KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.3K subscribers
5.59K photos
1.06K videos
4 files
3.35K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Qaror va ijro: yerdan noqonuniy foydalanishga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda

"Yer bilan bog‘liq qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida 538 ta qonun buzilish holati unga yo‘l qo‘ygan shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. Bartaraf etilmagan 237 ta holat bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sudlarga da’vo arizalari kiritildi" - deydi Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Mirzaahmedov.

📌Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanalida 12-oktabr kuni, soat 11:00da Kadastr agentligi masʼul xodimlari ishtirokida ”Kadastr agentligida qanday islohotlar qilinyapti?” mavzusida OVOZLI CHAT o‘tkaziladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar qaytarildi

📝 Joriy yilning o‘tgan davrida 745 ta holatda 128,9 gektar yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlandi, – deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Yashin Habibov.

📌Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️«O‘tgan 9 oyda 200 gektardan ortiq yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallangan, 2748 nafar fuqaro maʼmuriy jarimaga tortildi» – deydi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i I.Tleuov

📌Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #aholi_murojaatlari

🔰Davlatimiz rahbari ishtirokida joriy yilning 18-iyul sanasida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Namangan viloyati Kadastr agentligi va Namangan viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda aholi tomonidan Kadastr idoralariga kelib tushayotgan murojaatlar va ularning yechimi yuzasidan mas'ullar ishtirokida ishchi guruh tuzilib joylarga chiqib o'rganish ishlari olib borilmoqda.

💠Maxsus ishchi guruhning o'rganishlari natijasida kam ta'minlangan va temir daftarda turuvchi jami 90 nafar fuqarolarga uy-joylarini davlat ro'yxatidan o'tkazishlari uchun amaliy ko'mak berildi.

💠Bundan tashqari Namangan viloyati Ming buloq tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik

⚡️Kadastr agentligi hamda Serbiya Respublikasi Geodeziya idorasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

🔰Joriy yilning 12-oktabr sanasida Kadastr agentligi hamda Serbiya Respublikasi Geodeziya idorasi vakillari ishtirokida yaqindan hamkorlik o‘rnatish maqsadida virtual uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kun tartibidan:
🔖 ikki davlat idoralarining faoliyati, amalga oshirgan loyihalari bilan o‘zaro tanishish;
🔖 ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, yer nazorati;
🔖 masʼul idoralar tomonidan yuritiladigan kadastr va ko‘chmas mulk axborot tizimlari, geoportal imkoniyatlari o‘rin oldi.
🔰 Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlari, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, sohaga doir qonunchilikda o‘zaro tajriba almashishga kelishib oldilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_nazorati

👍 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining Yer va kadastr nazorati bo'limi hamda hududiy inspektorlar tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida 2022-yilning oʼtgan 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 832 ta holatda 82,49 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

🔰 Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarining egallab olinish maqsadlari haqida bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Kadastr sohasi: yer narxini tadbirkorlik subyektlari qanchaga baholasa, shunchaga sotilishi kerak

✔️ O‘zbekiston milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali 12-oktabr kuni «Kadastr sohasidagi kamchilik va yutuqlar» mavzusida ovozli chat bo‘lib o‘tdi. Kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Bekzod Nishonov javob berdi.

📌 Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🟢Xorazm telekanalining "Islohot va mas'uliyat" ko‘rsatuvi orqali Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan "Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🌐 Batafsil suhbatni quyidagi havola orqali to'liq tomosha qiling

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 #Live #Kadastr

⚡️ QASHQADARYODA MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan🎨 Jurnalistlar uyida "9 oy davomida yer va kadastr yo'nalishida bajarilgan ishlar hamda sohada amalga oshirilgan kadastr xizmatlari" mavzusidagi matbuot anjumani o'z ishini boshladi.

✔️ Joriy yilning 9 oyi davomida Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning shahar, tuman filiallari tomonidan 27 219 ta yer uchastkalari va ko‘chmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

💻 Tuman (shahar) hududlarida joylashgan 2 266 ta ko‘p qavatli uylarga elektron kadastr pasporti tayyorlangan.

🌍 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli qarori ijrosi yuzasidan Viloyat hokimining qarori asosida 163 ta 264,7 gektar yer maydonlari davlat ehtiyojlari uchun ajratildi

📔 3 975 ta 119,16 gektar yer uchastkalari “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUKga yuborilgan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆#Kadastr #BACKSTAGE

➡️ Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida 👍 Kadastr agentligi tomonidan 🇷🇺 Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (МИИГАиК) bilan birgalikda “Hududlarni rivojlantirish uchun geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” (Лучшие практики применения геопространственных технологий для развития территорий) mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

🟢 Batafsil videoni tez orada e'lon qilamiz...

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️ Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasida o‘tkazilgan Matbuot anjumani haqida Farg'ona telekanalining "Farg'ona 24" informatsion dasturi orqali xabar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢#Kadastr #huquqiy_targibot

Bugun Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk va yer solig‘i obyekti, soliq bazasi va stavkalari, imtiyozlar, soliqlarni hisoblab chiqish hamda to‘lash tartibining mazmun mohiyatini Soliq organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va marksheyderlik xizmati boshqarmasi bosh mutaxassisi O'tkir Niyozov Agentlik xodimlariga tushuntirib berdi.

O'tkazilgan seminarda agentlik xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjumani

⚡️ SURXONDARYO VILOYATIDA MATBUOT ANJUMANI BO'LIB O'TDI.

Bugun Surxondaryo viloyati Matbuot uyi binosida 2022-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangiliklar to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

💻Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-avgustdagi "Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2571-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida UzKAD dasturi ishlab chiqildi. Hozirgi kunga qadar ushbu tizim orqali 43 ming 81 ta holatda 1 mln.110 ming 560 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari hisobga va ro‘yxatga olinganligi hamda Ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qarori asosida 44 mingta murojaatlar kelib tushgan.

📁Shundan 731 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 9 ming 481 tasi rad etilgan, 191 tasi jarayonda, 2 ming 616 tasi to‘lov jarayonidan 31 ming 103 tasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

💻O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarori Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 2022-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 41 ming 129 ta buyurtmalar kelib tushgan, shundan, 778 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 50 tasi jarayonda, 8 ming 257 tasi rad etilgan, 2 ming 13 tasi to‘lov jarayonida hamda 30 ming 31 tasiga kadastr pasporti shakllantirib berilganligi xususida maʼlumotlar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM