🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari
⏺ Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi
Nukus shahri inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida
"Botanika" MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz
37 kv.m yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda
O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.
⏺Andijon viloyati Izboskan tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida
Poytug‘ massivida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz
80,0 kv.m yer maydonini hech qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab savdo do‘koni qurib olganligi holati aniqlandi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.
⏺Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida
«Xamkon» MFY hududida fuqaro tomonidan
100.0 kv.metr yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda
O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.
⏺Farg‘ona viloyati Quva tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida
"Bahor" MFY Qayrag'och ko'chasi hududida fuqaro tomonidan
65 kv.metr qismi o'zboshimchalik bilan egallanib, noqonuniy qurilma qurib olgan holati aniqlandi. Shundan so‘ng yer qonunbuzilishni sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etildi.
📩 Telegram |
📩 Instagram |
📩YouTube | 📩 Facebook |
📩 Web-sayt