🎲 “Python basic test !”
Barcha o'tilgan darslar bo'yicha test. Testni ishlash davomida kodni dasturga kiritib javob olmang testni javobini o'zingiz toping. testi
🖊 20 ta savol · ⏱ 45 soniya

👍1
Forwarded from PySphere (Ulug'bek Raxmankulov)
Pythoncha switch-case
Pythonda switch-case yo'q deydiganlar uchun.

Forwarded from Botir Ziyatov
Telegram username bozori ishga tushti
👉 https://fragment.com/
Endi foydalanuvchilar Telegram jamoasi tomonidany yig‘ilgan username larni olishlari mumkin.
misol: @base, @bank, @game
Nomlarni sotib olish kim oshdi savdosi asosida amalga oshiriladi.
Hozir narxlarni ko‘rsam mazza ekan )
4 harfli nomlar 10 500 Toncoin (taxminan 19 950 dollar).
Agar xaridor topilmasa, narxi pasayib boradi.
👨🏻💻 @botirziyatov

Python daturlash maktabi 🐍
uz_python
Telegramda foto va videolar uchun to'lov paydo bo'ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda pul to'lab ko'riladigan fotolar haqida xabarlar tarqadi.
Hozircha Telegramning rasmiy sahifalari bu haqida ma'lumot qoldirmagan.
😎 @uz_python

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡ Apple Telegram’da pullik kontent sotib olishni taqiqladi
🚫 Eslatib o‘tamiz, avvalroq @donate ning yangilangan versiyasi har kimga pullik postlar yaratish imkonini berishi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun Apple qurilmalarida "Ushbu postni qurilmangizda ko'rib bo'lmaydi" yozuvi paydo bo'ldi. Katta ehtimol bilan, cheklovlar kontent uchun to'lov qilishni telegram oʻzining toʻlov vositalari orqali amalga oshirilganligi bilan bog'liq va bu Apple qoidalari bilan taqiqlangan.
💬 Pavel Durov yuqoridagi vaziyat yuzasidan appleni “tirrlion dollarlik monapoliya” deb unga qarshi yana katta post e’lon qildi.
P:S; Endi adminlarning koʻkragiga shamol tegishni boshlagandi apple shuni ham koʻp koʻrdi😂
🍏 @Diyor_Digitall — Texno olam bilan hamnafas!
P:S; Endi adminlarning koʻkragiga shamol tegishni boshlagandi apple shuni ham koʻp koʻrdi😂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Janob Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xech qachon mahzun bo’lmang!
Agar hayotda bir narsani yo’qotgan bo'lsangiz, tushkunlikka tushmang - hali ko’p narsani yo’qotganingiz yo’q.
Agar hayotda ko’p narsani yo’qotgan bo’lsangiz, tushkunlikka tushmang - hali hamma narsani yo’qotganingiz yo’q.
Agar hayotda hamma narsani yo’qotgan bo’lsangiz, tushkunlikka tushmang - endi yo’qotadigan narsangiz yo’q. 😂
@mukhammadkarim_tukhtaboev

👍6👎1
Forwarded from AHBS | Alisher Kasimov’s Blog
Nega dasturlash zerikarli?
#shaxsiy_fikr
Ko’pincha menga yosh dasturchilar qiziqarli bitta savolni qayta-qayta berishadi — “Siz dasturlashdan zerikkan paytlaringiz bo’lganmi?”
Savol berganlarning aksariyati suhbat davomida o’zlari dasturlashni yaqinda boshlab, hozirda zerikib qolishgani haqida aytishadi. Ba’zan “ishim har doim faqat kod yozishdan iborat bo’ladimi?” deb savol ham berishadi.
Aslida ham. Nima uchun dasturlash zerikarli narsa? Keling, hozir shu savol biroz chuqurroq, o’yga tortadigan shaxsiy fikrim bilan bo’lishsam.
Biz, odamlar, o’ylab, ishlab chiqargan narsalarning hammasi zerikarli
Hech zamonda meditsina yoki, misol uchun, astronomiya, yoki biologiya bilan qiziqib ko’rganmisiz? Shu yo’nalishlardagi biror hodisa, predmetlar haqida, qayerda bo’lsa ham, maqolalar o’qib ko’rganmisiz? Qanchalik qiziqarli bu fanlar?
Oddiygina Saturn sayyorasi haqida o’qib, savollar tugamaganini, va o’qigan sari savollar ko’payib borayotganini, yana bu ham yetmaganidek, bizga nuqtadek ko’rinuvchi bir koinot jismining yana ham qiziqlashib borayotganini hech sezmaganmisiz? Bu faqat bitta sayyora edi. Yetmaganiga, “Olimlar uchun bu masala hali qorong’u” degan gaplarni o'qib, et jimirlab ketadi. Olim bo'lib, shuncha yillar izlanib hali oxiriga yeta olmagan.
Ketidan odam yuragi haqida ham biror ma’lumot o’qib ko’rsa bo’ladi. Bu yerda ham o’qigan sari sir-sinoatlar ko’pligi, lekin ularning naqadar qiziqarliligi ochilib boradi. Odam ongiga sig’mas darajada hamma narsa mukammal ekanligini his qilishi bilan odam, ilmga naqadar chanqoqligini, va aynan shu yo’nalishlarda o’z ilmini oshirish niyatida ekanini his etadi.
Shu o’rinda kishi Allohning naqadar buyuk zotligiga yana amin bo’ladi. Odamning bir kichik bandaligi, Alloh yaratgan barcha jismlar oldida ojizligi, unining shu jismlarni o’rganishga bo’lgan chanqoqligini yanda oshiradi, Allohga ishonchini kuchaytiradi.
Biz o’zimiz ishlab chiqargan kompyuter-chi? Dastrulash tillari-yu, o’zimizcha mukammal deb biluvchi sun’iy ong-chi? Ular har doim zerikarli bo’lib tuyulaveradi. Xatolar ko’p bo’ldiki, biz kompyuterni o’ylab topdik. Mukammallik kam bo’ldiki, dasturlash tillarini ko’paytirib tashladik. Lekin shunda ham ko’nglimiz taskin topa olmaydi. Sababi esa oddiy — Alloh yaratgan jismlar, atrof muhit oldida bizning o’ylab topgan narsalar sodda va zerikarlidir, mukammallikdan yiroqdir.
Bu gaplar bilan men Sizlarni dasturlashni o’rganishdan qaytarish niyatim yo’q. Aksincha, ilm izlashga, unga chegara qo’ymaslikka chaqirmoqchiman.
Zerikish paydo bo’ldimi, demak Siz dasturlashni faqat shu odamzod o’ylab topgan narsasi uchun o’rganayotgandirsiz. Bu ilm zerikarlidir, lekin uni Alloh yo’lida halol va buyuk ishlar uchun o’rgansangiz, dasturlash zerikarli bo’lmay qoladi. Uning oxiri bor, lekin yo'l oxirida Alloh yaratgan narsalarga bog'liqlik paydo bo'ladi. Va shu damdan boshlab dasturlash ham qiziqlashib boradi.
Shu haqida bo’sh vaqtingizda fikrlab ko'ring.
Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs

Forwarded from Azim Pulat
Dastuchi Emas, Sotuvchi Bo’ling
Ikki muhim mavzu - ITda pul topish va “soft skill”lar haqida gaplashamiz.
Manba: youtu.be/TPixtEUh5l0

Forwarded from abdulbositqoriuz
#ибрат
Океанларнинг қаърида бир жонивор яшайди. Товус қушига ўхшаган, номи денгиз узумидир. Унинг мияси бор, фикрлайдиган бир ҳайвондир аслида. У ҳайвон бир ин қуриб, ҳаётини тинчгина яшаб ўтиш учун қояликларнинг тагидан ҳар доим жой қидиради. Қачонки кўнгилдагидек қояни топса, ўзини қояга уради ва бундан кейин мияга эҳтиёжим йўқ деб таҳмин қилади. Шу тақлидда ўз миясини ўзи ейишга тушади. Натижада ҳайвон секин-аста ўсимликка айланади.
Жуда қизиқ, шундай эмасми?
Аммо ишонингки, Ислом умматининг бугунги аҳволи шу ҳолатда. Ўз миямизни ўзимиз емоқдамиз. Аллоҳ мия каби бир неъматни берган. Аммо биз ундан фойдаланмаймиз. Биз нега ўйланайлик, қайғурайлик, бошлиқлар ўйласин буни деймиз. Иродамизни ижарага бериб, миямизни ейишда давом этмоқдамиз.
Икки юз йилдир Ислом умматида ихтиро, кашфиёт йўқ. Илм ва билим тўхтади гўё. Андалусдек тажрибага эга бир уммат, ҳозир бошқаларнинг иродасига бўйсунишга маҳкум. Вақтию-замонида бутун дунёдан роҳиблар Андалусга илм ўрганиш учун келар эди. Бир кун бир роҳиб Андалусни тарк этар экан, қўйнида бир нарса ўғирлаб қўлга тушади. У нарса «Абакус» яъни, ўша даврнинг компьютери эди. Компьютерни ижод қилган бир умматнинг болалари, компьютер программаларида чўққиларни забт қилиши керак эмасмиди? Биз фойдаланаётган бутун программа, ижтимоий сайтларнинг ижодкори баъзан биз қарғаб қўядиган қарши тарафдаги умматникидир.
Миямизни ейишдан тўхтайлик. Аллоҳ бу мияни бизга егин деб эмас, фойдалангин, ишлатгин деб берган. Уни ишлатганимиз сари янада кўп ишлайди аслида.
©️ Марзия Сайдам
Яқинларингизга ҳам улашинг!
👉 @AbdulbositQori

Forwarded from Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
Dasturlashda matematika kerak bo’ladimi deb ko’p so’rashadi.
Javob: Kerak, biznesni bankrotga uchratmaslik uchun ham matematika kerak)

@uz_python
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Obod mahalla elekotron platformasini 8.4 mlrd so'mga baholanganini ko'rib, ehh programmist bo'lishim kerak bo'gan ekan deb o'ylayapsizmi?
Men sizga bir gap aytaman. Bu pulning 10% ham aslida ishni qiladigan odamlarga yetib borishiga shubha qilaman.
Dasturchi hikoyasining 4-sonida davlat tashkiloti uchun auksion yaratganligimiz haqida aytib o’tgandim - 10 mln so’mga. Loyiha byudjeti 300 mln bo’lgan va hamma ishni qilib 3.3% olganmiz xolos.
Ochiqchasiga o’marish. Bunaqa xolatlar aslida juda ko’p. Ba’zilari bugungidek ko’zga ko’rinib qoladi.
🤡

👍6👎2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👎1
Forwarded from Javohir Izzatulloh | blog
Bugun birov Toshkentdagi ingliz tili o'rgatadigan o'quv markazida namozga ruxsat yo'qligidan shikoyat qildi. Ruxsat beradigan joy topa qolsangizchi, deb tavsiya qildim. Hozir zamon ancha o'zgargan, xususiy bizneslar mijozning talabidan kelib chiqishga majbur.
Shu muloqot sabab bo'ldi-yu, Kareya xotiralarini yo'qladim. Eslayman, yangi borgan paytimda universitet binosida bir chekada namoz o'qishimga to'g'ri kelib qoldi. Yaqin atrofda masjid yo'q, namozxona yo'q. Namoz payti chiqib ketishiga oz qolgan. Indashmasmikan deb yuragim taka-puka bo'lib zo'rg'a jur'at qilib yerga joynamoz solib namozni boshladim.
Shu payt yon-atrofdagi xonalarda dars tugab qolsa bo'ladimi! Namozni tugatgunimcha yuzlab karis talaba auditoriyalardan chiqib yonimdan hali uyoqqa, hali buyoqqa o'tadi. Lekin hech kim indamadi.
Keyin mavridi bo'lganda bir domladan so'radim:
- Sizlarda namoz o'qishga taqiq yo'qmi?
- Nega bo'lsin? Ibodat shaxsiy ishing, xohlagan burchagingda Xudoyingga ibodat qilaverasan-da, boshqalarga xalaqit bermasang bo'ldi.
Men esa ikki metr joyga bir parcha mato solib ovozimni chiqarmay Robbimga ibodat qilish uchun albatta kimdandir ruxsat olish kerak, agar ular taqiq qo'ysa, faqat va faqat masjidga borishim kerak yoki namozni qazo qilib uyga borganda o'qishim kerak deb yurarkanman. Go'lligim qursin.
Bir yillar o'tib, bizning har burchakda namoz o'qib yurganimizni ko'rib rahmlari kelganmi deyman, meni chaqirtirib musulmonlar uchun namozxona tashkil qilib bermoqchiliklarini va ba'zi masalalarda tavsiya berishimni so'rashdi. Jon deb yordamlashdim, shu bahona namozxona va tahoratxonaga ham ega bo'ldik.
Kareya menga o'rgatgan eng katta ibrat: jamoat joyi jamoat mulkidir, jamoat undan istagan maqsadida foydalana oladi. Atrofga zarar yetkazmasa bo'ldi. Aksini isbotlamoqchi bo'lgan odam hujjat-dalili bilan kelsin.
P.S. O'zbekistonga qaytganimda Namanganda shunday vaziyat bo'ldi. Bir joyga ketyapman, masjidga esa yetib borolmayman, namoz payti chiqib ketib qoladi. Avvalgi zamon emasdir deb, Allohga tavakkal qilib, shaharning odam gavjum qismida bir burchakda namoz o'qidim. Hech kim e'tiroz qilmadi, melisa ushlab ketmadi. Ancha o'zgaribmiz, ancha o'nglanibmiz, alhamdulillah. Bu ham ne'mat. Shunchaki, endi bu ne'matlar bizga oddiy holdek tuyulyapti.
📌 @javharuz 📌

Azon
Жанубий Кореянинг Донг-А университетида мусулмон талабалар учун намозхона очилди
Жанубий Кореянинг Пусан шаҳрида жойлашган Донг-А университетида мусулмон талабалар учун янги намозхона очилди. Бу ҳақида ҳозир ушбу университет Халқаро алоқалар бўлимида амалиёт ўтаётган Жавоҳир Иззатуллаев Azon.uz`га маълум қилди.
👍7