KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr

🌟 Kadastr agentligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni va ““O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 🌟Kadastr agentligida ijro intizomini ta'minlash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

💠 Yig'ilishda Agentlik rahbariyati, Markaziy apparat tuzilma rahbarlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimi ishtirok etdi.

Uchrashuvda 🔸 “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi dasturi muhokamasi hamda yil yakuniga ijro intizomini ta'minlash yuzasidan chora - tadbirlar belgilab olindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🟣24 mingdan ortiq kadastr pasporti rasmiylashtirildi🟣

Surxondaryo viloyatida ko‘chmas mulk obyektlarini kadastr hisobiga olish va kadastr pasportini shakllantirish ishlari davlat xizmatlari orqali olib borilmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hududiy filiallariga kadastr pasportini shakllantirish masalasida 35 035 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 24 018 tasi ijobiy hal etilib, kadastr pasporti rasmiylashtirildi.

💠 Batafsil: UzA maqolasida

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari #Surxondaryo_viloyati

🗺 Surxondaryo viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari:

🗺 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari

🗺 Angor tumani
🗺 Bandixon tumani
🗺 Boysun tumani
🗺 Denov tumani
🗺 Jarqo'rg'on tumani
🗺 Qumqo‘rg‘on tumani
🗺 Qiziriq tumani
🗺 Muzrabot tumani
🗺 Oltinsoy tumani
🗺 Sariosiyo tumani
🗺 Termiz tumani
🗺 Uzun tumani
🗺 Sherobod tumani
🗺 Sho'rchi tumani
🗺 Termiz shahri

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #xalqaro_hamkorlik

⚡️ “UzEnergyExpo-2023” Xalqaro ko'rgazmasida hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.

🟢 Bugundan Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar pavilonida “UzEnergyExpo-2023” ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda. Unda qayta tiklanadigan energiya manbalari va ulardan qurilishda foydalanish texnologiyalari sohasidagi ilg‘or ishlanmalar namoyish etilmoqda.

Mazkur ko'rgazma doirasida "Geoinnovatsiya markazi" DUK 🇨🇳 Xitoy xalq Respublikasining LONGi korxonasi o'rtasida o'zaro tomonlarga manfaatdor bo'lgan sohalarda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 🖋AHDLASHUV MEMORANDUMI imzolandi.

Eslatib o'tamiz, 🇨🇳 Xitoyning eng yirik quyosh panellari ishlab chiqaruvchilaridan biri sanalgan LONGi korxonasi Xitoy bozorida 1-o`rinda, dunyo bozorida esa birinchi 5-lik kompaniyalaridan hisoblanadi. Ushbu kompaniya bilan "Geoinnovatsiya markazi" DUK joriy yil boshidan buyon o'zaro quyosh panellari yetkazib berish bo'yicha hamkorlik munosabatlarini o'rnatgan.

🟣Mazkur ahdlashuv memorandum esa, quyosh panellarini texnik jihatdan to'liq ta'minlash, ularni ta'mirlash uchun zarur bo'ladigan ehtiyot qismlarini yetkazib berish asosida imzolandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan "Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" 🥇koʻkrak nishonlari qayta ta'sis etildi.

🟢Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

🟢Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan mukofotlanadilar.

🟢Ko‘krak nishoni bir xodimga ikkinchi marta takroran berilmaydi.

❗️Maʼlumot oʻrnida: mazkur koʻkrak nishonlar muqaddam 2017-yilda taʼsis etilgan hamda soha fidoiylari taqdirlangan.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🟢Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi

“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

🟣Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🟣Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🟣Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyekt bilan birga mazkur obyekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o‘tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.

🟣Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o‘tadi.

📈Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Yer kodekslariga servitut to‘g‘risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o‘zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo‘shimchalar kiritildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM