KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасида амалга оширилган ишлар ва 2025 йилдаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.

Унда;

↪️ Жорий йилда 102 та ижтимоий хизмат маҳалла даражасига туширилгани қайд этилди.

↪️ Маҳалладаги ижтимоий ходимлар уйма-уй юриб, шу йил реестрда бўлмаган яна 95 минг муҳтож одамга ёрдам кўрсатди. 51 минг одамга ногиронлик белгиланди, 26 минги протез олди, ногиронлиги бор 5 минг бола боғча-мактабга жойлашди.

↪️ Йиғилишда ҳамма раҳбарлар ҳам эҳтиёжманд аҳолини ишли қилиб, даромадини кўпайтириш, уларга манзилли ижтимоий хизмат ва ёрдамлар кўрсатишни тўғри ташкил қила олмаётгани кўрсатиб ўтилди.

↪️ Президент бу йил ижтимоий ҳимоя бўйича қилинган 34 та муҳим янгиликка қўшимча 28 та янги ташаббусни илгари сурди.

↪️ Камбағал оила фарзандларини чет тили, IT ва касб-ҳунарга ўқитиш учун қўшимча имкониятлар яратилади.Мутасаддиларга 1 мартгача тўгараклар очиб, камбағал оиладаги 118 минг ёшларни ўқитишни бошлаш топширилди. Тўгарак харажати 80 фоизгача бюджетдан қопланади.

↪️ Камбағал оиладаги 460 минг одам тиббий ёрдамга, 6 мингта оила эса уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож. Шу боис 2025 йилда муҳтож одамларнинг жарроҳлик амалиёти учун Тиббий суғурта жамғармасига қўшимча 185 миллиард сўм ажратилади.

↪️ Президент барча ҳужжатларни ўрнини босадиган битта – ижтимоий карта жорий этилишини эълон қилди. Ижтимоий карта билан автобус ва метрода бепул юриш, электр, газ ва ўқиш харажатига компенсация олиш мумкин бўлади, нафақа ва ёрдам пуллари ҳам шу картага тушади. Бу тизим 1 июлгача Тошкент шаҳри ва Янгийўл туманида синовдан ўтказилади, йил якунигача ҳамма жойда ишга туширилади.

↪️ 12 та ногиронлик реабилитация марказида эрготерапия, физиотерапия, даволаш-гимнастика хизматлари қамрови 5 карра оширилади.

↪️ Ногиронлиги борларга бериладиган протез ва реабилитация воситалари рўйхати 18 тадан 30 тага, маблағи эса 1,5 баробарга оширилди. Бунинг эвазига йил бошидан 100 минг одамни эҳтиёжи таъминланди.

↪️ Президент фармонига мувофиқ, йиғилишда Дилором Йўлдошевага “Мардлик” ордени тантанали топширилди. Келгуси йилда бундай инсонлар ҳақида камида 5 та мотивацион ҳужжатли ва бадиий фильмлар суратга олиш муҳимлиги таъкидланди.

↪️ Жойлардаги 130 та спорт мактаби, 90 та махсус таълим муассасаси ва 29 та “Мурувват” уйидаги спорт объектлари адаптив спорт турларига мослаштирилади. Жойларда 300 та янги “воркаут” майдончалари қурилади, уларда ҳам худди шундай шароитлар бўлади.

↪️ Яна бир тажриба – шу йили ногиронлиги бор болалар учун 73 та кундузги парваришлаш ва “Ғамхўрлик” гуруҳлари ташкил қилинди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасидаги ишлар натижадорлиги ва 2025 йил учун устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное обсуждению результатов работы в сфере социальной защиты и приоритетных задач на 2025 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #ijtimoiyhimoya #tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📹 937-SONLI QONUN BILAN QANDAY HUQUQLAR E'TIROF ETILADI?

➡️ Bu bo'yicha ⭐️ Kadastr agentligi Yuridik bo‘lim boshlig‘i Jamshid Amirqulov javob beradi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Hududlarda yer nazorati tadbirlari

➡️ Xorazm viloyati boshqarmasi Xonqa tumani inspektorlari tomonidan “Vatanparvar” mahallasida o‘tkazilgan monitoring jarayonida fuqaro umumiy 400 kv.metr yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz noqonuniy qurilma qurganligi aniqlandi.

➡️ Buxoro tuman bo‘limi tomonidan "Novmetan" MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 50 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

➡️ Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman bo‘lim inspektorlari nazorat tadbirlari chog‘ida "Qahramon" mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan mahalla hududidagi ichki yo‘l muhofaza hududiga tegishli bo‘lgan 100 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, 28 metr uzunlikda devor to‘sig‘i qurib olganligini aniqlashdi.

➡️ Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari vaqtida "Aylanmajar" MFY hududida fuqaro tomonidan 70. kv.metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilib olganlik holati aniqlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr yuzasidan savolingiz bormi?

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

#ishonch_raqami #1097

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 Xabaringiz bor, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937- Qonuni doirasida mahallalarda xatlov o‘tkazilmoqda.

💿 Ushbu jarayonda kadastr xodimlarining noqonuniy harakati haqida ma'lumotga ega bo‘lsangiz Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlariga xabar bering.

🗣 Quyidagi havolalar orqali ularning murojaati hamda ishonch telefoni haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM