Python daturlash maktabi 🐍
564 subscribers
343 photos
180 videos
83 files
389 links
Download Telegram
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Bugun 25-may.

Men uchun so'ngi qo'ng'iroq chalinganiga bugun 11 yil to'ldi.

O'sha paytda birinchi qo'ngirog'ini eshitgan kichkintoylar bugun maktabni bitirib, katta hayotga qadam qo'yishyapti.

2 hafta ilgari o'zim o'qigan maktabimga borib, 11-sinf bitiruvchilar bilan ko'rishdim.

Ularga o'zim bosib o'tgan yo'l haqida gapirib berdim.

Vaqt buyog’iga tez o’tadi — chunki endi mahalladagi kichik ko’chadan katta trassaga o’tyapsiz.

Trassada tabiiyki sizdan tezroq, siznikidan yaxshiroq ulovlar bo’ladi. Ularga qarab, yo’lingizda chalg’ib qolmang.

E’tiboringiz yo’lga qarating. Vaqti vaqti bilan to’xtab yoqilg’i quyib, xordiq chiqarishni ham unutmang.

Ba’zi yo’llar tekis bo’lsa, ba’zi yo’llarda yamalar chiqib turadi. Manzilga sekinroq borsangiz ham, muhimi eson-omon yetib oling.

Qisqa yo’ldan yuraman deb, qiyshiq ko’chalarga kirmang — adashasiz. To’g’ri yo’l uzoq bo’lsada sizni manzilga olib boradi.

Oq yo’l.
👍4