KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
25.9K subscribers
6.69K photos
1.21K videos
4 files
3.87K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Туркий давлатлар ташкилоти доирасидаги Ҳарбий ва фуқаролик картография идоралари раҳбарларининг 1-йиғилиши бўлиб ўтди.

🟢Жорий йилнинг 30 сентябрь - 1 октябрь кунлари 🇹🇷Туркия Республикасининг пойтахти Анқара шаҳрида 🌟Кадастр агентлиги директори Ф.Пулатов бошчилигидаги делегация Туркий давлатлар ташкилоти (ТДТ) доирасидаги Ҳарбий ва фуқаролик картография идораларининг илк раҳбарий учрашувида иштирок этди.

Тадбир бошида сўзга чиққан Миллий мудофаа вазири ўринбосари Шуай Алпай томонидан технологиянинг жадал ривожланиши ва ўзгариши, хариталар ва географик маълумотларни ишлаб чиқариш ва тақдим этишда ҳамкорликни туркий дунёнинг муҳим қадами дея эътироф этди.


📄Йиғилиш кун тартибидан:

💘ТДТга аъзо давлатларнинг соҳадаги фаолияти ҳамда стратегиялари билан танишиш;
💘 геодезия ва картография фаолияти билан танишиш;
💘 мазкур йўналишда Ўзбекистонда амалга оширилган ислоҳотлар билан иштирокчиларни таништириш каби масалалар ўрин олди.


➡️Шунингдек, тадбир доирасида бир қатор идора раҳбарлари билан учрашувлар бўлиб ўтди.

🔘Жумладан, 🌟Кадастр агентлиги ва 🇹🇷Туркия Республикаси Ерни рўйхатга олиш ва кадастр бош бошқармаси ўртасида идоралараро учрашув ўтказилди. Жорий йилнинг 6 июнь санасида Ўзбекистон-Туркия олий даражадаги Стратегик ҳамкорлик кенгашининг учинчи йиғилиши доирасида 🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 🌟Кадастр агентлиги ҳамда 🇹🇷Туркия Республикаси Атроф-муҳит, шаҳарсозлик ва иқлим ўзгариши вазирлиги ҳузуридаги Ерни рўйхатга олиш ва кадастр бош директорати ўртасида имзоланган ҳамкорлик тўғрисида Баённома ижроси юзасидан кўчмас мулкни рўйхатга олиш, давлат хизматлари, ахборот тизимлари, соҳага доир норматив ҳуқуқий ҳужжатлар ва малака ошириш йўналишларида тажриба алмашиш кўзда тутилган идоралараро Ҳаракатлар режаси имзоланди.


#Kadastr_agentligi #Xalqaro_uchrashuvlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг сентябрь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining delimitatsiya va demarkatsiya qilish yuzasidan ikki tomonlama tasdiqlangan
2024-yil uchun mo‘ljallangan uchrashuvlar Reja-jadvallariga muvofiq Kadastr agentligi masʼullari, qo‘shni davlatlar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarida ishtirok etib kelmoqdalar.

Bunda, 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi manfaatlaridan kelib chiqqan holda Davlat chegarasi chizig‘ini o‘tishi yuzasidan belgilangan tartibda takliflar tayyorlandi hamda tegishli vazirlik, idoralar va hududiy komissiya vakillari bilan kelishilgan holda Hukumat komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etib kelinmoqda.


🇰🇬Qirg‘iziston yo‘nalishi bo‘yicha, 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi va 🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlari doirasida 5 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, shuningdek, 3 ta dala topogeodeziya ishlari bajarildi.

🇹🇯Tojikiston yo‘nalishi bo‘yicha, 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi va 🇹🇯Tojikiston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining o‘zbek-tojik Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlari doirasida 5 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, shuningdek, uchrashuv doirasida 1 ta qo‘shma dala topogeodeziya ishlari bajarildi.

🇹🇲Turkmaniston yo‘nalishi bo‘yicha, 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi bilan 🇹🇲Turkmaniston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo Qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining 6 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi hamda 2 ta dala topogeodeziya ishlari bajarildi.

➡️Bugungi kunda, o‘zbek-qirg‘iz, o‘zbek-tojik va o‘zbek-turkman Davlat chegaralarini demarkatsiya qilish ishlari jarayonni davom ettirilmoqda.


#Kadastr_agentligi #Davlat_chegarasini_delimitatsiya_demarkatsiya_qilish

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayolga e’tibor- millat kelajagining kalitidir


💠Bugun Toshkent Geodeziya va Kartografiya kasb-hunar texnikumida 🌟Kadastr agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator xotin-qizlar uchun "Xotin-qizlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda diniy ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatni shakllantirish" mavzusida seminar trening hamda sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Tadbirni 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A. Abdullayev, otinoyilar hamda psixologlarning oila va jamiyatda ayollarni o‘rni, farzandlar tarbiyasidagi onalarning vazifalari mavzularida ma’ruzalari, kadastr ayollarining bu boradagi fikr mulohazalari tinglandi.

➡️Seminar davomida sayyor qabul tashkil etilib, tizimda faoliyat yurituvchi xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi hamda yechim topish borasida huquqiy maslahatlar berildi.

#Kadastr_agentligi #seminar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM