🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
TAYINLOV
🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Olimov Shovkat Komil o'g'li– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi.
◼️Shovkat Komil o'g'li – 1990 -yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tavallud topgan. 2013 - yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini hamda 2024 - yilda - O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasini tamomlagan.
◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
🌟 Kadastr agentligi jamoasi Sh.Olimovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi. #Kadastr_agentligi #tayinlov📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt