KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.3K subscribers
5.6K photos
1.06K videos
4 files
3.36K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Sirdaryo viloyatida 303 ming gektardan ortiq yer maydonlari raqamlashtirildi

🔰Sirdaryo viloyatida 16 mingdan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning 303 ming gektardan ortiq yer maydonlari raqamlashtirildi va elektron xaritada aniq joyi, chizmasi va chegarasi haqidagi ma’lumotlar Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimiga kiritildi – deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Burxon Minasipov

📌Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Andijon #yer_nazorati

📊Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan "Yer va kadastr" sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo'llanilgan ma'muriy jarimalar to'g'risida ma'lumot.

📌Batafsil: Infografikada

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹DKP raisining sayyor qabuli🔹

⚡️ Ayni dam, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Kamolovich Valiyevning fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabuli boshlandi.

🔵 Tadbir avvalida palata raisi tomonidan sohaga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shundan so‘ng, har bir murojaatchining kadastrga oid savollari va muammolarini o‘rganish boshlandi.

🔵 Sayyor qabul natijalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🔰Aholiga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ijaraga yer ajratilishi bo‘yicha Kadastr Agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolik Farg‘ona telekanalining “YANGILIKLAR” informatsion dasturida efirga uzatildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kartografiya #OAV #biz #haqimizda

⚡️Zamonaviy kartografiya aniqlik, sifat va raqamlashtirish jihatdan yangi bosqichga chiqdi

💠Yangi O‘zbekiston gazetasining 198-sonida Yangi O‘zbekiston gazetasi muxbiri “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi direktori O.Ibragimov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan intervyusi chop etildi.

💠 O‘tkazilgan intervyuda “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi direktori O.Ibragimov kartografiya sohasining tarixiga, O‘zbekiston Milliy atlasini tuzish va nashrdan chiqarish jarayonlariga, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va tatbiq qilinayotgan zamonaviy texnologiyalar yuzasidan qisqacha maʼlumot berib o‘tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
РАДДИЯ

📢 Ижтимоий тармоқларда кадастр паспортини шакллантириш ва кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишда чалкашликлар борлиги тўғрисида нотўғри ахборот тарқалди.

Хабарда “Мулк рўйхатдан ўтиши учун кадастр паспорти керак. Кадастр паспортини олишингиз учун эса мулк рўйхатдан ўтган бўлиши керак. А ни олишингиз учун Б керак, Б ни оламан десангиз А сўралади” деган жумла мутлақо ҳақиқатга тўғри келмайди.

📌 Ўзбекистон Республикасининг амалдаги қонунчилигига кўра, хусусан Вазирлар Маҳкамасининг 29.10.2018 йил кунги 1060-сонли кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга мувофиқ:

📗 кадастр йиғмажилди — объектнинг кўчмас мулк объектига бўлган ҳуқуқларни шакллантириш, ҳисобга олиш ва кейинчалик давлат рўйхатидан ўтказиш учун зарур бўлган кадастр суратига олиш, техник хатловдан ўтказиш ва паспортлаштириш, махсус текшириш ва тадқиқотларнинг, сифат ва қиймат жиҳатдан баҳолашнинг ҳужжатлари, материаллари ва маълумотлари электрон жамланмаси ҳисобланади.

Кадастр йиғмажилдини бирламчи шакллантиришда кўчмас мулк объектлари давлат рўйхатидан ўтказувчи орган томонидан жойга чиқиб хатловдан ўтказилади. Кадастр йиғмажилдини шакллантириш натижалари бўйича кадастр паспорти берилади.

Содда қилиб айтганда – кўчмас мулкка (ер участкаси, бино-иншоотлар) бўлган ҳуқуқни давлат рўйхатидан ўтказиш учун унинг учун зарур бўлган кадастр суратига олиш, техник хатловдан ўтказиш ва паспортлаштириш, унинг параметрлари аниқлаш лозим.

💳 Кадастр паспортини бериш Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 2 сентябрдаги 535-сонли қарори билан тасдиқланган Кўчмас мулк объектига кадастр паспортини бериш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламентига мувофиқ амалга оширилади.

‼️Кадастр паспортини расмийлаштириш учун ҳуқуқнинг рўйхатдан ўтказилганлиги эмас, ҳуқуқ белгиловчи ҳужжат (мисол учун ер ажратилганлиги тўғрисида қарор ёки ер ижара шартномаси ёхуд ер участкасини аукциондан олганлиги тўғрисида баённома) талаб этилади.

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ёки ҳуқуқни белгиловчи ҳужжатларсиз фойдаланилаётган ер участкаларига кадастр паспорти расмийлаштирилмайди.

Кадастр йиғмажилдини шакллантириш натижалари бўйича кадастр паспорти берилгандан сўнг (яъни кўчмас мулкнинг жойлашган жойи, ўлчамлари, майдони ва бошқа маълумотлари аниқланган ҳолда), кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқни белгиловчи ҳужжатлар асосида ҳуқуқ давлат рўйхатидан ўтказилади ва натижада ер участкаларига бўлган ҳуқуқлар давлат рўйхатига олинганлиги тўғрисида кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларнинг давлат реестридан электрон кўчирма берилади. (Ер кодексининг 35-моддаси )

Қисқача айтадиган бўлсак:

1.
Ҳоким қарори ёки ер ижара шартномаси ёхуд аукцион баённомаси илова қилинган ҳолда кадастр паспорти тайёрлаш учун ариза берилади.
2. Кадастр паспорти тайёрланади.
3. Ер участкасига бўлган ҳуқуқни давлат рўйхатидан ўтказиш учун ариза берилади.
4. Ер участкасига бўлган ҳуқуқ давлат рўйхатидан ўтказилади.

📌 Ушбу ҳолатда Кадастр паспортини шакллантириш (а) ва кўчмас мулкни давлат рўйхатидан ўтказиш (б) билан боғлиқ ҳеч қандай чалкашлик йўқлигини кўришимиз мумкин.
#Kadastr #infografika

📊Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💐"USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI"

🔰Bizga saboq bergan, hayot so'qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz. Albatta, har bir inson o'zi istagan sohada mehnat qilayotgan chog'ida ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezadi. Farzandlar ta'lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e'tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlaridan biridir.

💐Shu munosabat bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida Kadastr tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar, xodimlar va faxriylar ishtirokida "Avlodlar uchrashuvi" tadbiri o'tkazilmoqda.
📌Quyida joylarda bo'lib o'tayotgan bayram tadbirlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin:

♦️Andijon viloyati;
♦️Toshkent viloyati;
♦️Surxondaryo viloyati;
♦️Toshkent shahar;
♦️Qashqadaryo viloyati;
♦️Buxoro viloyati;
♦️Xorazm viloyati;

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Kadastr agentligi tizimida oila va xotin-qizlar masalalariga qanchalik e’tibor berilmoqda?

📝Tizimda faoliyat yuritayotgan 1318 nafar ayoldan 2 nafari olima, 25 nafari rahbar ayollardir. Umuman olganda, sohadagi jami xotin-qizlarning 32,6 % oliy ma’lumotli, 52,1 % o‘rta maxsus ma’lumotli, 15,3 % o‘rta ma’lumotlilarni tashkil qiladi - deydi Kadastr agentligi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti rahbari Salyaxan Botirova.

📌Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt