KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.2K subscribers
5.81K photos
1.1K videos
4 files
3.45K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jahatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#TAYINLOV

🔰Bugun, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

◻️ Ushbu yig'ilishda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosarlarining tayinvoli e'lon qilindi.

◻️Inamov Nozimjon Ravshanovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

◻️Yunusov Abdulaziz AbdugaparovichDavlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

◻️Suyunov Axmadjon Xujamurodovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
TAYINLOV

Kuvandikov Muxtor Narzullaevich – Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Muxtor Narzullaevich
- 1985-yil Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug‘ilgan. 2014-yil Samarqand Davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Qo'shrabot tumani hokimligi tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube