KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.6K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.32K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bilan quyidagi havolalar orqali tanishib oling.

✔️ Qonunning 4-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 5-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 6-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 7-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 8-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 9-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 10-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 11-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 12-moddasi haqida


#Kadastr_agentligi #937_son_qonun #qonun_haqida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya
bo‘limi tomonidan 2024-yil boshidan 1-sentabr kuniga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi.

47 720 kv.km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi;
55 800 kv.km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi;
3 696,9 ming kv.km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi;
46 900 kv.km maydonda topografik xaritalar yangilandi;
4 520 ta suratlarni planli va balandli bog‘lash;
1 249,5 km nivelirlash ishlari;
888 ta geodezik o‘lchov ishlari bajarildi;
69 100 kv.km. maydonda ochiq turdagi xaritalar yaratildi;
69 100 kv.km. maydonda topografik xaritalar nashrga tayyorlandi;
36 600 kv.km. maydonda topografik xaritalar chop etili;
14 800 kv.km. maydonda Samarqand viloyatining Interaktiv raqamli xaritasi yaratildi;

➡️Shuningdek, Kadastr agentligiga hududiy komissiyalar hamda vazirlik va idoralar tomonidan 45 847 ta geografik obyektlarga nom berish bo‘yicha takliflar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 QONUN TARG‘IBOTI

⭐️ Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Fayoziddin Berdiqulovning "Andijonoma" gazetasida "Hayotiy muhim hujjat imzolandi" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi.

🗣 Unda O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 Joriy yilning 5-avgust kuni imzolangan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun orqali endilikda fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan hujjatlarni qo‘lga kiritishlari mumkin, – deydi Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Ro‘ziqulov sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilar ekan.

🔴 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino inshootlar ishlab chiqilgan reja-jadvalga asosan amalga oshiriladi va ushbu reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanib, jamoatchilikka OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi.

Batafsil: UZA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 RESPUBLIKA BO'YICHA DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZILGAN YER UCHASTKALARI


📝2024-yil 4-sentabr holatiga ko'ra:
Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer uchastkalari - 1 553 042 ta, 41 604,0 (ming gektar)ni tashkil qilmoqda;

▶️Shundan:

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar - 23 667,6 (ming gektar)
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar - 230,8 (ming gektar)
O'rmon fondi yerlari- 11 042,3 (ming gektar)
Suv fondi yerlari - 756,8 (ming gektar)
Tabiatni muhofaza qilish va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - 4 165,1 (ming gektar)
Aholi punktlari yerlari - 9,3 (ming gektar) ni tashkil qilmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN ⚡️

🌟 Kadastr agentligi Andijon va Toshkent viloyatlari boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlariga ochiq, mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

➡️Andijon viloyati:
🟢 Kadastr agentligi Xonobod shahar bo'limi yetakchi inspektori.

➡️Toshkent viloyati:
🟢 Bekobod shahar bo‘limi Bosh inspektor lavozimiga;
🟢 Bekobod shahar bo‘limi yetakchi inspektor lavozimiga;
🟢 Ohangaron shahar bo‘limi Bosh inspektor lavozimiga;

💻 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🫥 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

#vakansiya #Toshkent_viloyati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣ТАЙИНЛОВ

👍Кадастр агентлиги директорининг тегишли буйруғи билан 👍Кадастр агентлиги Хоразм вилояти бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи лавозимига Жумабаев Бехзод Мадаминович тайинланди.

🔠Бехзод  Жумабаев шу кунга қадар💫Давлат кадастрлари палатаси Хоразм вилоят бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият юритган.

👍Кадастр агентлиги жамоаси Б.Жумабаевни келгуси ишларида муваффақиятлар тилайди.

#кадастр #тайинлов #табрик

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi


⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺Abdushukur Abdullayev Kadastr sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliygoh mas'ullari bilan fikr almashdi🔺

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev va Urganch Davlat Universiteti rektori Baxrom Abdullayev ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️Mazkur uchrashuvda shuningdek 🌟Kadastr agentligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shovkat Olimov, 🌟Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig'i v.b Bexzod Jumabayevlar qatnashdi hamda sohada kadrlar tayyorlash bo'yicha fikrlar almashildi.

➡️Muloqot davomida ish beruvchilar bilan kadastr yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini yanada takomillashtirish, zamon talablariga mos chuqur bilim, malaka va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi


❗️ Farmonga ko‘ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🔼 Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig‘ida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

📁 Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi.

🔍 Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qarori qabul qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM