KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.6K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.32K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #seminar

⚡️Viloyat hududida nomsiz ko‘cha qolmaydi

🔰Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida Kadastr agentligi mutasaddilari hamda hokim yordamchilari ishtirokida "Geografik obyektlar nomlarini to‘g‘ri shakllantirish va ularni davlat reyestriga kiritish yuzasidan" amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminarda viloyatda mavjud 318 ta nom berilmagan ko‘chalarga nom berish, 1097 ta takrorlanuvchi ko‘cha nomlarini o‘zgartirish va xonadonlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan so‘z bordi.

🔹Bunda Kadastr agentligi hokim yordamchilari va mahalla raislari ishtirokida xatlov o‘tkazib, ko‘chalarga nom berish va xonadonlarni raqamlashtirish orqali ularni davlat reyestriga kiritilishini taʼminlaydi.

🔹Bu o‘z navbatida aholining doimiy ro‘yxatdan o‘tish (propiska), tez tibbiy yordam chaqiruvi va boshqa shu kabi muammolariga yechim bo‘lishi kutilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔰“Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish to'g'risidagi chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2022-yil 20-may kuni korxonada “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

🔹Ushbu tadbirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti "Geodeziya, kartografiya va kadastr" yo‘nalishi 3-bosqich rus guruhi talabalari professor A.Egamberdiyev boshchiligida tashrif buyurishdi.

🔹Tashrif chog‘ida talabalarni O.Z. Abdullayev korxonaning tarixi, xaritalarni nashrga tayyorlash va nashr qilish, ishlab chiqarish jarayonlari bilan batafsil tanishtirdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔰Joriy yilning 19-may sanasida Kadastr agentligi Jahon bankining “O‘zbekiston hukumatini barqaror urbanizatsiya uchun zarur bo‘lgan muhim islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashni chuqurlashtirish” doirasida Ashna Matema boshchiligidagi “Uy-joy sektorini o’rganish” Missiyasini qabul qildi.

💠Uchrashuv doirasida tomonlar:
🔹Agentlikning uy-joy sektorida tutgan roli;
🔹O’zbekistonda yer va mulkni ro'yxatga olish jarayoni;
🔹Ro'yxatga olingan ko'chmas mulkning qiymati, ro’yxatga olish jarayoni;
🔹Yerlarni qishloq xo'jaligida foydalanishdan boshqa toifaga o'tkazish;
🔹Uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish tartibi kabi masalalar bo’yicha fikr almashdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #huquqiy_targibot

🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini IT-texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo‘limi bosh mutaxassisi N.Eshnazarov va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassisi F.Husenovlar agentlik xodimlariga tushuntirib berdilar.

🔹O'tkazilgan seminarda agentlik xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"FARG'ONADA YER NAZOARTI BO'YICHA ISHLAR QANDAY?!"

Batafsil "Mobil Rakurs" dasturining lavhasida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🇺🇿Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Yer tuzish va kompleks loyihalash bo'limi hodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida olib borilayotgan xatlov ishlari haqida "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturidan lavha.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Kadastr xizmatidan telefon orqali foydalanish🔹

📱Axborot turidagi davlat xizmatlarini, jumladan, maʼlumotnomalarni avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz (mobil aloqa orqali USSD soʻrovi bilan) olish tartibi hozirda joriy etilgan.

📲 Mobil aloqaga so‘rovnoma yuborish orqali kadastr obyektiga taqiqni aniqlash va bir qancha maʼlumotlarni avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz olish imkoniyati sizda mavjud.

📲 Buning uchun telefoningiz orqali *1148# USSD soʻrovini yuborishingiz va Sizga kerakli xizmat turini tanlashingiz kifoya.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Sirdaryoda nomsiz ko‘chalar, raqamsiz uylar, takrorlanuvchi ko‘cha nomlari qolmaydi

📄Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt