KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.57K photos
1.05K videos
4 files
3.33K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastr agentligining Yuridik bo‘lim boshlig‘i Djamshid Amirqulov Hudud24.uz saytining "Obyektiv" loyihasida ishtirok etib, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunning muhim jihatlari haqida ma'lumot berdi.

#Kadastr_agentligi #OAV_biz_haqimizda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📃📃📃📃

📣 DIQQAT EʼLON 

🟢 Hurmatli Andijon viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Andijon viloyati aholisi uchun joriy yilning 30-sentabr kuni sayyor qabul o‘tkaziladi.

➡️ Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil:  Andijon viloyati Paxtaobod tumani Navro'z MFY Xuvaydo ko'chasi 24-uy. 7-sonli Bolalar san'at maktabi.

🕙 Boshlanish vaqti soat 14:00 da.

☎️ Murojaat uchun: +998 74-224-20-25

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo'lib o'tdi.

➡️Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.

➡️Bugun taʼlim va tarbiya sohasidagi barcha o‘zgarishlar markazida bilimdon, ijodkor, vatanparvar va jonkuyar muallim shaxsi turishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

➡️Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida baʼzi misollarni keltirdi.

➡️Bugungi kunda davlat taʼlim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oshirmagani afsus bilan qayd etildi. Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi. Natijada 198 ming o‘qituvchidan 21 ming nafari malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmadi.

➡️Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga masʼul bo‘lishi belgilandi.

➡️Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish albatta davom ettirilishi taʼkidlandi.

➡️Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi har yili sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.

➡️Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda – 120 mingta, bog‘chalarda – 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda. Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi.

➡️Taʼlimda sifat va raqobatni taʼminlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi.

➡️Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtiriladi.

➡️Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy taʼlim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik taʼlim klasterlari tashkil etiladi.

➡️Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

➡️Bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi.

➡️Sifatli taʼlimning ajralmas qismi bo‘lgan tarbiya va odob-axloq jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi.

➡️Musiqa o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish, madaniyat va sanʼat tizimidagi oliygohlarda umumtaʼlim maktablari uchun musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

➡️Bolalarning yozma ishlarini chuqur tahlil qilib, ularning orzu va intilishlarini aniqlab, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

➡️Maktablardagi maʼnaviyat xonasi va kutubxonasi zarur texnika va optik tolali Internet tarmog‘i bilan taʼminlanadi, barcha maktablarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi tashkil etiladi.

➡️Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi.

➡️Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda sportchi murabbiylarimiz va harbiylarimiz ham faol bo‘lishlari zarurligi taʼkidlandi.

➡️Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liqligi taʼkidlandi.

➡️Prezident pedagoglar ilgari surgan tashabbuslarni chuqur o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM