KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.1K subscribers
5.66K photos
1.08K videos
4 files
3.38K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣Joriy yilning 28-iyul (Yakshanba) soat 15:00 dan 20:00 gacha ⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining ma‘lumotlar bazasida rejali grafik asosida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha ⭐️Kadastr agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma‘lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Navoiy viloyati boshqarmasi Xatirchi tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida “Ko‘ksaroy” MFY da davlat zaxirasida bo‘lgan jami 800 kv.metr yer maydonni fuqaro tomonidan hech bir huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan omborxona qurib olingani aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O’z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida “Ahil” MFY, Uzumbogʻ 9-tor koʻchasida oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 70 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida Sho'rtan MFY Nasaf ko‘chasida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 75,0 kv metr yer maydoni o’zboshimchalik bilan egallab olinib, qurilish ishlari amalga oshirilgani holati aniqlandi.Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O’z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

Xorazm viloyati boshqarmasi Hazorasp tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida "Yangiobod" MFY da yashovchi fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonidan 151,0 kv.metr yer maydoni o’zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy poydevor qurilish ishlari amalga oshirilgan. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydoni oldingi holatiga qaytarildi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢 Ayni damda, O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida 🌟Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi, “Kartografiya” DIICH korxonasi va Davlat kartografiya-geodeziya fondining "Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tkazilmoqda.

📶 Matbuot anjumanni Uzreport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilning 6 oyi davomida aerosuratlar asosida Qashqadaryo viloyatida 24 ming kv.km, Andijon viloyatida 4 ming 300 kv.km, Navoiy viloyatida 4 ming kv.km va Farg‘ona viloyatida 3 ming 200 kv.km Namangan viloyatida 2 ming 800 kv.km jami 38 ming 300 kv.km maydonda raqamli ortofotoplanlar yaratildi.

🗺 Yaratilgan ortofotoplanlar Mudofaa maqsadlarida, Favqulodda vaziyatlarni baholash, Topografik va qishloq xo‘jaligi hamda boshqa turdagi xaritalarini yaratish va yangilashda, Hududlarning o‘zgarishini kartografik monitoringini yuritishda, Davlat kadastrlari ma’lumotlarini yangilash ishlari uchun kartografik asos hisoblanadi.

⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori-Akmal Omonov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil 6 oyida 85 ta Davlat geodeziya tarmog‘i punktlarining ishchi holati o‘rganildi. Punktlar yetarli bo‘lmagan hududlarda 67 ta yangidan punkt o‘rnatildi. Dengiz sathiga nisbatan balandliklarni aniqlash uchun 426,8 km yuqori aniqlikdagi va 335 km o‘rta aniqlikdagi geodeziya o‘lchash ishlari amalga oshirildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi 405-son qarorida asosan O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimimizni joriy qilish maqsadida ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 6 oy davomida 658 ta punktda geodeziya o‘lchash ishlari bajarildi.

📍Davlat geodeziya punktlari ma’lumotlari bilan ta’minlashni raqamli texnologiyada amalga oshirish maqsadida, aholi punktlarida 50 ta doimiy ishlovchi GNSS SORS stansiyalari real vaqtda geodeziya ma’lumotlarini uzatmoqda.

🌐 Signallarni cho‘l va tog‘ hududlarida ham uzatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida yana 80 ta GNSS SORS stansiyalarini o‘rnatishni 1-bosqich ishlari yakunlandi.

✍️ Bu xizmat turi to‘liq ishga tushirilgach, Respublikamizda geodeziya ishlarini bajaruvchi tashkilotlar, punktlaridan foydalanib o‘lchashga ketgan vaqt va sarf-xarajatlari bir necha marotaba qisqaradi. Bugungi kunda GNSS CORS stansiyalari ma’lumotlaridan tadbirkorlarning 500 dan ortiq GPS qurilmalari bog‘lanib ishlamoqda.

🗺 Davlat topografik xaritalarni yaratish va yangilash yo‘nalishida yil boshidan buyon Toshkent, Xorazm va Navoiy viloyatlarida 1:10 000, 1:25 000 masshtablarda 3 mln 270 ming gektarda ishlar bajarildi.

⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori-Akmal Omonov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joriy yilning I yarim yilligida korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ochiq elektron kartografik asosi (bazaviy xarita)ni yaratish hamda Davlat kadastrlari yagona tizimi va Milliy geografik axborot tizimlarini 1:25 000 masshtab kesimidagi ochiq elektron kartografik asos bilan ta’minlash maqsadida Nukus, Orol akvatoriyasi, Qoraqalpog‘iston obyektlarining jami 69 071.8 kv.km maydonida (721 ta nomenklatura) 1:25 000 masshtabdagi ochiq foydalanishdagi topografik xaritalarini yaratish va nashrga tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

🟢Shuningdek, Jizzax va Surxondaryo obyektlarining 1:25 000 masshtabdagi 382 ta nomenklatura topografik xaritalari nashr qilindi.

📔 Turli ta’lim bosqichlarining o‘quvchilari va talabalari ham korxona tomonidan yaratilayotgan xaritalarning iste’molchilari hisoblanadi. Shu sababli, umumta’lim muassasalarini kartografik o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash maqsadida korxona tomonidan geografiya fanidan 8 va 10 sinflar uchun davlat, rus va qoraqalpoq tillarida 6 492.5 kv.dm hajmda atlas va yozuvsiz xaritalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda ularni 50 ming nusxada chop etish ishlari amalga oshirilmoqda.

➡️ "Kartografiya" DIICH korxonasi direktori-Orifjon Ibragimov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM