KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktyabrdagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va uning 21-ilovasiga muvofiq Davlat kartografiya geodeziya fondi tomonidan Kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo‘yicha shakllantirilgan tematik qatlamlar atributiv ma’lumotlarining umumiy soni 173 864 tani tashkil etib joriy yilda jami 4 675 ta (1273 ta O‘zbekiston respublikasining raqamli topografik xaritalar, 1 321 ta tiraj ottisklari, 1181 ta aerofotosyomka materialari, 433 ta kosmosyomka materillari, 467 ta geodezik punktlarning yangi ma’lumotlari) yangi atributiv ma’lumotlar milliy geoaxborot tizimiga kiritildi, 5 571 ta geodezik punktlarning holati yangilandi.

✍️ Davlat kartografiya-geodeziya fondi direktori-Jasurbek Askarov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 25-iyulida 🌟Kadastr agentligi tomonidan Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash fazoviy maʼlumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi — Kadastr agentligi qoshida tashkil etilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan fazoviy maʼlumotlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda maslahat-kengashuv vazifasini amalga oshiradigan kollegial organ hisoblanadi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil
26 oktyabrdagi 620-son
qarori bilan tasdiqlangan “Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash to‘g‘risida Nizom”ga asosan muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy funksiyalaridan biri Kadastr agentligi tomonidan tayyorlangan FMMIni rivojlantirish bo‘yicha ishlar holati to‘g‘risidagi yillik hisobot loyihasini ko‘rib chiqish va o‘z takliflarini berish hisoblanadi.

Mazkur Kengash yig‘ilishi Video konferens aloqa (VKA) orqali 20 dan ortiq vazirlik va idoralar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Fazoviy maʼlumotlar yo‘nalishida 2022-2023 yillarda amalga oshirilgan ishlar yutuqlar va kamchiliklar bo‘yicha hisobot muhokamadan o‘tkazildi. Muhokama natijasiga ko‘ra hisobot loyihasini tasdiqlab Vazirlar Mahkamasiga kiritish maʼqullandi.

Shuningdek, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, oldinga qo‘yilgan maqsadlar, ularning dolzarbligi, hamda baʼzi tashkilotlarning fazoviy maʼlumotlarni yaratishda duch kelayotgan muammolari to‘g‘risida suhbat olib borildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi kelishib olindi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
💬 Матбуот котиблари фаолиятида узвийлик ва уйғунлик: холисликни таъминлашдаги аҳамияти

IV Миллий конференция доирасидаги Медиа-форум кун тартибига кўра панел сессиялар давом этмоқда.

Биринчи сессия ахборот хизматларининг компаниялашган ҳолда ишлаш механизмлари, сифатли медиа контент яратишда оммавий ахборот воситалари билан ҳамкорлик масалалари юзасидан бўлиб, унда матбуот котиблари тажрибалари асосида ахборот узатишдаги янгича ёндашувлар тўғрисида тақдимот қилишди.

📌 Жумладан, Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов ва Коррупцияга қарши кураш агентлиги матбуот котиби Шерзод Сапаров ахборот тарқатишда ҳаққонийлик ва очиқлик тўғрисида кейслар билан маълумот беришди.

Хусусан, матбуот котибининг журналистдан фарқли равишда ахборот тақдим этиш мезонлари санаб ўтилди, Очиқлик индексида шаффоф ва холис фаолият қандай акс этиши тушунтирилди.

📌 Олий Мажлис Сенати ахборот хизмати раҳбари Ҳожиакбар Тўлаганов ҳамда Мудофаа вазирлиги матбуот котиби Отабек Юлдашев ахборот узатиш жараёнида касбий нормаларга риоя қилиш қоидалари юзасидан тажрибалари билан ўртоқлашишди.

📌 Тошкент шаҳар божхона бошқармаси ахборот хизмати раҳбари Ҳусан Тангриев ва Олий суд матбуот котиби Азиз Обидов ўз фаолиятларида ОАВ ва кенг жамоатчиликка ахборот-маълумот етказишда ҳуқуқий нормаларга риоя қилиш, содда, тушунарли тилда қизиқарли контент тайёрлаш, “кўрув”лар сонини ошириш усуллари, шунингдек, суд жараёнларини ёритиш механизмлари ҳақида маълумот беришди.

📌 “Дунё” ахборот агентлиги директори Омонулла Файзиев ҳамда Фанлар академияси матбуот котиби Гулноза Шарафова ахборот хизматлари ва ОАВ ходимлари, медиа вакиллари билан ишлашда сифат устуворлигини сақлаб қолиш, кўп томонлама ҳамкорлик қилиш, ижтимоий тармоқлар учун контент тайёрлашда эътибор қаратиш шарт бўлган жиҳатларни батафсил изоҳлашди.

Панел сессиядаги ҳар бир чиқишлар савол-жавоблар билан коструктив ва баҳсларга бой бўлди.

Сессия йиғилишлари долзарб мавзуларда давом этмоқда.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM