QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.9K subscribers
30.8K photos
3.14K videos
7 files
12.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON-ITALIYA: QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI HAMKORLIK SAMARALARI
🇺🇿🤝🇮🇹
O‘zbekiston va Italiya so‘nggi yillarda juda ko‘p yo‘nalishlarda sinalgan hamkor sifatida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqdalar. Yevropa Ittifoqida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan mamlakat turli yo‘nalishlar orasida agrar tarmoqqa ham alohida e'tibor bilan yondashayotgani sir emas. Buni ikki davlat sohaga taalluqli vazirliklari hamkorligida ham kuzatish mumkin. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi va Italiya Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mustaqilligi va o'rmonchilik vazirliklari o‘zaro hamkorlikda bir qancha loyihalarni muvaffaqiyatli amaliyotga tadbiq etib kelmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Jorjiya Meloni huzurida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov
va Italiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mustaqilligi vaziri Franchesko Lollobridjida o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida rasmiy memorandum almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

🟢400 million yevroga yaqin miqdordagi ilk kelishuvlar. Bu yirik investisiyalar portfeli, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, quruq meva hamda za’faron yetishtirish kabi o‘nlab yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.

🟢Sirdaryo viloyatida yirik va mayda shoxli qoramolning italyan zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha umumiy qiymati 56 mln yevroga teng yangi loyihani amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

🟢Yaqin kelajakda Toshkent viloyatida 32,7 mln yevroga teng quyonlarni ko‘paytirish loyihasini joriy qilish va kambag‘allikni qisqartirish uchun oilaviy fermalarga quyonlarni beg‘araz asosda taqdim etish borasida Uyushmaning tajribasini tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #memorandum #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤‍🔥21
🌱Mehr ko‘rsa, yantoq ham gullaydi...

#kun_fotosi #tabiat

*****
🌱От любви даже колючка расцветет

#фото_дня #природа

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81🔥1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQADAN YILIGA 80 MLN SO‘MGACHA DAROMAD TOPAYOTGAN HANIFAXON

Keyingi yillarda tomorqachilikni rivojlantirishga davlat darajasida e'tibor qaratilmoqda. Misol uchun, Andijonning aksariyat mahallalarida tomorqachilik oila daromadining muhim asosi hisoblanadi.

Andijon viloyatida ayni paytda 601 mingta xonadonning jami 25,6 ming gektar tomorqa yerlari mavjud bo‘lib, ularning 60 foizida 3 martadan, qolgan 40 foizida esa 2 martadan hosil olishga erishildi.

Qolaversa, 14 ming xonadonda yengil konstruksiyali issiqxonalar tashkil etilib, aholining 183 gektar tomorqa yerlarida 2-3 martadan hosil olishi uchun ko‘maklashildi.

#qishloq_xojaligi #tomorqa #issiqxona #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
👍7
ITALYANCHA INNOVATSIYA: O‘ZBEK ZAMININING FLORASIDA ILMIY YANGILANISH BO‘LADI
🇺🇿🤝🇮🇹
O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibidagi turli tarmoqlar rahbarlari Italiya rasmiy doiralari vakillari va kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Jumladan bugun O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Lombardiya xalqaro munosabatlar bo‘yicha davlat kotibining o‘rinbosari Rafaele Kattaneo bilan uchrashdi.

Lombardiya – Italiyaning qishloq xo‘jaligi eng faol rivojlangan mintaqasi. 46 000 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari va 6 000 ta oziq-ovqat sanoati korxonalari, Italiyaning agrooziq-ovqat tarmog‘ining 15% ulushi – Lombardiyaning ko‘rsatkichlari ancha salmoqli.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar uzum yetishtirishda italyan texnologiyalaridan foydalanish; O‘zbekistonda za'faronning yangi navlarini yetishtirish; barra meva va sabzavotlar, sharbatlar, dukkakli o‘simliklar eksporti borasida ham hamkorlik imkoniyatlari kattaligini ta'kidlashdi.

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #eksport #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“CERMAC” KOMPANIYASI DIREKTORINING QISHLOQ XO’JALIGI SOHASI HAQIDAGI QARASHLARI
🇺🇿🤝🇮🇹
Italiyaning Boloniya shahrida joylashgan “Cermac” kompaniyasi direktori Enrico Turoni ham ushbu biznes-forumda o’z g’oya va takliflari bilan qatnashmoqda.

Ushbu kompaniya Italiyada qishloq xo'jaligi, chorvachilik sohasi va agrosanoat uchun texnologiyalar, uskuna va asboblar ishlab chiqaradi.

Hozirgi vaqtda “Cermac” kompaniyasining mahsulot assortimenti juda keng bo'lib, qishloq xo'jaligi texnikasi (ekishdan tortib, meva hosiligacha), qishloq xo'jaligi mashinalari uchun uskunalar va ehtiyot qismlar, sug'orish tizimlari (bog'dorchilik, issiqxonalar), o'lchash asboblari, nazorat va himoya vositalari, chorvachilik uskunalari, ekinlarni qayta ishlash texnologiyalari (meva tanlash mashinalari, sovutish va qadoqlash uskunalari) va boshqalarni o'z ichiga oladi.

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #eksport #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI VA ITALIYANING “ROTA GUIDO” KOMPANIYASI HAMKORLIGI
🇺🇿🤝🇮🇹
Italiyada bo‘lib o‘tgan biznes forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Italiyaning “Rota Guido” kompaniyasi hamkorlikdagi “Exetra” kompaniyasi orqali kreditlash va vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish agentligi orqali agrotexnologiyalarni taqdim etish vositasida zootexnikaga oid italyan texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan memorandumni imzolandi. Ushbu memorandumning ijrosi esa, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.

#xalqaro_hamkorlik #memorandum #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYALIKLAR O‘ZBEKISTONDAGI BIZNESINI KENGAYTIRISH NIYATIDA
🇺🇿🤝🇮🇹
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi arafasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Italiya biznes-forumi doirasida ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari o‘rtasida samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mana shunday kompaniyalardan biri Italiyaning agrosanoat uchun texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi “SINT Technologie” kompaniyasidir.  Mazkur kompaniya O‘zbekiston bozorida bir necha yillardan buyon faoliyat yuritadi, jumladan o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Toshkent viloyatida tovuq go‘shti ishlab chiqarish bo‘yicha kompleks tashkil etgan.

Rimda o‘tkazilgan biznes-forumda qatnashgan “Sint Tecnologie” kompaniyasi bosh direktori Tarchizio Sensaakua bu boradagi hamkorlik istiqbollarini yuqori baholab, yangi loyihalar bo‘yicha takliflar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston agrooziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida modul ko‘chma liniyalar yaratish bo‘yicha Italiya texnologiyalari keltiriladi. Buning uchun Italiyaning “Exetra” eksport va savdo kompaniyasining moliyaviy ko‘magidan foydalanish rejalashtirilgan. O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish agentligi loyihaga kerakli ko‘maklarni ko‘rsatadi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏31🤩1😍1
“YOSHLAR VA INNOVATSION QISHLOQ-XO‘JALIGI” KO‘RIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

🔰Toshkent davlat agrar universiteti faollar zalida O‘zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi, Agrar soha ayollari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalaridagi talaba yoshlar o‘rtasida “Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi.

#TDAU #korik_tanlov #Yoshlar #innovatsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
👍6🎉1