KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Butun_jahon_yer_kuni

▫️22-APREL BUTUN JAHON YER KUNI▫️

⚡️Bugun poytaxtimizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida 22-aprel – Butun jahon yer kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlari: istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir bo'lib o'tdi.

⚡️Erta tongdan boshlangan tadbirdan ko‘rgazma, ilmiy seminar va ko'ngilochar konsert dasturi o‘rin oldi. Kadastr agentligi tomonidan kun davomida talaba yoshlarga qiziqarli va kerakli ma'lumotlar, bellashuvlar shuningdek katta imkoniyatlar taqdim qilindi.

🔰Tadbirning birinchi qismida Kadastr sohasiga oid katta ko'rgazma, aqliy va sport bellashuvi, o'quv-seminari, kitob yarmarkasi hamda tizimdagi bo'sh ish o'rinlar haqida suhbatlar o'tkazilgan bo'lsa, tadbirning ikkinchi qismida o'zbek shou-biznesining eng yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturi va talaba yoshlar ishtirokida interaktiv savol-javoblar o'tkazildi.

🔰G'olib bo'lgan ishtirokchilarga esa Kadastr agentligining maxsus sovg'asi ya'ni Kadastr tizimiga imtiyozli ishga qabul qilish imkoniyatini beruvchi VAUCHERLARNI Kadastr agentligi direktor o'rinbosari, "Geoinnovatsiya" DUK direktori Abdullayev Abdushukur Hamidovich hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich tantanali topshirdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️Deputatlar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari bilan yaqindan tanishdi

🔰Yer umummilliy boylik. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda yerlardan oqilona va maqsadli foydalanish, yerlarni muhofaza qilish, uni samarali ishlatish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

🔹Xususan, davlatimiz rahbarining sohaga oid qaror va farmonlari asosida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyati zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilmoqda. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, maʼlumotlarning aniqligi va shaffofligini taʼminlash, mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini soddalashtirish kabi qator vazifalar doirasida ish olib borilmoqda.

📝Batafsil

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#22aprel

⁉️ Bilasizmi 22-aprelda butun dunyo qanday kunni nishonlaydi?

🎬 Batafsil videoda bilib oling!

🌏 Bayramingiz bilan!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Live stream started
Live stream finished (8 minutes)
Forwarded from markaz16
⚡️ ⚡️ Ўзбекистон Миллий матбуот марказида Ўзбекистон Республикаси Давлат Солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг матбуот анжумани бошланди.

Мавзу: Ўзбекистон Республикаси Ер ресурсларининг ҳолати ҳамда Кадастр агентлиги тизимида аҳолимизга кўрсатилаётган давлат хизматлари.

📲 Матбуот анжумани трансляциясини UzReport TV телеканали ва телеканалнинг Youtube ва Facebookдаги саҳифалари орқали ЖОНЛИ томоша қилинг.

👉 Савол, мурожаат, ариза ёки шикоятларингизни @MARKAZ16Uz. га юборинг.

📲 Каналга уланиш: @MARKAZ16Uz.
https://youtu.be/o2d2BYbJCPQ
#Kadastr #huquqiy_targibot

🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Ichki mehnat tartibi qoidalari mazmun-mohiyati bo'yicha Kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi G.Abdullayeva agentlik xodimlariga tushuncha berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌏Poytaxtimizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida 22-aprel – Butun jahon yer kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlari: istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #matbuot_anjumani

⚡️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati hamda Kadastr agentligi tizimida aholimizga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari” mavzusida o'tkazilgan matbuot anjumanini quyidagi havola orqali to'liq tomosha qilishingiz mumkin.

📹To'liq video

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

22-aprel – Butun jahon yer kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlari: istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Butunjahon yer kuni 🔹

🌎Kecha va bugun, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining barcha tuzilma hamda, hududlarida tizim uchun ahamiyatli bo'lgan 22-aprel "Butunjahon yer kuni" munosabati bilan marafon, seminar, ochiq eshiklar kuni va boshqa ko‘rinishdagi katta tadbirlar tashkil etildi.

🌎 Bir maqsad yo‘lida hududlararo hamjihatlikda tashkil etilgan yirik tadbirlar majmuini video va mazkur ssilkalar orqali kuzatishingiz mumkin:

⚡️Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari palatasi
⚡️Jizzax viloyati
⚡️Samarqand viloyati
⚡️Qoraqalpog'iston Respublikasi
⚡️Toshkent viloyati
⚡️Buxoro viloyati
⚡️Namangan viloyati
⚡️Navoiy viloyati
⚡️ Andijon viloyati
⚡️Toshkent shahri
⚡️Farg'ona viloyati
⚡️Xorazm viloyati

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мероприятия, посвящённые Международному Дню Земли.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📝O‘zbekistondagi jami hududning 9,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi

📑Ma
’lumotlarga ko‘ra, yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to‘rt yarim milliard yil bo‘lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog‘i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to‘g‘ri keladi.

📈Yerning ishlov beriladigan maydonlari bor-yo‘g‘i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi. Lekin zaminimizda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar yer tuzilmasini tobora o‘zgartirib yubormoqda.

📄Batafsil maqola

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Navoiy viloyatida o'tkazilgan matbuot anjumani "Obyektiv" informatsion dasturi nigohida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #infografika

🔰Bugungi kunda Kadastr agentligi tomonidan aholiga ko'rsatiladigan davlat xizmatlaridan asosiylari.

📌Barcha xizmat turlari bilan infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_kasbim #reportaj

KADASTR – KASBIM

💠 Topografiya qanday soha?

💠 Sohaning murakkab va qiziqarli tomonlari nimada?

🗼“Radar” uskunasining sohaga nima aloqasi bor?

🚀Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan mahsus reportajda mazkur savollarga javob olasiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​🔰Respublika hududida mavjud sunʼiy baliqchilik havzalarini xatlovdan o‘tkazish natijasi bo‘yicha aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida MAʼLUMOT

📝Respublikadagi mavjud 5562 ta (134984,7 gektar) sunʼiy baliqchilik havzalari xatlovdan o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha hududlarda faoliyat yuritayotgan 39 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 204,46 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik hamda 303 ta holatda 5,48 gektar yer maydonlariga o‘zboshimchalik bilan imorat qurganlik holatlari aniqlandi.

💠Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida, 338 ta (1 217 gektar) fermer xo‘jaliklariga ogohlantirilish xatlari yuborildi, 25 ta holatda sudlarga daʼvo arizalari kiritildi. Shuningdek 57 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlariga nisbatan maʼmuriy jarimalar rasmiylashtirildi.

💠Bundan tashqari 18 ta holatda jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborildi.

💠Shuningdek, 1 334 ta (36 146,05 gektar) fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari belgilangan tartibda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan 71 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlariga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt