🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari⏺ Sirdaryo viloyati boshqarmasi
Guliston tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida
“Ahillik” MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan
80 kv.m yer maydoniga egallab olib
20 kv.m yer maydonida devor qurib olingani aniqlangan. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.
⏺ Namangan viloyati boshqarmasi
Pop tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida
“Ahillik” MFY dagi fuqarolar tomonidan magistral yo‘llar atrofidagi
110 kv.m noqonuniy inshootlar qurib olingani aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O’z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.
⏺ Samarqand viloyati boshqarmasi Samarqand shahar inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida
“Rudakiy” MFY, “Rudakiy” ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan, o‘zi yashab kelayotgan ko‘p qavatli uyning xonadoniga tutash hududdan “omborxona” sifatida foydalanish uchun
10, kv.metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, ushbu yer maydonida noqonuniy tarzda qurilish qilganligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.
⏺ Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro shahar inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida
"Afshor mahalla" MFY da fuqaro tomonidan
160 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlangan. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydoni oldingi holatiga qaytarildi.
📩Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube
| 📩 Facebook | 📩 Web-sayt