QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
28.9K photos
2.88K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣
Ertaga, 6-iyul kuni “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Tadbir shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etiladi. Haftalikda 60 dan ziyod mamlakatdan 450 dan ortiq davlat arboblari, siyosatchilar, yirik biznes vakillari va ekspertlar, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etyapti.

Xalqaro konferensiyada Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari rahbariyati va mutaxassislari bilan bir qatorda, ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlar, xorijiy mehmonlar ham qatnashadi.

Unda “Yangi O‘zbekistonda 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligining rivojlanish strategiyasi: imkoniyatlar va istiqbollar” va “Suv resurslarini tejash zarurati – zamon talabi” seksiyalarida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ma'ruza qiladilar.

📍Tadbir 2023-yil 6-iyulda Toshkentdagi “Event-hall” majumuasida o‘tkaziladi.

Boshlanishi – soat 14.00 da.

#elon #tadbir #xalqaro_konferensiya #Yangi_Ozbekiston

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣
6 июля в 14.00 в комплексе «Event-Hall» в Ташкенте состоится международная конференция «Цели устойчивого развития: продовольственная безопасность и водоснабжение».

Мероприятие организовано в рамках Недели инициатив международного партнерства на тему «Новый Узбекистан: развитие, инновации и просвещение», которая в настоящее время проходит в Ташкенте. В мероприятии примут участие более 450 государственных деятелей, представителей крупного бизнеса и экспертов из более чем 60 стран мира, а также представители ряда международных организаций.

Помимо руководства и специалистов Минсельхоза, в международной конференции также примут участие его подведомственные организации и зарубежные гости.

В рамках конференции местные и зарубежные специалисты проведут лекции на тему «Стратегия развития сельского хозяйства Нового Узбекистана до 2030 года: возможности и перспективы» и «Необходимость экономии водных ресурсов – требование времени».

#объявление #международная_конференция #Новый_Узбекистан

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O’zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida g’alla o’rimi haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi mirishkorlar tomonidan joriy yil 14 ming gektardan ortiq yerda g’alla yetishtirilgani hamda daladan bo’shagan maydonlarning 13 mingga yaqin ishsiz, daromadsiz va temir daftardan joy olgan fuqarolarga bo’lib berilgani haqida so’z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj #galla_orimi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
... U karamdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, ikki yillik o‘simlik. Kelib chiqish markazi O‘rta Yer dengizi va Sharqiy Osiyo hisoblanadi.

O‘zbekistonda bu ekin turining o‘chog‘i Farg‘ona vodiysining Marg‘ilon, Oltiariq tumanlari sanaladi.

U sovuqqa chidamli, ildizmevasi kuzning o‘rtacha haroratida o‘sib, shakllanadi. Tuproqning unumdorligi va mexanik tarkibi yengil, gumusga boy bo‘lishiga talabchan. Mamlakatimiz hududida 4 ta navi ekiladi.

Savol: qaysi sabzavot turi haqida so‘z bormoqda?

#sorov #sabzavot
... Он принадлежит к семейству капустных и является двухлетним растением. Центрами происхождения являются -Средиземное море и Восточная Азия.

В Узбекистане так называемым эпицентром выращивания этого вида культуры являются Маргиланский, Алтыарыкский районы Ферганской долины.

Устойчив к холоду, корнеплод растет и формируется при средней температуре в осенний период. Плодородие и механический состав почвы требуют, чтобы она была легкой и богатой гумусом. В нашей стране выращивают 4 его сорта.

Вопрос: О каком овоще идет речь?

#опрос #овощи
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «​... U karamdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, ikki yillik o‘simlik. Kelib chiqish markazi O‘rta Yer dengizi va Sharqiy Osiyo hisoblanadi. O‘zbekistonda bu ekin turining o‘chog‘i Farg‘ona vodiysining Marg‘ilon, Oltiariq tumanlari sanaladi. U sovuqqa chidamli…»
YANGI O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR

🔰Shu lahzalarda, Toshkentda “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Eslatib o‘tamiz, tadbir 3-iyulda boshlangan “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etildi.

Xalqaro konferensiyada Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari rahbariyati va mutaxassislari bilan bir qatorda, ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlar, xorijiy mehmonlar – jami yuzga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda.

Konferensiya moderatorlari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis, “FDI Magazine” va “Investment monitor” jurnali nashrlarining sobiq bosh muharriri Kortni Finger hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Alisher Shukurov.

Anjuman ikki seksiyadan iborat: “Yangi O‘zbekistonda 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligining rivojlanish strategiyasi: imkoniyatlar va istiqbollar” va “Suv resurslarini tejash zarurati – zamon talabi”. Konferensiyani qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda, shuningdek, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Vedat Mirmahmudogullari, Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Szolt Polgar, “Swiss NeWater Holding” kompaniyasi (Shveysariya) asoschisi Klod Begl va boshqa martabali mehmonlar va ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlarning chiqishlari ko‘zda tutilgan.

#xalqaro_konferensiya #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО НОВОГО УЗБЕКИСТАНA: ВОЗМОЖНОСТИ И ПЕРСПЕКТИВЫ

🔰Сегодня в Ташкенте проходит международная конференция «Цели устойчивого развития: продовольственная безопасность и водоснабжение». Напоминаем, что мероприятие было организовано в рамках Недели международных партнерских инициатив на тему «Новый Узбекистан: развитие, инновации и просвещение», которая стартовала 3 июля.

Помимо руководства и специалистов Минсельхоза, в международной конференции принимают участие подведомственные организации, видные международные эксперты и зарубежные гости - всего около ста участников.

Модераторы конференции – Кортни Фингер, ведущий эксперт по вопросам прямых инвестиций, бывший главный редактор журналов «FDI Magazine» и «Investment Monitor» и Алишер Шукуров, советник министра сельского хозяйства Узбекистана.

Конференция состоит из двух секций: «Стратегия развития сельского хозяйства Нового Узбекистана до 2030 года: возможности и перспективы» и «Необходимость экономии водных ресурсов – требование времени». Открыл конференцию вступительным словом министр сельского хозяйства Азиз Воитов.

В мероприятии также принимают участие советник министра сельского и лесного хозяйства Турции Ведат Мирмахмудогуллари Шолт Полгар, директор Венгерского исследовательского центра картофеля Клод Бегль, основатель швейцарской компании NeWater Holding и другие высокопоставленные лица. Помимо этого, также запланировано выступление международных экспертов.

#международная_конференция #Новый_Узбекистан #Министерство_сельского_хозяйства

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🗣Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.

2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.

Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.

Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.

Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱Meva-sabzavotlar maydoni 470 ming gektarga oshdi, 75 ming gektar intensiv bog‘ va tokzorlar, 3700 gektar zamonaviy issiqxonalar barpo etildi. 200 ming gektar paxta-g‘alla maydonlari qisqarib aholiga berildi. Meva-sabzavot ishlab chiqarish 20 foizga oshib, 22,5 mln tonnaga yetdi.

G‘alla hosildorligi 57 sentnerdan 70 sentnerga oshdi va 2023-yil yalpi i/ch 8,1 mln tonna bo‘lishi kutilmoqda.

Umuman qishloq xo‘jaligida yillik o‘sish - o‘rtacha 5%.

“Global oziq-ovqat xavfsizligi”
indeksida O‘zbekiston reytingi 113 ta mamlakat orasida 12 pog‘ona ko‘tarilib (85 dan 73 ga), eng yuqori o‘sishga erishgan 10 ta mamlakat ichida 1-o‘rinni egalladi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #meva_sabzavot #paxta #galla

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧Irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar yerlarni oborotga kiritish Konsepsiyasi qabul qilindi.

O‘tgan davrda oborotdan chiqqan, lalmi, yaylov yerlardan qariyb 580 ming gektari foydalanishga kiritildi,

O‘zlashgan yerlarda 280 ming aholi bandligi ta`minlandi va qo‘shimcha 3,7 mln tonna mahsulot yetishtirildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga 25 yilga ijaraga berilishi belgilandi.

Qariyb 1,4 mln gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi, 4,5 mlrd m3 suv iqtisod qilindi, 350 mlrd so‘m subsidiya berildi.

Kelgusi 5 yilda yana 500 ming gektar yerlar foydalanishga kiritiladi, 2 mln ga suv tejovchi texnologiya joriy qilinadi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Xo‘jalik yurtishning yangi mexanizmi – klaster va kooperatsiyalar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi va ularda “amaliyot-ilm-innovatsiya” tizimi uyg‘unlashdi. Bugungi kunda 833 ta agroklasterlar va 200 dan ortiq kooperativlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi.

Paxtachilik klasterlariga jami 5,3 mlrd dollar, shundan qishloq xo‘jaligiga 1,2 mlrd dollar investitsiyalar kiritildi.

Innovatsiyalar va zamonaviy texnikalar joriy qilish hisobiga hosildorlik 29 sentnerdan 2022-yilda 34 sentnerga oshdi. Paxta yetishtirishda majburiy va bolalar mehnatiga barham berildi, BCI sertifikatlash tizimi joriy qilinmoqda.

Paxta xom ashyosi 100 foiz chuqur qayta ishlanmoqda, Cotton Campaign tashkiloti boykotni bekor qildi (2022-yil mart).

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #agroklasterlar #investitsiya #kooperativlar_faoliyati

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish
va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishda xalqaro hamkorlarimiz va XMIlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz.

Paxta va g‘allada to‘liq bozor mexanizmiga o‘tildi, narxlar erkinlashib, jahon va mintaqaviy bozorlarga moslashdi.

Fermer va dehqonlarga yer ajratishda mahalliy hokimliklar ishtiroki bekor qilinib, shaffof onlayn tizimga o‘tildi.

Tadbirkorlar loyihalari uchun XMIlardan 2,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilinib, jami 1,3 mlrd dollarli, shundan meva-sabzavotchilikda 1,1 mlrd dollar, chorvachilikda 270 mln dollar va boshqa yo‘nalishlarda 11,9 mln dollar qiymatidagi 4 mingta loyiha ishga tushdi.

2026-yilgacha Agrar va oziq-ovqat sohasiga har yili 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #investitsiya #xalqaro_hamkorlik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimini rivojlantirishda agrar va oziq-ovqat sohasini boshqarishda QXV yagona siyosat yuritishga o‘tdi.

2 ta qo‘mita, 1 agroinspeksiya
va 2 ta agentlik vazirlik bo‘ysuniviga o‘tkazildi. Ularning faoliyati qishloq xo‘jaligi strategiyasidagi vazifalarga muvofiqlashtirildi.

2023-2024-yillarda vazirlik tizimidagi idoralarni funksional baholash asosida Oziq-ovqat xavfsizligini muvofiqlashtirish tizimi joriy qilinadi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #agroklasterlar #investitsiya #kooperativlar_faoliyati

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM