QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
URUG‘LIK G‘ALLA APROBATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

🌾Andijon viloyati Andijon tumani Don va dukkakli ekinlar ITIda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda hududlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, soha tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari rahbar va mutaxassislari, shuningdek g‘allachilik ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari qatnashdi.

Qatnashchilar Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasida boshoqli don ekinlari, dukkakli don ekinlari va noan'anaviy ekinlar yangi navlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, seminarda “Respublikada avlodli urug‘liklar jamg‘arish bo‘yicha 2022-yil yakunlari va kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘chiligi istiqbollari”;

Respublikada ekilayotgan boshoqli don ekinlari navlari va ularni hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish” hamda “Boshoqli don ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligining kelgusi yillardagi asosiy yo‘nalishlari hamda bugungi kundagi ITIlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzularida ma'ruzalar tinglandi.

Jami 200 nafarga yaqin o‘quv-seminar qatnashchilari urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish borasida fikr almashdilar, bu boradagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar, o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtaga tashlab, o‘zaro muhokama qildilar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #Ozdonmahsulot #Boshoqli_don_ekinlari #galla #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
14–17-MAYDA YUQORI TOG‘LI HUDUDLARDA YOMG‘IR QORGA AYLANISHI KUTILMOQDA

‼️O‘zgidromet direktori Sh. Khabibullayev o‘zining Facebookdagi sahifasida joriy yilning 14-17-may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar berdi.

Yuqori tog‘li (2000 m dan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

📌14-15-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

#ob_havo #iqlim

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZAMIN NEʼMATLARI – AHOLI DASTURXONIGA

🔰Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi “Yangiqo'rg'on agro invest” MCHJ faoliyati serhosil zaminimiz neʼmatlarini qayta ishlab, ichki va tashqi bozorga yetkazib berishdan iborat.

Jamiyatga qarashli jami 110 gektar yer maydonida bogʻdorchilik tashkil etilgan. Klasterga aylanitirilgach, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 641 ta fermer xoʻjaliklariga qarashli 6 647 gektar yer maydonlari ham biriktirib berildi.

Raqamlarga qaraydigan boʻlsak, 2020-2021-yillarda korxona tomonidan jami 30 ming tonna, shundan 20 ming tonna olma, 1,5 ming tonna oʻrik, 1,5 ming tonna shaftoli, 2 ming tonna olcha, 3 ming tonna pomidor, 1 000 tonna anor, 500 tonna qulupnay, 300 tonna limon, 200 tonna malina mahsulotlari qayta ishlangan.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #klaster #qayta_ishlash #Namangan
*****
ДАРЫ ПРИРОДЫ НА ДАСТАРХАНАХ УЗБЕКИСТАНЦЕВ

🔰Деятельность ООО «Янгикурган Агро Инвест» в Янгикурганском районе Наманганской области заключается в переработке даров нашей плодородной земли и поставке их на внутренний и внешний рынки.

Садовое хозяйство было создано на 110 гектарах. После внедрения кластерной системы за обществом было закреплено 6 647 гектар площадей 641 фермерского хозяйства Янгикурганского района.

Статистика такова - в 2020-2021 годы предприятие переработало 30 тысяч тонн сельхозпродукции, в том числе 20 тысяч тонн яблок, 1,5 тысячи тонн абрикосов, 1,5 тысячи тонн персиков, 2 тысячи тонн черешни, 3 тысячи тонн томатов, 1 тысяча тонн гранатов, 500 тонн клубники, 300 тонн лимонов и 200 тонн малины.

#сельское_хозяйство #министр #визит #кластер #переработка #Наманган

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
VODIY VILOYATLARIDA BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

🔰Qishloq xo‘jaligi vazirining Farg‘ona vodiysiga ishchi tashrifi doirasida baliqchilik xo‘jaliklari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda baliqchilik sohasidagi ishlarning borishi va sohani rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda 2023-yilda baliqchilik sohasida umumiy qiymati 1,0 trln so‘m bo‘lgan 241 ta loyihalarni ishga tushirish belgilangan bo‘lib, bugungi kungacha 240 mlrd so‘mlik 65 ta, jumladan, Andijonda 6 ta, Farg‘onada 5 ta, Toshkent, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida 4 tadan loyihalar ishga tushirilgani aytib o‘tildi.

Uchrashuv chog‘ida vazir Aziz Voitov baliqchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ishlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalar ekan hali foydalanilmagan mavjud resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali baliq yetishtirish hajmini oshirish maqsadida bir qancha yo‘nalishlar:

🟢Kam hosildor sun’iy suv havzalariga (1 gektarda o‘rtacha 2-4 tonna) aerator moslamalarini o‘rnatish orqali suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish va hosildorlikni 3-4 barobarga oshirish;
🟢baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha yangi loyihalarni amalga oshirish hamda 303 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish;
🟢aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida, jami 840 ta xonadonlarda intensiv usulda baliq yetishtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, sohada yechimini kutayotgan masalalarni hal etish yo‘llari haqida ham o‘z tavsiyalarini berdi.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #baliqchilik #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QOVUNDA UCHRAYDIGAN FUZARIOZ KASALLIGIGA QARSHI QANDAY CHORALAR BOR?

🦠Qovunning fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt)ning qovun yetishtirishda eng katta zarar keltiradigan ikkita zamburug‘ kasalliklari mavjud. Fuzarioz so‘lish bilan qovun barcha o‘sish va rivojlanish fazalarida zararlanadi. Bu kasallik qovun hosilini 30% gacha kamaytiradi.

📈Biologik kurash chorasi sifatida Trixodermi preparatini gektariga 100g miqdorida qo‘llash ham yaxshi natija beradi.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni www.agro.uz saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #kochatchilik #uzumchilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM