KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

⚡️Aynida damda Kadastr agentligida Shveytsariyaning Leica Geosystems kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🔰Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad-aerofotosurat yo'nalishidagi so'nggi texnologik imkoniyatlar bilan tanishish, lazerli skanerlar imkoniyatini o'rganish va Agentlikning mavjud aerokamera va qurilmalariga texnik ko'mak masalasini muhokama qilish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#xalqaro_uchrashuv #jahon_banki #kadastr

🔰 Bugun Kadastr agentligi direktor o’rinbosarlari A. Allaberganov, M.Mirmaksudov boshchiligida Jahon banki missiyasi rahbari Dmitriy Sivayev hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi xodimlari o’rtasida shaharlarni rivojlantirish tahliliy loyihasiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

❇️ Kun tartibidan - alohida shahar aglomeratsiyalari, Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan geoaxborot tizimining imkoniyatlari hamda alohida aglomeratsiyalarni o‘rganish doirasida Agentlik bilan hamkorlikning ehtimoliy bo‘lgan yo‘nalishlari va formatlari muhokamasi joy oldi.

📝 Tomonlar loyiha doirasida kerakli bo’lgan batafsil rekvizit ma’lumotlar bilan qayta tanishib chiqib, kelgusi hamkorlik yo’nalishlarini belgilab olishga kelishdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

⚡️18-may kuni Kadastr agentligida Direktorning birinchi o’rinbosari Atabek Allaberganov hamda Boshqirdiston Yer va mulk munosabatlari vaziri Natalya Polyanskaya o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

💠Uchrashuv doirasida: Yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha so’nggi yillarda O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar;
🔹Yer tuzish, yerdan foydalanish, jumladan kompleks kadastr ishlarini amalga oshirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari;
🔹Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yer monitoringini amalga oshirish.
🔹Ko'chmas mulkning yagona davlat reestrini kerakli ma'lumotlar bilan to'ldirish.
🔹Kadastr sohasini raqamlashtirish va aholiga xizmatlar ko'rsatish borasida o’zaro tajriba almashinildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔰Joriy yilning 19-may sanasida Kadastr agentligi Jahon bankining “O‘zbekiston hukumatini barqaror urbanizatsiya uchun zarur bo‘lgan muhim islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashni chuqurlashtirish” doirasida Ashna Matema boshchiligidagi “Uy-joy sektorini o’rganish” Missiyasini qabul qildi.

💠Uchrashuv doirasida tomonlar:
🔹Agentlikning uy-joy sektorida tutgan roli;
🔹O’zbekistonda yer va mulkni ro'yxatga olish jarayoni;
🔹Ro'yxatga olingan ko'chmas mulkning qiymati, ro’yxatga olish jarayoni;
🔹Yerlarni qishloq xo'jaligida foydalanishdan boshqa toifaga o'tkazish;
🔹Uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish tartibi kabi masalalar bo’yicha fikr almashdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt