Python daturlash maktabi 🐍
573 subscribers
343 photos
180 videos
83 files
389 links
Download Telegram
Forwarded from Sayyoh
Tez kunda! Yangi o’zbek multfilmini tomosha qilasiz!
By Lola Animation and Najot ta’lim
👍4
IT mahsulotlari eksporti 300 million dollarga yetishi quvonarli albatta

Lekin, 550 ta rezedent firmaning 87 foizi, IT-relokantlari hisobiga ekanligi yaxshi natija emas.

Shuningdek 300 million dollarlik IT mahsulot eksport qilib, 1,5 milliard dollarga import qilishimiz taajubli tafovut 😳

Rossiya-Ukraina urushi nihoyalanganda, IT-relokantlarimizdan ayrilamiz. 😕

Shu uchun bor e’tiborni mahalliy IT chilarga qaratishimiz maqsadga muvofiq
👍2
Forwarded from Botir Ziyatov
Bugun IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazilmoqda [kun .uz ]

– IT kompaniyalari hududlardagi boʻsh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi;


“Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar - korrupsiyani yoʻq qilishga intilmagan rahbar” — Shavkat Mirziyoyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi – Prezident
👍3
🧮 Algoritmlarning turlarini bilasizmi?

Algoritmlarning quyidagi turlari mavjud:

1) Chiziqli algoritmlar - har bir bosqichi faqat bir martadan, berilgan tartibda bajariladigan algoritmlar;

2) Tarmoqlanuvchi algoritmlar - ma'lum shartlarni bajarilishiga qarab berilgan bosqichlardan qaysi biridir tanlab bajariladigan algoritmlar;

3) Siklik algoritmlar - hisoblash bosqichlarining qaysilarinidir takroriy bajarilishini talab qiladigan algoritmlar.

@uz_python
👍4
Gitda ko'pincha ishlatiladigan komandalar (manba linkedin)
Juda qisqa flexbox “shpargalka” (manba linkedin)

To’liqroq malumot uchun:
https://css-tricks.com/snippets/css/a-guide-to-flexbox/
Forwarded from murodalidev /> (Муродали)
Qanchalik omadlisiz buni sinab ko'ring...

ps: Men bu python kodni ishlatib ko'rishingizni hech qachon maslahat bermayman

@murodalidev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dev thinking loud
#raddiya

Bir odam o’zining kanalida o’zbek dasturchilar haqida fikr bildiribdi. Uning fikrlariga ko’ra:

- O’zbek dasturchilar katta ishlar qilolmas ekan
- 7/24 ishi bilan mashg’ul bo’lmagan odam muvaffaqiyatsiz ekan

Birinchi fikrga: o’zbek segmentidek dasturlashda tez rivojlangan mamlakat ko’rganmikin post egasi? Taxminan 10 yil oldin dasturchi deyilsa kam uchraydigan juda noyob odam tushunilar edi, hozir esa sohada raqobat shunchalik kuchliki ish topish juda qiyin. Undan keyin qanchadan qancha muvaffaqiyatli proyektlar ham xususiy sektorda ham davlat sektorida foydalanuvchilar hizmatida, shularning hammasini ozbek dasturchilari yozgan. Qanchadan qancha o’zbek dasturchilari esa xalqaro kompaniylarda offline yoki online formatda ishlab kelishmoqda va ishlarida juda muvaffaqiyatli, shaxsan ozim ko’pini taniyman. Xop, o’zbek dasturchilari katta ishlar qilolmas ekan, muallif o'zining proyektlarini kimlarga ishonib topshirar ekan, hindlarga mi inglizlarga mi?

Ikkinchi fikrga kelsak, 7/24 bir narsaning ustida ishlash yoki o’ylash odamning psihologik jihatdan nosog’lom ekanini bildiradi (Istalgan psihologning qabuliga yozilib ko’rikdan o’tib korishi mumkin, huddi shu fikrni aytishiga judayam ishonchim komil). Dasturchilik kasbi bu “bazilar” o’ylagandek “yer chopish”ga o’xshamaydi, u ijodiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan kasb hisoblanadi, yani, odamning FIK(foydali ish koeffisient)i uning ish soatlariga emas balki ruhiy holatiga bogliq bo’ladi va nosog’lom muhitda bu koeffisient katta shkalada o’ynab turadi. Shu sababdan ham chet el kompaniyalari dasturchining FIKini yillik korsatkichlarda analiz qilishadi. Qolaversa, o’zi yaxshi tushunmagan sohadagi mutaxassislarning katta qismini muvaffaqiyatsiz deyish jur’atini qayerdan olganiga hayronman. Bu mening fikrimcha eng kamida farosatsizlik.

Muallifning bildirgan haqorotomuz fiklari uchun bu soha vakillaridan uzr sorayman (Bunga muallifning farosati yaqin orada yetib qoladi deb o’ylamayman). O’zingizga olmang. Matematik xalqimiz aytganidek “X hurar, Y o’tar, Z esa ishiga davom etar”.

Maslahatim:
- Doim o’zbek dasturchiligingizdan faxrlaning
- Doim oilangizni va shaxsiy hayotingizni har narsadan ustun qoyib masrur hayot kechiring. Bu dunyo va uning ziynatlari o’tkinchi.

@dev_thinking_loud
👍5
Forwarded from murodalidev /> (Муродали)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Dastur natijasini toping.
a,b='2','3'
print(a*2+b*2)
Anonymous Quiz
16%
11
57%
2233
14%
2232
13%
46
👍3👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 yoshli bolakay yozgan kodini performance test qilyapti.

10 yoshligimda prezident bo’laman deb insho yozib yurardim man. Maktabda kompyuter nimaligini 5-sinfda bilganmiz. O’shanda ham kompyuterlar ishlatilmasdan, nazariy bilim berilgan.

Atrof muhitni ta’siri judayam katta. Qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi.

🐍
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kichik qishloqdan GIGANT kompaniyalargacha — Kremniy vodiysidagi oʻzbeklar ⚡️

@uz_python
Forwarded from Davronbek | SWE 🪐
Kichik maqola lekin unda ko'rsatilgan funksiya, module'lar haqida ko’proq google.com 'dan izlab, o'rganib chiqilsa ziyon qilmaydi 😁

p.s Maqolani uzbek tilida yozishga harakat qildim lek ko'p jumlalarni uzbekchada ma'nosini keltira olmadim 🤦🏻‍♂️ ....

More: https://medium.com/@davronbekdev/advanced-python-en-ee02a34ec239

My reading lists: https://medium.com/@davronbekdev/list/reading-list
👍2
Forwarded from Donishmand Dasturchi
Instagram va Facebook'ni yaqin 1 yildan oshiq vaqt bomaynida deyarli ishlatmay qo'ygan edim. Dasturlarini o'chirib tashlagan edim. Judayam zarur bo'lib qolsa, browser orqali kirardim.

Bugun butunlay voz kechishga qaror qildim. Jahongir aka to'g'ri aytadi. Bu tarmoqlarni foydasidan zarari ko'proq.

FOMO (The fear of missing out) - o'ylashimcha, bu tarmoqlar keltiradigan eng katta zarar. Bu shunday narsaki, siz boshqalar sizdan ko'ra yaxshiroq, baxtliroq, osonroq va qulayroq hayotda yashayotganini ko'rasiz va bu narsalarning sizda yo'qligini bilib, depressiyaga tushishni boshlaysiz. Bu keyinchalik hayotingizdan qoniqmaslik va shu kabi turli ruhiy muammolarga sabab bo'ladi.

Fikrimcha, baxt - ommatan odamlar ongida "baxt" standartlariga aylangan ne'matlarga ega bo'lish emas. Qalbingiz taskin topadigan va rozi bo'ladigan hayotga ega bo'lish.
👍13