KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.1K subscribers
5.68K photos
1.08K videos
4 files
3.39K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🔰Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Davlat Kadastrlari palatasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Bu haqida Nurafshon TVning "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturida batafsil yoritildi📹

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #yer_nazorati

KADASTR AGENTLIGI ANIQLAGAN NOQONUNIY HOLATLAR

🔰2021-yilning 12 oyi davomida Toshkent shahri hududida faoliyat yuritib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini jami 2967 ta (59,32 ga) yer uchastkasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

📌Holatlarning tahlili ushbu infografikada!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Respublikamizning Qashqadaryo viloyatida "Eng namunali hamkor tashkilot" nomi aniqlandi.💐

Bu haqda Darakchi yozmoqda.
Batafsil

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💳 Ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi:

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi;

🏡Yakka tartibdagi turarjoy - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"Yangi O’zbekiston" gazetasining 26-yanvardagi sonida xatlov natijalari▫️

🔷"Yangi O’zbekiston" ijtimoiy-siyosiy gazetasining bugungi sonida jurnalist Feruza Jo‘rayevaning " Kichik vatanda ko‘ngil to‘q yashashga nima yetsin?" nomli maqolasi chop etildi.

🔷 Unda, Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida olib borilgan xatlov zahmatlari bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev bilan bo‘lgan intervyu hamda bajarilgan ishlar natijalari esa aholi bilan o‘tkazilgan suhbat asosida keng yoritilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #RASMIY_MUNOSABAT

Bugun soat 10:21 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy telegram kanalida “Andijon tumanida fuqaroga kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi” mavzusi bilan post eʼlon qilindi.

Mazkur postda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi B.Q. fuqaro M.ning yashash xonadonining kadastr hujjatlarini tayyorlab, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qaror chiqartirib berish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilgan.

Mazkur xabarda “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi deb keltirilgan B.Q. aslida 2020-yil 25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasi 1-qismi (taraflarning kelishuviga ko‘ra) ishdan bo‘shagan bo‘lib, bugunga qadar Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib bormagan va qonunan u soha xodimi hisoblanmaydi.

Har qanday axborot shiddat bilan tarqalayotgan davrda to‘g‘ri, xolis va har tomonlama tekshirilgan axborotni ommaga taqdim etish barchamizning masʼuliyatimiz hisoblanadi. Noto‘g‘ri axborot jamiyatni davlat idoralariga bo‘lgan ishonchsizligiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Kadastr agentligi hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'iston Respublikasining Xo‘jayli tumani “Qolap” OFYda yashovchi fuqaro B.J o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurish maqsadida umumiy maydoni 100 kv.m bo‘lgan yerni egallab, damba ko‘tarib fundament quyganligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” 90, 91-moddalarining talablari buzilganligi aniqlandi.

Batafsil📹

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев “Ҳиндистон – Марказий Осиё” биринчи саммитида иштирок этди.
Минтақа мамлакатлари ва Ҳиндистон ўртасидаги анъанавий яқин ва дўстона алоқаларни янада мустаҳкамлаш, кўп қиррали ҳамкорликни кенгайтириш истиқболлари кўриб чиқилди. Халқаро сиёсатнинг долзарб масалалари юзасидан фикр алмашилди.
Давлатимиз раҳбари ҳамкорликни илгари суришнинг стратегик устувор йўналишларини белгилаб, аниқ таклифларни илгари сурди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие в первом саммите «Индия – Центральная Азия».
Рассмотрены перспективы дальнейшего укрепления традиционно тесных и дружественных связей, расширения многопланового сотрудничества между странами региона и Индией. Состоялся обмен мнениями по актуальным вопросам международной политики.
Глава нашего государства определил стратегические приоритеты и выдвинул конкретные предложения по продвижению сотрудничества.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Hindiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🔘"Xalq so'zi" gazetasining bugungi sonida xatlov natijalari.

🔶"Xalq so'zi" ijtimoiy-siyosiy gazetasining bugungi sonida "Andijonning ikki tumanida 82 mingdan ziyod hujjatsiz turar-joylar mavjudligi aniqlandi" nomli maqolasi chop etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️ Bugun 28-yanvar kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar ijrosi va tahlili”.

📌Ishtirok etadi: Kadastr agentligi mutasaddilari

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Davlat kartografiya – geodeziya fondi faoliyati
bo’yicha 2022-yil 27-yanvar holatiga
MA’LUMOT

🔰Davlat kartografiya – geodeziya fondida Raqamli materiallar, Tiraj va noshirlik originallari, Geodeziya ma’lumotlari bo’limlari hozirgi kunda faoliyat olib bormoqda.

🔹Davlat kartografiya – geodeziya fondiga 1600 ta qog’oz shakldagi xaritalar,
🔹17 ta geodeziya ishlari bo’yicha texnik hisobotlar,
🔹851 ta elektron raqamli xaritalar doimiy saqlash va amalda qo’llash uchun qabul qilib olindi va buyurtmachilarga 400 ta formulyarlar,
🔹965 ta elektron raqamli xaritalar tashkilotlarga taqdim etilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #matbuot_anjumani

📢 Ayni damda "Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar” mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjuman o'z ishini boshladi.

Matbuot anjumanni UzreportTV telekanali orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.