KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.2K subscribers
5.66K photos
1.07K videos
4 files
3.38K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi mas'ullari talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan, viloyatlardagi ma'lum bir universitet hamda institutlarda "Geodeziya, kartografiya va kadastr" kafedrasi filialini tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-may kunida 📍 Samarqand viloyatida, 18-may kunida 📍 Farg'ona viloyatida hamda 20-may kuni 📍 Sirdaryo viloyatlarida 🌟Kadastr agentligining mas'ullari, hududiy boshqarma boshliqlari va universitet va institutlar rahbariyatlari hamkorligida talabalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuv davomida universitet kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining tibbiy-geografik atlasini” talabalarga foydalanishlari uchun taqdim qilindi.

Tadbirda talabalar bilan va ustozlar o‘rtasida geodezik o‘lchash asboblarini o‘rganish jarayonida talabalarning qiziqishlari ortib amaliyot jonli muloqotga aylandi.

Shuningdek talabalarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan tushuntirishlar berildi. Talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun zarur sharoitlar yaratildi vа belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

#Kadastr_agentligi #talabalar_bilan_uchrashuv #PF_16_son_Farmon

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan maxsus dronlar yordamida yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Tafsilotlar MY5 telekanalining 📺“Markaziy studiya” informatsion dasturi lavhasida.

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilda 308 ta holatda yerlarni noqonuniy egallab olish, 41 holatda noqonuniy qurilish qilish aniqlandi.

Batafsil "NAVOIYMTRK" telekanalining "Diyor24" dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆Joriy yilning 14-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi: Kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

🌐Forum dasturidan islom moliyasi, investitsiya, ishlab chiqarish, logistika, turizm, texnologiya, xalqaro hamkorlik, diplomatiya, biznes imkoniyatlar kabi mavzular bilan bir qatorda fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ulardan strategik maqsadlarida foydalanish masalalari ko‘tarildi.

🫥Tadbir doirasida “Mamlakatlarni geofazoviy maʼlumotlar sohasida qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlik” mavzusida panel muhokamalari o‘tkazildi hamda Rossiya va Islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi geodeziya va kartografiya sohasidagi hamkorlikning dolzarbliligi kabi masalalarni muhokama qilindi.

🌟Kadastr agentligi⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.OmonovO‘zbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlarni rivojlanishi” mavzusi bilan spiker sifatida ishtirok etdi.

➡️Bunda Kadastr agentligida kadastr, geodeziya va kartografiya ishlarida masofadan turib zondlash va geofazoviy maʼlumotlarni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM