OLTIARIQ UZUMCHILIGI – TAJRIBA MAKTABI
🍇Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar davom etmoqda.
Seminarda ushbu fermer xo‘jaligi rahbari Ismoil Boymatov so‘zga chiqib, shu kunga qadar uzum yetishtirish borasida to‘plagan tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Xususan, oltiariqlik fermer seminar ishtirokchilarining e'tiborini yangi uzumzorlarni barpo etish uchun yer maydonlarini tanlash, yerni ekishga tayyorlash, ko‘chat ekish muddatlari va usullariga qaratdi. Shuningdek, yosh va hosilli uzumni parvarishlash agrotexnikasi, jumladan qator orasiga ishlov berish, sug‘orish va oziqlantirish tadbirlari yuzasidan Oltiariq tajribasi bilan atroflicha tanishtirdi.
“Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi 2020-yilda 75 gektarda uzumchilik plantatsiyasini tashkil etgan. Xo‘jalikda “husayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “mersedes” kabi uzum navlari yetishtirilmoqda. Ular kelgusi yildan to‘liq hosilga kiradi va jami 3 ming tonna uzum yetishtiriladi.
Fermer xo‘jaligida mavsumiy yumushlar bilan birga 700 kishining bandligi ta'minlangan.
Seminar davomida tadbir qatnashchilari fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlarning guvohi bo‘ldilar.
Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.
#seminar #uzumchilik #Fargona
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“NIRT-FRUIT” MCHJDA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH VA LOGISTIKA MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
🔰Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili Oltiariq tumani Qapchig‘ay massivi hududidagi “Nirt-fruit” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan fermerlar, yuqori martabali mehmonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va logistika markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Fermer xo‘jaligiga tuman zaxirasidagi yerlardan 7,1 gektar yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, 2020-yil xo‘jalik “eksportyor” maqomiga ega bo‘ldi. Dala maydonlarida pishib yetilgan hosil yig‘ib terib olinib, maxsus yashiklarga joylanadi. Harorat me’yorga kelguncha “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sovutgich”larida sovutiladi. Tayyor bo‘lgan mahsulot yuk avtomashinalariga yuklanib, Qozog‘iston va Rossiyadagi hamkorlariga yetkazib berilmoqda.
#seminar #sovutgich #logistika_markazi #Fargona
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🔰Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili Oltiariq tumani Qapchig‘ay massivi hududidagi “Nirt-fruit” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan fermerlar, yuqori martabali mehmonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va logistika markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Fermer xo‘jaligiga tuman zaxirasidagi yerlardan 7,1 gektar yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, 2020-yil xo‘jalik “eksportyor” maqomiga ega bo‘ldi. Dala maydonlarida pishib yetilgan hosil yig‘ib terib olinib, maxsus yashiklarga joylanadi. Harorat me’yorga kelguncha “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sovutgich”larida sovutiladi. Tayyor bo‘lgan mahsulot yuk avtomashinalariga yuklanib, Qozog‘iston va Rossiyadagi hamkorlariga yetkazib berilmoqda.
#seminar #sovutgich #logistika_markazi #Fargona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHLOQDA NIHOL UNDIRGAN BOG‘BONLAR TAJRIBASI
🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri “Fruts brend” ko‘chatchilik xo‘jaligida mevali ko‘chatlarni yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Vazir Aziz Voitov Farg‘ona safari davomida Quva tumanida ham bo‘lib, bu yerda qad rostlagan “Fruts brend” ko‘chatchilik xo‘jaligi faoliyatini o‘rgandi.
Mazkur xo‘jalik 2019-yilda ta'sis etilgan, xo‘jalik dasht yerlarini o‘zlashtirib, katta bog‘ yaratgan. Aytish kerakki, qatra giyoh o‘smaydigan toshloq yerda bog‘ yarataman, deganda xo‘jalik rahbariga birov ishonib, birov ishonmagandi. Ammo, intilganga tole yor – “Fruts brend” jami 35 gektar yerni o‘zlashtirgan bo‘lsa, shundan 5 gektarida hozirda ko‘chatchilik gurkirab rivojlanmoqda.
Xo‘jalikda yuz foiz tomchilab sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan – bu ham suv resurslaridan unumli foydalanishni, ham nihollarning sog‘lom o‘sishini ta'minlamoqda.
Bog‘ asosan ko‘chatchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, bu yerda barcha turdagi mevali daraxtlarni uchratasiz. Ko‘chat yetishtirishda birinchi o‘ringa sifat qo‘yilgani kishini quvontirmay qolmaydi. O‘z mahsulotining sifatiga qat'iy ishongan xo‘jalik ko‘chatlarni shunchaki sotish bilan shug‘ullanmaydi. Balki, ko‘chatni yerga qadab, uni undirib-parvarishlab, nishonani mijoz tatib ko‘rgandan keyingina, oldi-sotdi qiladi. Natijada xaridorlar keti uzlimaydi – har mavsumda 400-500 ming dona ko‘chat sotuvga chiqarilmoqda.
#tashrif #vazir #kochatchilik #tomchilab_sugorish #Fargona

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI “KARKIDON” SUV OMBORI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
💧Ayni paytda ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Quva tumanida joylashgan "Karkidon" suv omborini ham ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu joyda bo‘ldi.
Ushbu omborning suv sig‘imi 28 mln kub/metr bo‘lib, agar suv to‘g‘ri olib kelinsa, shu hududda joylashgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 1,5 ming gektarini o‘zlashtirish mumkin. "Karkidon" suv ombori atrofida bo‘lgan 1,5 ming gektar yerni o‘zlashtirib, ularga suv yetkazish masalasida omborning imkoniyatlari chamalandi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, "Karkidon" suv omboridan tashqari "Quva-2" maxsus stansiyasiga ham tashrif buyurdi. Ushbu maxsus stansiyaning quvvati 1800 gektar yerni suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega, ammo hozirgi vaqtda juda ko‘plab agregatlarning ma’nan eskirganligi tufayli bu stansiya ham o‘z faoliyatini qisman davom ettiryapti.
#tashrif #vazir #suv_ombori #Karkidon #Quva_2 #Kampirobod #maxsus_stansiya #Fargona