ldi.

Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.

#bu_qiziq #sabzavot #rekord

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QO‘YCHILIK — YETTI XAZINANING BIRI

🐏Tong yorishadi. Hali quyosh zaminga bo‘y ko‘rsatishga ulgurmasidan Hisor tog‘ tizmalari davomiga tomon odimlayotgan cho‘pon va uning suruviga ko‘zingiz tushadi. Bu yo‘llar, qir-adirlar cho‘ponga ham, suruvga ham yod bo‘lib ketgan.

Otameros kasb bo‘lgan cho‘ponchilik va uning o‘ziga xos jihatlari, mashaqqat-u afzalliklari haqida boysunlik cho‘pon Qahhor bobo Aliqulovning dilkash so‘zlari, qo‘ychilikning sir-sinoatlari haqidagi film sizga ham qiziqmi, unda bizni kuting!

#qoychilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 7-AVGUST — 11-AVGUST 2023-yil

🤝JAHON BANKI VA QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HAMKORLIGIDAGI LOYIHALAR IJROSI JADALLASHADI

🇭🇺VENGRIYA BILAN AGRAR TAʼLIM SOHASIDAGI HAMKORLIK KUCHAYTIRILADI

💧XOVOS TUMANIDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN UNUMLI FOYDALANILMOQDA

💻HUDUDLARDA “AGROPLATFORMA” TIZIMINING TARG‘IBOTI

🇵🇰O‘ZBEKISTON VA POKISTON: AGROSOHADA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

👥XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETI TA’LIM GRANTLARI KESIMIDA IQTIDORLI TALABALAR E’TIROF ETILDI

🤝QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI VA “ALIBABA.COM” SAVDO PLATFORMASI HAMKORLIGI RIVOJLANADI

🤝QISHLOQ XO‘JALIGIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIKNI JORIY ETISH IMKONIYATLARI TAQDIMOTI

🔰OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

🥛"LATTICO" – ZAMONAVIY TEXNOLOGIYADAN 47 TURDAGI SOF MAHSULOTGACHA

🍈XIVADA “QOVUN SAYLI” FESTIVALI OʻTKAZILMOQDA

🌳AGRODIYOR — O‘ZGARISHLAR DAVRI

🍈XIVADA TILIMI TILNI YORADIGAN QOVUNLAR NAMOYISH ETILMOQDA

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-avgustdan 20-avgustgacha bo‘lgan ob-havo ma'lumoti

🌖 Tugayotgan oy: 14-avgust
🌕 Yangi oy:
15-18-avgust
🌓 O‘sayotgan oy:19-20-avgust

🧲 Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar kuzatiladi (Kp-indeks: 2-2-2-2-2-2-2).

🔅 Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida juda yuqori daraja (9-10 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤 Havoning namligi:
14-avgust - 26%; 15-avgust - 25%; 16-avgust - 24%; 17-avgust - 22%; 18-avgust - 22%; 19-avgust - 24%; 20-avgust - 24%;

Haftalik ob-havo haqida qisqacha:

🌤 O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo’ladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
🌡 Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 17-22° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
G‘o‘zani sharbat usulida tunda sug‘orish ishlari o‘tkaziladi, mayin kultivatsiya qilish hamda zararkunanda va hasharotlarga qarshi uyg‘unlashgan himoya choralari qo‘llaniladi, o‘sishni sozlovchi preparatlar (retordantlar) bilan ishlov berish hamda chilpish (chekanka qilish) ishlari tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Погодные явления с 14 августа по 20 августа

🌖 Убывающая луна: 14 августа
🌕 Новолуние: 15-18 августа
🌓 Растущая луна: 19-20 августа

🧲 Геомагнитная активность:
Небольшие геомагнитные возмущения в течение недели (Кп-индекс: 2-2-2-2-2-2-2).

🔅 Ультрафиолетовый индекс:
Всю неделю ожидается очень высокий уровень (9-10 балл).

🔤 Влажность воздуха:
14-августа - 26%; 15-августа - 25%; 16-августа - 24%; 17-августа - 22%; 18-августа - 22%; 19-августа - 24%; 20-августа - 24%;

Еженедельная сводка погоды:

🌤 На этой неделе, по большей части территории Узбекистана небольшая, местами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура ночью 15-20°, днем 27-32°.

По горным районам республики небольшая, местами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный с переходом на западный 7-12 м/с, возможно усиление до 13-18 м/с.
🌡 Температура ночью 9-14°, днем 17-22°.

Рекомендации для фермеров и дехкан:
Рекомендуется орошать хлопок ночью методом полива «шарбат», применять щадящую культивацию и комбинированные меры защиты от вредителей и насекомых, систематически проводить обработку регуляторами роста (ретардантами) и чеканку.

