KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.2K subscribers
6.28K photos
1.16K videos
4 files
3.66K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

◾️ Farg'ona viloyatida yer nazorati tadbirlari davom etmoqda ◾️

🌟 Kadastr agentligi Farg'ona viloyat boshqarmasi tomonidan yer nazorati tadbirlari olib borilib tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilmoqda.

▶️ Batafsil: Farg'ona telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida

#Kadastr #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев жорий йилда уй-жойлар ҳамда “Янги Ўзбекистон” массивлари қурилиши бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам строительства жилья и массивов "Янги Узбекистон" в текущем году.

#Mirziyoyev #yigilish #uyjoy #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️
#kadastr_xizmati

⚡️ KADASTRDA YANGI XIZMAT !

🌟 Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

🖥 Bu esa fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🕔 Xizmatni ko'rsatish muddati:
13 ish kuni mobaynida

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastr agentligi Guliston shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan Yer va kadastr nazorati davomida Guliston shahrining Yangi hayot mahallasida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bartaraf qilish yuzasidan fuqarolarga ogohlantirishlar berilmoqda. Tafsilotlar Sirdaryo MTRK telekanalining "Diyor Yangiliklari" dasturida.

#OAV_biz_haqimizda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

➡️So‘ngi paytlarda kadastr sohasi qonunchilikda ko‘pgina o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda.

📄Yangi qabul qilingan qaror va qonunlarda tegishli idoralar bilan bir qatorda 🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasiga ham vazifalar berilgan.

Ushbu topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish, ish jarayoni bilan tanishish, xodimlarning fikr va takliflarini eshitish maqsadida 🌟Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari T.Abdullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

T.Abdullayev rahbarligida o‘tkazilgan majlisda, 🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, bo‘lim va filial rahbarlari ishtirok etib,  topshiriqlarning ijrosini tezkor taʼminlash va ishni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha takliflari berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🏠Fuqaro yoki tadbirkorlar uy-joy va boshqa tadbirkorlik obyektlarini oldi-sotdi qilish, qurilish qilish va boshqa sabablar tufayli kadastr pasportini tayyorlash masalasiga duch kelishadi.

🖥 Ushbu xizmatlar qanday amalga oshiriladi. Muddatlari qancha⁉️

➡️ Batafsil: maqolada

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
◾️Сирдарёнинг Сайхунобод туманида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

◾️Бугунги йиғилиш 14 та ҳудуд, 208 та туман ва шаҳар ҳокимлари, уларни ўринбосарлари, банклар, “маҳалла еттилиги” учун сабоқ бўлиши таъкидланди.

◾️Ўтган йили маҳалладаги тадбиркорлик учун Сайхунободга 120 миллиард сўм берилган. Туман тадбиркорлари ўтган йил солиқдан 85 миллиард сўмлик имтиёз олган.

◾️Бугунги кунда туманда 1 миллион сўмлик маҳсулот яратиш учун ўртача 126 киловатт-соат электр сарфланаяпти. Бу – вилоятни қолган туманларидан 2 карра кўп.

◾️Туманни энг катта захираси ҳам, имконияти ҳам – ер. Масалан, Сайхунобод – аҳоли томорқаси 20 сотихдан ортиқ бўлган 26 та тумандан бири. Лекин бунинг 10 фоизи ишлатиляпти, асосий экин – беда билан макка бўлиб қолган.

◾️Туманда 89 та шоличилик фермер хўжалигида на лазерли текислагич, на ҳисоб-китоб бор. Шу ўринда, тумандаги 3 минг гектар шоли майдонларида ҳосилдорлик гектарига атиги 50 центнерни ташкил қилмоқда.

◾️Масъуллар 19 та маҳалла ва 794 та кўчани номма-ном бўлиб олиб, бу йил тадбиркорлик учун бериладиган 200 миллиард сўм ҳисобидан уларни ҳар бирига техник иқтисодий асос ишлаб чиқади.

◾️Эндиликда ҳар бир маҳалладаги ҳоким ёрдамчиси “1 сотих томорқадан камида 1-2 миллион сўм даромад” деган мезон асосида аҳоли учун бизнес режа ишлаб чиқади. Маҳалладаги агрономлар билан бирга олиб берилган техникалар ҳисобидан томорқа ерларини ҳайдаш ва экин экиш хизматларини кўрсатади.

◾️Тумандаги 98 километр каналлар ва дренаж тармоқлари атрофидаги 100 гектар бўш ерлар кооперация асосида 500 та хонадонга терак экиш учун бўлиб берилади.

◾️Эндиликда оилавий тадбиркорлик дастури доирасида қорамол, қўй ва эчки олиш учун 33 миллион сўм имтиёзли кредит гаровсиз, нақд пулда берилади. Бу орқали тумандаги 1,5 минг хонадонга чорвани кўпайтириш учун шароит яратилади. Қайд этилган 400 гектарни 800 та хонадонга бўлиб бериш топширилди.

◾️Камида 100 миллион долларлик саноат лойиҳалари бошланиб, “Фаровон” маҳалласида узоқ вақт ташландиқ бўлиб турган 35 гектар майдонда кичик саноат зонаси ташкил қилинади.

◾️Бу имкониятни ишга солиш учун “Ўрикзор”, “Гулистон”, “Нурли йўл”, “Бахмалсой”, “Фаровон” маҳаллаларидаги 9 гектар майдонда 40 та хизмат кўрсатиш объекти, 1 та меҳмонхона ва 1 та логистика маркази ишга туширилади.

◾️“Турон” маҳалласидаги собиқ машина-трактор паркига тегишли бўш ерда 10 та кўп қаватли уй қурилишини бошлашга кўрсатма берилди.

◾️Тумандаги мол-мулк ва ер солиқларининг 10 фоизи ҳам маҳалла бюджетида қолади.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM