Python daturlash maktabi 🐍
573 subscribers
343 photos
180 videos
83 files
389 links
Download Telegram
Forwarded from murodalidev /> (Муродали)
Qanchalik omadlisiz buni sinab ko'ring...

ps: Men bu python kodni ishlatib ko'rishingizni hech qachon maslahat bermayman

@murodalidev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dev thinking loud
#raddiya

Bir odam o’zining kanalida o’zbek dasturchilar haqida fikr bildiribdi. Uning fikrlariga ko’ra:

- O’zbek dasturchilar katta ishlar qilolmas ekan
- 7/24 ishi bilan mashg’ul bo’lmagan odam muvaffaqiyatsiz ekan

Birinchi fikrga: o’zbek segmentidek dasturlashda tez rivojlangan mamlakat ko’rganmikin post egasi? Taxminan 10 yil oldin dasturchi deyilsa kam uchraydigan juda noyob odam tushunilar edi, hozir esa sohada raqobat shunchalik kuchliki ish topish juda qiyin. Undan keyin qanchadan qancha muvaffaqiyatli proyektlar ham xususiy sektorda ham davlat sektorida foydalanuvchilar hizmatida, shularning hammasini ozbek dasturchilari yozgan. Qanchadan qancha o’zbek dasturchilari esa xalqaro kompaniylarda offline yoki online formatda ishlab kelishmoqda va ishlarida juda muvaffaqiyatli, shaxsan ozim ko’pini taniyman. Xop, o’zbek dasturchilari katta ishlar qilolmas ekan, muallif o'zining proyektlarini kimlarga ishonib topshirar ekan, hindlarga mi inglizlarga mi?

Ikkinchi fikrga kelsak, 7/24 bir narsaning ustida ishlash yoki o’ylash odamning psihologik jihatdan nosog’lom ekanini bildiradi (Istalgan psihologning qabuliga yozilib ko’rikdan o’tib korishi mumkin, huddi shu fikrni aytishiga judayam ishonchim komil). Dasturchilik kasbi bu “bazilar” o’ylagandek “yer chopish”ga o’xshamaydi, u ijodiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan kasb hisoblanadi, yani, odamning FIK(foydali ish koeffisient)i uning ish soatlariga emas balki ruhiy holatiga bogliq bo’ladi va nosog’lom muhitda bu koeffisient katta shkalada o’ynab turadi. Shu sababdan ham chet el kompaniyalari dasturchining FIKini yillik korsatkichlarda analiz qilishadi. Qolaversa, o’zi yaxshi tushunmagan sohadagi mutaxassislarning katta qismini muvaffaqiyatsiz deyish jur’atini qayerdan olganiga hayronman. Bu mening fikrimcha eng kamida farosatsizlik.

Muallifning bildirgan haqorotomuz fiklari uchun bu soha vakillaridan uzr sorayman (Bunga muallifning farosati yaqin orada yetib qoladi deb o’ylamayman). O’zingizga olmang. Matematik xalqimiz aytganidek “X hurar, Y o’tar, Z esa ishiga davom etar”.

Maslahatim:
- Doim o’zbek dasturchiligingizdan faxrlaning
- Doim oilangizni va shaxsiy hayotingizni har narsadan ustun qoyib masrur hayot kechiring. Bu dunyo va uning ziynatlari o’tkinchi.

@dev_thinking_loud
👍5
Forwarded from murodalidev /> (Муродали)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Dastur natijasini toping.
a,b='2','3'
print(a*2+b*2)
Anonymous Quiz
16%
11
57%
2233
14%
2232
13%
46
👍3👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 yoshli bolakay yozgan kodini performance test qilyapti.

10 yoshligimda prezident bo’laman deb insho yozib yurardim man. Maktabda kompyuter nimaligini 5-sinfda bilganmiz. O’shanda ham kompyuterlar ishlatilmasdan, nazariy bilim berilgan.

Atrof muhitni ta’siri judayam katta. Qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi.

🐍
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kichik qishloqdan GIGANT kompaniyalargacha — Kremniy vodiysidagi oʻzbeklar ⚡️

@uz_python
Forwarded from Davronbek | SWE 🪐
Kichik maqola lekin unda ko'rsatilgan funksiya, module'lar haqida ko’proq google.com 'dan izlab, o'rganib chiqilsa ziyon qilmaydi 😁

p.s Maqolani uzbek tilida yozishga harakat qildim lek ko'p jumlalarni uzbekchada ma'nosini keltira olmadim 🤦🏻‍♂️ ....

More: https://medium.com/@davronbekdev/advanced-python-en-ee02a34ec239

My reading lists: https://medium.com/@davronbekdev/list/reading-list
👍2
Forwarded from Donishmand Dasturchi
Instagram va Facebook'ni yaqin 1 yildan oshiq vaqt bomaynida deyarli ishlatmay qo'ygan edim. Dasturlarini o'chirib tashlagan edim. Judayam zarur bo'lib qolsa, browser orqali kirardim.

Bugun butunlay voz kechishga qaror qildim. Jahongir aka to'g'ri aytadi. Bu tarmoqlarni foydasidan zarari ko'proq.

FOMO (The fear of missing out) - o'ylashimcha, bu tarmoqlar keltiradigan eng katta zarar. Bu shunday narsaki, siz boshqalar sizdan ko'ra yaxshiroq, baxtliroq, osonroq va qulayroq hayotda yashayotganini ko'rasiz va bu narsalarning sizda yo'qligini bilib, depressiyaga tushishni boshlaysiz. Bu keyinchalik hayotingizdan qoniqmaslik va shu kabi turli ruhiy muammolarga sabab bo'ladi.

Fikrimcha, baxt - ommatan odamlar ongida "baxt" standartlariga aylangan ne'matlarga ega bo'lish emas. Qalbingiz taskin topadigan va rozi bo'ladigan hayotga ega bo'lish.
👍13
Hali for loopni o'rganmagan dasturchi:
👍8
💬 Telegram asoschisi Pavel Duruv o'zining kripto coini ya’ni Notcoinni” ommaga e’lon qildi.

🚀 Ushbu loyiha orqali siz ham coin ya’ni kripto tanga yig'ishingiz mumkin.

Biroz vaqt o'tgandan soʻng yigʻgan coinlaringiz bozorga chiqadi va har biri ma'lum bir qiymatga ega bo'ladi.

✔️ Telegram asosichisi qoʻl urgan hamma loyiha katta muvaffaqiyatga erishgan. Shu sababli bu loyiha kelajagi juda qiziq.

Shuning uchun fursatni boy bermay hoziroq coinlarni yigʻishni boshlang!

➡️ Coin yigʻishni boshlash
👍2
Forwarded from Alisher Tojiyev
Tanishlarga ulashsangiz juda juda minnatdor boʻlardik. Rahmat.
Forwarded from Boburmirzo Hamraqulov
Borgan sari axborot texnologiyalari sohasiga yangi qadam qo'yuvchilarga qiyin bo'lib boraveradi deb o'ylayman: o'rganish kerak bo'lgan, ishda talab qilinadigan texnologiyalar soni, turi ko'payib bormoqda. Masalan men bundan 6 yilcha avval veb dasturlashni o'rganishni boshlaganimda, o'sha paytda O'zbekistonda bekend dasturchi sifatida ish topish uchun PHPni va yana Yii2, Codeigniter kabi freymvorklardan birini bilish, Web hostingda FTP orqali sayt fayllarini yuklash,MySQLni bilish, HTML/CSS va Javascript lardan ozroq xabardor bo'lish yetarli edi, eng kamida men birinchi ish topishimda shular kifoya qilgan.

Hozirda yaxshiroq kompaniyaga bekend bo'yicha dasturchi (middl yo senior) bo'lib ishga kirish uchun:
- Python, Javascript, PHP, Java, Go, C# lardan birini mukammal bilish
- shunga qo'shimcha ravishda mashhur veb freymvorklardan bir nechtasini amalda bilish
- OOP, SOLID, KISS, DRY larni bilishi
- Authentication, Authorization, oauth, JWT
- Algoritmlar (sorting, searching) va ma'lumotlar tuzilmalari (data structures)
- Asynchronous, multithreading, multiprocessing kodlar yoza olishi
- Unit test, integration test, load test, E2E testlar bo'yicha tajribaga ega bo'lishi
- Logging, debugging lardan amalda foydalana olish
- RDBM turidagi MySQL yoki PostgreSQL kabi ma'lumotlar bazasidan tajribaga ega bo'lish
- NoSQL bo'yicha ham tajriba yoki bilimga ega bo'lish (masalan MongoDB)
- Linux operatsion tizimida ishlay olish (aynan serverlar uchun Linux tizim), masalan Ubuntu, Debian
- Nginx yoki Apache HTTP serverlarni bilishi
- Docker bo'yicha tajribaga ega bo'lish, dasturlarni konteynerizatsiya usulida ishga tushira olish tajribasi bo'lishi
- CI/CD bo'yicha tajriba
- Agile/Scrum kabi metodoliyalarda tajriba
- HTTP, SSL, DNS, REST, OpenAPi larni tushunishi
- Routing, Load balancer
- Git, SSH, Bashscriptlarni bilishi
- Code review, static code analyzer lar bo'yicha tajriba
talab etiladi.
Quyidagilarni esa bilsa katta plus:
- Kubernetes, Docker swarm, Helm
- AWS, Azure yoki GCP lardan birida amaliy tajriba
- Prometheus, Grafana, Loki, InfluxDBlarni bilishi
- Ansible, Jenkins, Terraform
- RabbitMQ, Apache Kafka
- Elastic search, Kibana, Logstash
- Snowflake, Databricks
- UDP, TCP, Websocket, gRPC
- Redis, Memcached
...
Bular shunchaki o'ylab topib yozilmagan, turli vakansiyalarda ko'rganlarim, ishda ishlatilgan texnologiyalardan kelib chiqib yozdim. Agar biror texnologiya ro'yxatdan tushib qolgan bo'lsa, aytsangiz qo'shib qo'yaman.
👍3
Dastur natijasini toping:
x = 6
print(not(x>5 and x<10)
Anonymous Quiz
41%
True
59%
False
Built in functions in python
@uz_python
👍4
Ikkala o’zgaruvchi ham bir xil obyekt bo’lsa rost, aks holda yolg’on qiymat qaytaradi.
Anonymous Quiz
25%
is not
23%
is
31%
and
20%
or
Xitoyda Iphone 14 ishlab chiqarish qanchaga tushadi ?
Anonymous Quiz
17%
10$
30%
99$
25%
250$
29%
300$
👍1
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Principle #1: CEO kabi fikrlang.

Dasturchi sifatida vaqtimizning ko’p qismi kod yozish bilan o’tadi. Karyeramizning boshida shuni o’zi yetarli — berilgan TZga mos ishlaydigan kod yozsak hamma hursand. Lekin dasturchi sifatida o’sishni davom ettirishimiz uchun buni o’zi yetarli emas.

Biz CEO kabi o’ylashni o’rganishimiz kerak. CEO har kuni o’ylaydi: hozirgi vaqtda kompaniya rivoji uchun nimaga focus berish, qanday featurelar ustida ishlash, va nimani optimize qilish kerak? Katta kompaniyalarda bu savollarga javoblar OKRlar deb ataladi. Sizning kunlik qilayotgan ishingiz shu OKRlarga tayangan bo’lishi kerak. Shundagina sizni mehnatlaringiz kompaniya manfaatiga ishlaydi, shundagina (yaxshi) kompaniya sizni rag’batlantiradi.

Albatta bu degani sizga uncha yoqmagan ishlarni qilish degani: texnik chuqur research, testing, dokumentatsiya, juniorlarni mentor qilish, va hkz unchalik mazza/oson lekin muhim bo’lgan ishlar. Men uchun eng foydasiz dasturchi bu muhim bo’lmagan feature (qanchalik cool/scalable/complex bo’lmasin) ustida ishlayotgan dasturchidir. Siz o’sha dasturchi bo’lmang!

CEO kabi o’ylashni o’rgansak, keyinchalik albatta oramizdan buyuk CEOlar (yoki CTOlar) chiqadi 😎
👍2