#погода #климат #рекомендации

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍇 Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasi Buxoroda qo'llanilmoqda

Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi "G‘olibjon Hamroh" fermer xo‘jaligining 25 gektar yer maydoni mavjud. Shundan 5 gektarida “voish” usulida tok ko‘chatlari parvarishlanmoqda.

Shuni alohida aytish joiz, ushbu usulda uzum yetishtirilganda hosil mo‘l, mevasi sifatli va mazali bo‘ladi. Bu esa uzumni eksportga yo‘naltirish uchun qulay omil hisoblanadi. Hozirda fermer xo‘jaligi 24 tonna uzumni eksportga yuborish arafasida turibdi.

Mehnat qilgan albatta, rohatini ko‘radi. Bog‘bonlar ham Buxoroning issiq havo haroratini pisand qilmay, bor mehrlari bilan uzum yetishtirishmoqda. Qarabsizki, daromadlar ham shunga yarasha.

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda uzum yetishtirish hajmi oshdi 🍇

Мa’lum qilinishicha, respublikamizda uzum yetishtirish hajmi 2,7 % ga oshgan. Eng ko‘p hosil ko‘rsatkichi Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

📊 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 50 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 2,7 %ga oshgan.
O‘zbekistonda yetishtirilgan uzumning umumiy hajmini qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yuqori ulush — Namangan (15,1 %), Qashqadaryo (12,4 %), Buxoro (12,2 %) va Samarqand (8,9 %) viloyatlarida qayd etilgan.
Uzum yetishtirishning umumiy hajmdagi ulushining eng past ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,7 %) va Jizzax viloyatida (1,4 %) ekanligini ko‘rish mumkin.

#uzumchilik #korsatkich

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍈 “Qovun sayli” festivali g‘oliblari taqdirlandi

📅 Joriy yilning 12-13-avgust kunlari qadimiy va navqiron Xiva shahrida har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Qovun sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.

🏅 Hakamlar hayʼatining xulosasiga ko‘ra, Gran-pri sohibi — “Gentra” avtomobili — xivalik dehqon-fermerga topshirilgan bo‘lsa, 1- o‘rinni Qo‘shko‘pir tumanidagi, 2-o‘rinni Toshkent viloyati va 3-o‘rinni Yangibozor tumanidagi dehqonlari qo‘lga kiritishdi. Ular “Nexia-3”, “Spark”, “Damas” avtomobillari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, 6 ta nominatsiya bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga ham qimmatbaho mukofotlar hamda diplomlar taqdim etildi.

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston” telekanalining “Agroinnovatsiya” tok-shousining navbatdagi soni “Dorivor o‘simliklar va ularni qayta ishlash texnologiyasi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Qishloq xo‘jaligi sohasining mutaxassislari ishtirok etgan ushbu ko‘rsatuvda  keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan xalq tabobatini rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilayotgani, bu esa, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularni qayta ishlash va aholiga yetkazish bilan birgalikda uning eksport salohiyatini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilayotganiga to‘xtalib o‘tildi.

#repost #Agroinnovatsiya #mtrk

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rangni quyoshdan olar, shirini tilni yorar

#kun_fotosi #qovun

Яркие как солнце, сладкие как мёд.

#фото_дня #дыня

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
LABORATORIYA XODIMLARINING MALAKASI OSHIRILMOQDA 🔬

🔰 Qishloq
xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi sinov laboratoriyasining 16 nafardan iborat xodimlari masofaviy shaklda o‘tkazilgan malaka oshirish kursida faol qatnashishdi.

Nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borilgan o‘quv kurslari nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasidagi xodimlarning malakasi va bilimlarini oshirishga, balki sohada yangi amaliyotlarni qo‘llashga va tizimning rivojlanishiga xizmat qiladi.

#laboratoriya #malaka

ПОВЫШАЕТСЯ КВАЛИФИКАЦИЯ СОТРУДНИКОВ ЛАБОРАТОРИИ. 🔬

🔰
Сегодня для достижения высоких результатов во всех сферах от каждого работника и специалиста требуется идти в ногу со временем и повышать свои знания и навыки. Поэтому опыт объединения знаний, инноваций и практики используется во всех областях.

В частности, активное дистанционное участие в обучающем курсе приняли 16 сотрудников испытательной лаборатории ГУП «Аналитический центр качества, состава и репозитории почв» при Министерстве сельского хозяйства

Учебные курсы, проводимые по принципу сочетания теории и практики, служат не только для повышения квалификации и знаний работников в области сельского хозяйства, но и для внедрения новых практик в этой сфере.

#лаборатория #квалификация

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM