KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
25.9K subscribers
6.69K photos
1.21K videos
4 files
3.87K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr_agentligi #matbuot_anjuman

🌟Kadastr agentligining tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalarida o'tkazilgan matbuot anjumanlari.

📄 Kadastr agentligi tomonidan 2024-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar (tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar). Ushbu o'tkazilgan matbuot-anjuman tavsilotlari keng yoritildi. Quyidagi havolalar orqali ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Tizim tashkilotlari:

Respublika aerogeodeziya markazi
Davlat kartografiya-geodeziya fondi
"Kartografiya" DIICH korxonasi
Davlat kadstrlari palatasi
“Geoinnovatsiya markazi” DUK
Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish

Hududiy boshqarmalar:

➡️Qoraqalpog'iston Respublikasi;
➡️Andijon viloyati;
➡️Farg'ona viloyati;
➡️Namangan viloyati;
➡️Toshkent viloyati;
➡️Jizzax viloyati;
➡️Sirdaryo viloyati;
➡️Samarqand viloyati;
➡️Buxoro viloyati;
➡️Qashqadaryo viloyati;
➡️Surxondaryo viloyati;
➡️Navoiy viloyati;
➡️ Toshkent shahar
➡️Xorazim viloyati;

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligining hududiy boshqarmalarida o'tkazilgan matbuot anjumanlari .

📄 Kadastr agentligi tomonidan 2024-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar ( hududiy boshqarmalar). Ushbu o'tkazilgan matbuot-anjuman tafsilotlari hududiy Telekanallar orqali keng yoritildi. Quyidagi havolalar orqali ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

➡️Qoraqalpog'iston Respublikasi;
➡️Andijon viloyati;
➡️Farg'ona viloyati;
➡️Namangan viloyati;
➡️Toshkent viloyati;
➡️Jizzax viloyati;
➡️Sirdaryo viloyati;
➡️Samarqand viloyati;
➡️Qashqadaryo viloyati;
➡️Surxondaryo viloyati;
➡️Toshkent shahar;
➡️Xorazm viloyati;

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjuman #OAV_nigohida

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿  🎤🎤🎤🎤 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

15-avgust kuni soat 12:00 da Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar haqida.

Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni taklif qilamiz.

#kadastr #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Bugungi kunda yurtimizda 3,8 milliondan ortiq yaʼni 493 ming gektar yer uchastkalarining hujjatlari yo‘qligi va Qonunning maqsadi ham o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

⚖️ Qonun loyihasi Prezidentimizning 2023-yil 2- noyabrda yer hisobi va kadastr xizmatlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari asosida ishlab chiqildi. Loyihani tayyorlashda Italiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasi inobatga olindi.

Shuningdek, loyihani tayyorlash jarayonida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar o‘rganildi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

Oliy sud, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan birgalikda juda ko‘p holatlar o‘rganilib, umumlashtirdi va yer uchastkalarining rasmiylashtirilmagan asosiy 8 ta holati belgilab olindi:

🟢 2018 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarini eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer;
🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i - Jaksimuratov Uzakbergen

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

💫Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, hozirgi kunda “bir martalik aksiya” doirasida hujjatlari rasmiylashtirilishi boshlangan, lekin yakuniga yetmagan 60 mingdan ziyod holat bor. Shuningdek, kichik sanoat zonalarida joylashgan 1 200 nafardan ortiq tadbirkorlarning yerlarini rasmiylashtirish ishlari tugatilmagan. Xuddi shunday, tumanlarda hokim qarori bilan uy-joyga mulk huquqi eʼtirof etilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilanmay qolgan ko‘plab holatlar mavjud. Qonunda ana shularning barchasini rasmiylashtirish nazarda tutilgan.

😄Aslida, “o‘zboshimchalik bilan egallangan”, degan so‘z faqatgina noqonuniy maʼnosini anglatmaydi. Qonunchilikda hujjatlari saqlanib qolinmagan yer yoki bino-inshootlarga nisbatan ham “o‘zboshimchalik bilan egallangan” degan taʼrif qo‘llaniladi. Masalan, o‘tgan asrda ajratilgan yerlarning ko‘pi shunday holatda, yaʼni qaysidir sabablarga ko‘ra hujjatlari saqlanmagan. Hozirgi kunda yurtimizdagi 2 million 400 mingdan ortiq uy-joy shu holatda turibdi. Ularning barchasi tegishli tartibda o‘rganilib, qonuniy yechimlari beriladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

📄Mazkur hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

🫠Xususan, fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etishda, egallab olingan yer uchastkasining kosmik monitoring tahlillarini olib borib, hujjatda keltirilgan davrga mos yoki mos emasligini bildiradi.

🔵Shuningdek, agentlik qonunning 7-moddasiga muvofiq tuman (shahar) hokimlarining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilmagan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun kosmik monitoring tahlillarini olib boradi.

📶“O‘zbekkosmos” agentligi bo‘limi boshlig‘i-Muxiddin Ibragimov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Ayni damda, O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida 🌟“Kadastr agentligi Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan 2024-yilning 8 oyida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

📶 Matbuot anjumanini Uzreport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan 8 oyida jami 4 182 holatda 995,4 gektarda huquqbuzarlik holatlari aniqlangan, shundan 1 116 ta holatda yer qonunbuzilish holatlari joyining o‘zida bartaraf qilingan.

🟦 Tahlil natijalari esa joriy yilda huquqbuzarliklar soni o‘tgan yilga nisbatan ortganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, Bo‘stonliq tumanida 161 taga, Zangiota tumanida 119 taga, Yangiyo‘l tumanida 140 taga ko‘p huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

😄 Aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 172 ta holatda to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi, shundan, 115 ta holatda yer qonunbuzilish holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

😄 Yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 1 967 ta holatda yaʼni 134 gektar yer maydonidagi huquqbuzarliklar yuzasidan sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan.

😄 Shuningdek, yerlardan maqsadsiz foydalanish holati bo‘yicha jami 102 ta holatda 861 gektar aniqlangan. Holat bo‘yicha hokimliklarga taqdimnomalar kiritilib, shundan 80 ta holatda 805 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi taʼminlangan.

🗣️ Shuni taʼkidlash joizki, ayni kunlarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 937-son Qonuni aholi orasida noto‘g‘ri talqin qilinib, yerga oid huquqbuzarliklarni qasddan sodir etilishiga olib kelmoqda. Qonun doirasida hujjatlarni rasmiylashtirib olish maqsadida yerlarni o‘zboshimcha egallash, noqonuniy qurilmalar qurish holatlari ayniqsa, poytaxtga yaqin hududlar, Zangiota, Yangiyo‘l, Qibray va Bo‘stonliq tumanlarida aniqlanmoqda.

🌟 Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati shoʻbasi bosh mutaxassisi - Erkinjon Kamolov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣️ Toshkent viloyatida 01.08.2024 yil holatiga 792 mingta ko‘chmas mulk obyektlari hisobga olingan bo‘lib, xatlov natijalariga ko‘ra, mazkur Qonun 28 ming gektar yer maydonida qurilgan 334 mingta ko‘chmas mulklarga nisbatan tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda.

Jumladan,
◼️10 ming 800 gektar yer maydonida qurilgan 80 ming 229 ta turar-joylar;
◼️Vazirlar Mahkamasining 21.06.2018 yildagi 461-sonli qaroriga ko‘ra, aksiya davrida mulk huquqi berilishi mumkin deb topilgan, biroq hokimlik qarori chiqarilmasdan qolib ketgan 5 ming gektar yer maydonida joylashgan 34 ming ta turar-joylar;
◼️tuman (shahar) hokimi qarori bilan yer uchastkasi ajratilib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanmagan 35 ta 180 gektar holatga;
◼️1 ming 61 gektar yer maydonida joylashgan 20 ming 127 ta bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududida qurilgan turar-joylar;
◼️130 gektar yer maydonida 2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan 212 ta noturar-joy obyektlariga;
◼️6 ming 363 ta xususiylashtirilgan binolar egallagan 560 gektar yer maydoniga.

🗣Yuqorida qayd etilgan holatlarning barchasi Qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishi taʼminlanadi.

🌟 Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati shoʻbasi bosh mutaxassisi - Erkinjon Kamolov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 Yer – strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurslardan. Shuning uchun yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta’minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.

⭐️ Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida poytaxtimiz hududida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2 114 ta holatda 55,2 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlanib, berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 862 ta holatda 9,2 gektar yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. 1 010 ta holat yuzasidan sud organlariga da’vo arizalari kiritildi.

Jumladan,
◼️Olmazor tumanida jami 245 ta holatda qariyb 7 gektar yer maydonini o‘zboshimcha egallash holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan 59 ta (0,5 gektar) yer qonunbuzilish holati ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.

◼️Sergeli tumanida aniqlangan 226 ta (15 gektar) yer qonunbuzilish holatidan 78 tasi (1,07 gektar), Mirzo Ulug‘bek tumanida aniqlangan 218 ta (3,35 gektar) holatning 81 tasi (0,73 gektar) olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilgan.

🌟 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari - Shiddatbek Abdug‘afforov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣Hisobot davrida Toshkent shahrida yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan 1 107 nafar shaxslarga ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

◼️635 nafar shaxs huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etganligi sababli javobgarlikdan ozod qilindi.
◼️345 ta holat bo‘yicha ma’muriy ishlar ko‘rib chiqilmoqda.
◼️20 ta holatda ma’muriy ish hujjatlari ma’muriy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va boshqa vakolatli organlarga yuborilgan.

Bugungi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik, umuman, mamlakatimizda Yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etishda davlat nazoratini amalga oshirishda Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan samarali foydalanilmoqda.

🟦 Mazkur dastur yordamida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, huquqbuzarliklarni bartaraf etish muddati qisqardi va idoralararo hujjat almashish tezkorligi oshirildi. U shuningdek, mutaxassislarga yer holatini kosmik suratlar yordamida nazorat qilib borish, noqonuniy qurilish yoki qurilishdagi qonunbuzarliklarni erta aniqlash imkonini bermoqda.

😄 Shuningdek, joriy yilning 1-mart sanasidan e’tiboran Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida nazorat tadbirlarini planshetdan foydalanib, yerqonunbuzarlikni joyining o‘zida elektron rasmiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada mazkur qurilma orqali yer qonunbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritib, elektron ko‘rinishda ma’muriy bayonnomani o‘sha joyning o‘zida rasmiylashtirish imkoni yaratildi.

🌟 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari - Shiddatbek Abdug‘afforov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.

5-noyabr kunida soat 11:00 da 🌟Kadastr agentligining markaziy apparati binosida dasturning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎤Taqdimotga ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarni taklif etamiz.

📍 Manzil:  Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi 6 V uy. 🌟Kadastr agentligi binosi.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun Kadastr agentligida “E’TIROF” AAT dasturi taqdimoti bo’lib o’tdi.


Unda 🌟Kadastr agentligi, “Geoinfokom” DM hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi mas’ullari OAV xodimlari va jurnalistlarga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish axborot tizimi — “E’TIROF” AAT dasturi yaratilishi va ishlash jarayonlari, aholi uchun ochiq va foydali tomonlari haqida ma’lumot berdilar.

Taqdimot kun tartibining ikkinchi qismida Qonunga asosan bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan mahallalar reja-grafigi bilan tanishtirildi.


Shuningdek taqdimot davomida OAV va jurnalistlarning savollariga javob berildi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣  🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿  🎤🎤🎤🎤

Bugun 24-mart kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi asosiy vazifalar.

🗣Matbuot anjumanda 🌟Kadastr agentligi rahbariyati ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni taklif qilamiz.

#Kadastr_agentligi  #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Ayni damda, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida "Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi asosiy vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

📶 Matbuot anjumanini "O'zbekiston" va "Uzreport" telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr sohasida raqamlashtirish jarayoni jadallashmoqda.

✍️ Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida so‘z bordi.

“E-YER NAZORAT” mobil ilovasi – kadastr inspektorlari endi joyiga chiqqan holda planshet orqali ishlashi mumkin. Ilova Bosh prokuraturaning “E-Material” va IIVning “E-ma’muriy ish” tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilindi.

“GEODEZNAZORAT” va “Xavfni tahlil qilish” tizimlari – GNSS stansiyalarini doimiy kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

“E’tirof” axborot tizimi – o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va qurilgan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayoni raqamlashtirildi.

“Kadastr muhandisi” AT – kadastr muhandislarining malaka sertifikati olish jarayoni elektronlashtirildi.

Ko‘chmas mulkka oid xizmatlar – mulkni bo‘lish, birlashtirish, pasportlashtirish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat xizmatlari ishga tushirildi.

#Kadastr_agentligi #Matbuot_anjuman

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekiston Respublikasining jami yer maydoni – 44,9 million gektar. Shundan 94% yoki 42,3 million gektar yer UZKAD tizimiga kiritildi. 41,8 mln. gektar yer 1,6 millionta yerdan foydalanuvchilar kesimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.


🌟Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida bu haqida ma'lumot berildi.

🕯 Toifalar kesimida raqamlashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan yerlar:

🟡Qishloq xo‘jaligi yerlari – 24,1 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 23,8 mln. gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
🟡Suv fondi yerlari – 1,1 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 1 mln. gektari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
🟡O‘rmon fondi yerlari – 11,1 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 11 mln. gektari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
🟡Tabiatni muhofaza qilish yerlari – 4,2 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 4,2 mln. gektari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
🟡Zaxira yerlari – 1,5 mln. gektarning elektron xaritasi yaratildi, 1,5 mln. gektari ro‘yxatdan o‘tkazildi.



#Kadastr_agentligi #Matbuot_anjuman

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 O‘tgan 2024-yil mobaynida 🌟Kadastr agentligi tomonidan olib boriladigan yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar:

📊 Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida:

66 109 ta holatda 9 462,3 gektar yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlanib,
41 972 ta holatda 4 472,2 gektar yerda qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.


⚖️ Sud ishlari:

21 459 ta holatda 4 654,1 gektar yerga da’vo arizalari kiritildi.
5 561 ta (1 144,5 gektar) da’vo arizalari sudlar tomonidan qanoatlantirildi va majburiy ijroga qaratildi.


⚖️ Jinoyat va ma’muriy javobgarlik:

2 146 ta holatda jinoyat alomatlari bo‘lgan materiallar prokuratura organlariga yuborildi.
41 708 ta shaxsga yerga oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.


Bugungi kunda yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

#Kadastr_agentligi #Matbuot_anjuman

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

20-may kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: Kadastr agentligi tomonidan O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini bajarilishi yuzasidan.

🗣Matbuot anjumanda 🌟Kadastr agentligi mas'ullari ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni taklif qilamiz.

#kadastr #matbuot_anjumani

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM