QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
SPORT – UNUMLI MEHNAT GAROVI

🎳Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari o‘rtasida bouling bo‘yicha korporativ musobaqa o‘tkazildi.

“Sog‘ tanda – sog‘lom aql” ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Sport bilan korporativ shaklda shug‘ullanish, bir tomondan, xodimlar salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatsa, boshqa tomondan korporativ muhitni sog‘lomlashtiradi, xodimlarning jipslashuviga xizmat qiladi. Pirovardida esa, umumiy ish unumi ortadi.

Mana shu maqsadlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchi-xodimlari uchun bouling bo‘yicha musobaqa uyushtirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, do‘stona raqobat muhitida o‘tdi. Xodimlar nafaqat ishda, balki sportda ham ilg‘or va intiluvchan ekanliklarini namoyish etdilar. Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

#korporativ_musobaqa #sport #tadbir #bouling #Qishloq_xojaligi_vazirligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" dasturida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqidagi lavha efirga uzatildi.

Unda anjuman davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, mutasaddi tashkilotlar vakillarining mavzu doirasida yo‘llangan savollarga javoblari bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, lavhada so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ham mutasaddilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QISHLOQ XO‘JALIGIDA DRONLARDAN FOYDALANISH KENGAYTIRILADI

🤝Iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida samaradorligi yuqori bo‘lgan uchuvchisiz parvoz apparatlari (dronlar) va dron materiallaridan foydalanishga qiziqish ortmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Geospatial Information Co. Ltd. kompaniyasi rahbar va mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o‘tgan hafta Koreya-O‘zbekiston “Drone Road Show 2023” ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tgani, unda Koreyaning 6 ta yetakchi kompaniyasining turli yo‘nalishlardagi dronlari, ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlari namoyish etilgani aytildi. Shuningdek, agrar sohada qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish, raqamli xaritalar hamda 3D-modellarni yaratish, dronlardan foydalangan holda aniq dehqonchilikni rivojlantirish, mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlash masalalari, qolaversa, kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #raqamlashtirish #dronlar #aniq_dehqonchilik #delegatsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGROJURNALISTIKANING MAQSAD-VAZIFALARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
🟩🟩🟩🟩
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida o‘tkazilgan “Hayot fanlari festivali” doirasida qishloq xo‘jaligi sohasini yorituvchi jurnalistlar uchun seminar tashkil etildi.

Ommaviy axborot vositalari va Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Media-markaz vakillari ishtirok etgan tadbirda Toshkent Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti prorektori Slavomir Vroblevski qishloq xo‘jaligi jurnalistikasida jahon tajribasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, davlat idoralari, agrobiznes, ilmiy-o‘quv muassasalari va aholi o‘rtasida ishonchli munosabatlar o‘rnatilishida medianing o‘rnini yuqori baholadi.

Shuningdek, tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi aholi va mutaxassislarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi tendensiyalardan xabardorligini oshirish va sohani ommalashtirish maqsadlarida, agrar sohaga oid eng yaxshi ijodiy ishlar uchun tanlov e’lon qilganligi ta’kidlab o‘tildi.

#OAV #Qishloq_xojaligi_vazirligi #media_markaz #IAU #seminar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT VILOYATI: DALADA – G‘ALLA, ZOVUR CHETLARIDA – SABZAVOTLAR PISHIB YETILDI

🌾Ayni damda yurtimiz dalalarida g‘alla  o‘rim-yig‘imi avj pallada. Bu yil Toshkent viloyatida 14 ta g‘allachilik klasteri hamda 2 ming 529 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 106 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirildi.

Viloyatda g‘alla o‘rish 5-iyundan boshlangan bo‘lib, 20-iyun holatiga ko‘ra, jami 205 ming 52 tonna g‘alla sotildi. Bu rejaning 76,8 foizi demakdir.

Viloyat miqyosida olganda, 6 721 ta fermer xo‘jaligining 5 510 gektar dala chetlari o‘zlashtirilib, 14 mln 387 ming dona ko‘chat ekildi. Bundan tashqari, 569 gektar yerga poliz, sabzavot va boshqa ekinlar ekildi. Qolaversa, dala shiyponlarida asalari uyalari saqlash, parrandalar parvarishlash urfga aylandi.

#G'alla #o'rim_yig'im #klaster #sabzavot #dala_chetlari

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“HAYOT FANLARI FESTIVALI” YANGI BILIMLAR MANBAI BO‘LDI
2️⃣2️⃣2️⃣
Poytaxtdagi Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan “Hayot fanlari festivali”ning ikkinchi kun tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ikkinchi kuni ham ko‘rgazmali yarmarkalar va taqdimotlarga boy tarzda o‘tdi. Xususan, “Mening eng yaxshi karyeram” mavzusida eng yaxshi talabalar nutqi, “Dunyo bo‘ylab taomlar”, “Oziq-ovqat turizmi”, “Oziq-ovqat ilhomlari” bo‘yicha  taqdimotlar, “Oziq-ovqat xavfsizligi muammolari” mavzusida davra suhbatlari, Ta’lim va martaba yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga 2023-2024-yillar uchun o‘qishga hujjat topshirgan yoshlar orasidan saralab olingan 75 nafar yoshlarga sertifikatlar taqdim etildi. E’tiborlisi, ushbu sertifikatlar bilan talabalikka qabul qilinadigan yoshlar 4 yil davomida universitetda bepul ta’lim olishadi. Saralash mezonlari ularning qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqishi, o‘z kelajagini ushbu  soha bilan bog‘laganligi hamda ingliz tilini bilish darajasi yuqoriligidan iborat bo‘ldi.

#festival #FAO #BMT #IAU #tadbir #yarmarka #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM