Python daturlash maktabi 🐍
577 subscribers
343 photos
180 videos
83 files
389 links
Download Telegram
Funksiya bilan operatorni
Anonymous Poll
67%
Ajrata olaman
33%
Deyarli farqi yoΚ»q
#built_in_functions #importnat #quick_start
#operators #qism2

Pyhton buyruqlari. (2-qism)

Pythonda Funksiyalar.

Funksiyaning opertordan asosiy farqi - funksiyaning obyektligida. Va har bir o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin bo'lganidek, funksiyalarni ham bajaradigan ishini bemalol o'zgartirsa bo'ladi. Lekin bunda ehtiyotsizlik, kutilmagan holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan:

print = lambda *args, **kwargs: print(*args, *args, **kwargs)

Qatordan so'ng, print - 2 marotalab konsolga yozuvchi emas, cheksiz rekursiv funksiyaga aylanadi.

Funksiyalr obyekt bo'lgani uchun ularning tipi mavjud:

>>> type(print)
<class 'builtin_function_or_method'>
>>>lambda_func = lambda: None
>>> type(lambda_func)
<class 'function'>
>>> def defined_func(): return
>>> type(defined_func)
<class 'function'>

Pythonga "kirgizilgan" ba`zi funksiyalar:

print - konsolga chop etuvchi funksiya;

open - faylni ochish uchun ishlatiladigan funksiya;

dir - obyektning attribut va metodlarini ro'yhat ichida qaytaradi;

help - obyektning dokumentatsiyasini (modulda yozilganini) chop etadi;

breakpoint - kodni to'xtatish uchun ishlatiladi, ya'ni "Debugging" jarayonida ishlatiladi.

🐍 Python Dasturlash maktabi |
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Ή When Coding is LifeπŸ˜€πŸ˜€πŸ˜€ |

Dasturchilarga yuboramiz bu vedioni ulardan yaxshiroq boshqa kasb egalari tushunmasa kerak😁.

πŸ‘¨β€πŸ’»

🐍 Python Dasturlash maktabi
#built_in_functions #importnat #quick_start
#operators #qism3

Pyhton buyruqlari. (3-qism)

2-qismda ba'zi muhim funksiyalar qoldirilgan edi:

enumerate - iterable ya'ni bir nechta elementdan tarkib topgan obyektni element tartib raqami (hisob boshini belgilasa ham bo'ladi) bilan qaytaradi;

input - foydalanuvchi tomonidan konsolga kiritilgan satrni qaytaradi;

super - merosxo'r klassning "me'ros qoldiruvchisi"ni qaytaradi, hech qanday klassga merosxo'r bo'magan klassda bu object hisoblanadi;

dis - dizassembler vazifasini bajaradi, assembler kodini qaytaradi.

Agar ba'zi funksiyalar yoki operatorlar qiyin bo'lib tuyulgan bo'lsa, marhamat gruppaga yozishingiz mumkin. So'ng ushbu funksiya/operator uchun kanalda qo'llanma(lar) chiqariladi.

🐍 Python Dasturlash maktabi |
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
#dis #dis_module

Dizassemblerlash.

dis funksiyasining ishlatilishi. Shuni ta'kidalsh lozimki, builtin_function_or_method tipiga mansub funksiyalar argument sifatida berilsa xatolik chiqadi.

🐍 Pyhton Dasturlash maktabi |
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
#graphql #django #web

GraphQL bilan ishlashni qulayroq qiladigan ajoyib yordamchi. πŸ˜‰

pip install strawberry-graphql[debug-server]

GitHubda

🐍 Pyhton Dasturlash maktabi|
🐍 Python Community UZ πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
​#image #practise #pil

Pillow.

Rasmlar bilan ishlash uchun ajoyib kutubxona! Rasmni dastur orqali yaratish, o'zgartirish uchun ayni muddao.

Installation:

python3 -m pip install --upgrade pip # updating pip
python -m pip install Pillow # use if you didn't install it yet
python3 -m pip install --upgrade Pillow # use for updating the library

🌐 Rasmiy sayti
ℹ️ GitHub
πŸ“– Documentation

🐍 Python Dasturlash maktabi |
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
​#pythonProject #shelock

Sherlok.

Artur Konan Doylning mashhur qahramonining IT dagi proyeksiyasi. Ya'ni kiritilgan usΠ΅rnameni 300ta saytdan izlab, ma'lumot topib beradi. Albatta Pythonda qilingan.

β„Ή Github

🐍 Python Dasturlash maktabi
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Qaysi kutubxona sizga qiziqroq?
Anonymous Poll
48%
functools
22%
itertools
30%
collections
#offtop

Bugungi kunda Telegram foydalanuvchilari asosan MDH davlatlari aholisidan tashkil topgan. MDH foydalanuvchilaridan ham O'zbekistonlik foydalanuvchilar soni jihatdan yuqori o'rinlardanligi esa hammaga ma'lum.

Shu bois "Telegramning sirli foydalanuvchisi qanday?" nomli so'rovnomada aynan bizning javobimiz hal qiluvchi natijaga olib keladi.

ℹ️So'rovnomada ishtirok etish

🐍 Python Dasturlash maktabi
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
#functools #partial

functools.partial haqida.

functools kutubxonasining eng mashhur 'yordamchi'laridan bir bu partial funksiyasi. U argument sifatida funksiya hamda uning 'standart' argumentini qabul qilib. Yangi funksiya qaytaradi.

Misolda aks ettirilgan yangi multiply_to10 funksiyasi faqat bitta argument qabul qiladi. Chunki birinchi argumenti 10 deb biriktirildi.

Qaymog'i shundaki eski funksiya hech qayerga yo'qolmaydi. Undan yangi multiply_to100, multiply_to1000 yasashimiz yoki o'zini ishlatishimiz mumkin.

🐍 Python Dasturlash maktabi
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
#functools #partial

functools.partial ishlatilishi.

So'ngi ko'rsatilgan functools.partial funksiyasining ishlatilishiga misol. partial qaytargan start funksiyasi endi ikki argumentli bo'ldi.

Birinchi nazarda bu ishimizni qilish shart emasday tuyuladi, lekin biz bir faylda ikki yoki undan ko'p botning kodini yozsak ancha qulaylik yaratadi.

🐍 Python Dasturlash maktabi
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
#functools #cache #lru_cache

Funksiya natijasini keshlash.

Ba'zi bir rekursiyali funksiyalar bir narsani ko'p marotabalab hisoblanishi kerak bo'ladi. Shunday vaziyatlarda funksiya natijasini keshlash yordam beradi.

Misoldagi kommentga ko'ra keshlangan funksiya deyarli bir on ichida rekursiya tubiga yetib olar ekan. Bu hodisa Fibonachi sonlar qatoridagi 500-sonni hisoblashda ro'y beradi. (499-sonni hisoblaydi)

🐍 Python Dasturlash maktabi
🐍 Python Community Uz πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
from functools import partial

print_by_defis = partial(print, sep=" - ") print_by_defis(*[1, 2, 3, 4], 0)
Anonymous Quiz
28%
[1, 2, 3, 4] - 0
47%
1 - 2 - 3 - 4 - 0
19%
[1, 2, 3, 4] 0
7%
1 2 3 4 0
from functools import reduce

lst = [i for i in range(1, 6)] result = reduce(lambda x, y: x*y, lst) print(result)
Anonymous Quiz
20%
100
56%
120
16%
140
9%
160