Python daturlash maktabi 🐍
580 subscribers
343 photos
180 videos
83 files
389 links
Download Telegram
🔰 AURA Projects taqdim etadi: Kundalik ishlaringizni yodda tutuvchi — Eslatma Bot! 📲
Unutish — insoniy. Ammo Eslatma Bot bilan siz hech narsani unutmaysiz! Endi muhim ishlar, uchrashuvlar yoki oddiy vazifalarni vaqtida bajarish ancha oson bo‘ladi! 🙌

📌 @eslatma_1bot — bu sizning shaxsiy eslatuvchingiz. Yozing, vaqt belgilang — qolganini bot o‘zi hal qiladi! 🔁

🧠 Bot qanday ishlaydi?
Siz istalgan matnni va eslatish vaqtini yuborasiz — bot esa aniq belgilangan vaqtda sizga eslatadi!
Hech qanday murakkab sozlamalar yo‘q. Foydalanish oson, interfeys oddiy.

🚀 Bot imkoniyatlari:
🔹 Tez va sodda eslatma qo‘shish
🔹 Belgilangan vaqtda xabar yuborish
🔹 Har qanday matnli eslatmalarni qabul qilish
🔹 Minimalist va qulay dizayn
🔹 Doimiy foydali yangilanishlar

🎉 Kundalik ishingizni soddalashtiring! Endi hech narsani unutmang — Eslatma Bot doimo yodingizda saqlaydi.
📲 Hozir foydalanishni boshlang: @eslatma_1bot
👥 Kanalimizga qo‘shiling: AURA Projects
👍3
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Bugun 25-may.

Men uchun so'ngi qo'ng'iroq chalinganiga bugun 11 yil to'ldi.

O'sha paytda birinchi qo'ngirog'ini eshitgan kichkintoylar bugun maktabni bitirib, katta hayotga qadam qo'yishyapti.

2 hafta ilgari o'zim o'qigan maktabimga borib, 11-sinf bitiruvchilar bilan ko'rishdim.

Ularga o'zim bosib o'tgan yo'l haqida gapirib berdim.

Vaqt buyog’iga tez o’tadi — chunki endi mahalladagi kichik ko’chadan katta trassaga o’tyapsiz.

Trassada tabiiyki sizdan tezroq, siznikidan yaxshiroq ulovlar bo’ladi. Ularga qarab, yo’lingizda chalg’ib qolmang.

E’tiboringiz yo’lga qarating. Vaqti vaqti bilan to’xtab yoqilg’i quyib, xordiq chiqarishni ham unutmang.

Ba’zi yo’llar tekis bo’lsa, ba’zi yo’llarda yamalar chiqib turadi. Manzilga sekinroq borsangiz ham, muhimi eson-omon yetib oling.

Qisqa yo’ldan yuraman deb, qiyshiq ko’chalarga kirmang — adashasiz. To’g’ri yo’l uzoq bo’lsada sizni manzilga olib boradi.

Oq yo’l.
👍4