KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Xorazm viloyati boshqarmasi Hazorasp tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida fuqaro “Zehnli” MFYdagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, uning 142 kv.metr qismiga noqonuniy qurilmalar qurganligi aniqlandi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydoni oldingi holatiga qaytarildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “Altin jag‘is” MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonining tutash qismida qurilish ishlari olib borgani aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi. Shundan so‘ng, ushbu noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartaraf qildi.

Andijon viloyati boshqarmasi Xonobod shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan yer nazorat tadbirlari davomida Anxor mahallasi hududidagi 100 kv.metr yer maydoni fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab olinib, o‘zboshimchalik bilan naves inshooti qurib olganligi aniqlandi.

Samarqand viloyati boshqarmasi Narpay tuman bo‘limi tomonidan “Navro‘z” MFY hududida yer nazorati tadbiri o‘tkazildi. Unda “Bayg‘azon” qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan “O‘zbekiston” massivi hududidagi “Agro Pilla” MChJ klasteriga tegishli bo‘lgan yer maydoni hududidagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan hamda sug‘oriladigan 371-raqamli konturdan jami 627,0 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, 306 kv.metr qismiga noqonuniy qurilma qurib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Toshkent viloyati boshqarmasi Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida Fayzli MFY, Toshkent shoh ko‘chasidagi bir qator noqonuniy qurilmalar tegishli tartibda nazoratga olinib, ularning bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 Sessiya ishida Boshqarma boshlig‘ining axboroti tinglandi

🗓 Bugun, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining ellik oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda qator masalalar muhokama qilindi.

🟢 Jumladan, ⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Nodir Sidikovning “Jizzax viloyatining Samarqand, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari bilan ma’muriy-hududiy chegara chizig‘ini tasdiqlash to‘g‘risida”gi axboroti ham eshitildi.

🗣 Sessiya kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan yakunda Kengash qarorlari qabul qilindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Abdullayev boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🗣 Boshqarma boshliqlari va mas’ul mutaxassislari hamda zoom platformasi orqali bo‘lim va filial rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilish avvalida ⭐️ direktori o‘rinbosari A.Abdullayev tomonidan joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Yer nazorati, aholiga kadastr xizmatlarini ko‘rsatish yo'nalishi, xodimlarning malakasini oshirish masalalari, tizimda korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida joriy qilinayotgan ta’sirchan choralar xususida ma'lumot berildi.

Bo'lim boshliqlari va filial rahbarlarining sohaga doir takliflari tinglanib, kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarini davom ettirish, aholi o'rtasida yer qonunbuzilishi holatlarining huquqiy oqibatlarini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlarini ko'paytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan yer nazoratini amalga oshirishda kosmik suratlarni taqqoslash hamda dronlar yordamida o‘zboshimcha qurilmalarni aniqlash amaliyotidan doimiy foydalanib kelinmoqda.

🗣 Jumladan, Beshariq hamda Farg'ona tumanlarida amalga oshirilgan tadbirlar chog‘ida fuqarolar tomonidan yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, unda noqonuniy qurilishlar qilingani aniqlandi.

➡️ Batafsil "Farg‘ona" teleradiokanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

17-iyul kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: Ko‘chmas mulklarga oid ma’lumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.

🗣Matbuot anjumanda 🌟Kadastr agentligi mas'ullari ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni taklif qilamiz.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, hududda mavjud 43 432 ta huquqi e’tirof etilmagan uy-joylarni belgilangan tartib asosida yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini e’tirof etish uchun o‘tgan davr mobaynida tizimli ishlar olib borildi.

Batafsil "Renessans" telekanalining “Ovoza” informatsion dasturida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢 “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida trenerlar uchun treninglar bo‘lib o‘tdi.

🫥 Joriy yilning iyul oyidan boshlab Kadastr agentligi hamda Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida 5 bosqichli treninglarga start berildi.

🫥 Bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur treninglar “GNSS o‘lchovi hamda Suratlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish” yo‘nalishidagi kurslardan boshlangan bo‘lib, bosqich yakuniga qadar Web-GIS hamda QGIS yo‘nalishlarining bazaviy va ilg‘or darajalarini, shuningdek, LiDAR suratlarini qayta ishlash hamda sohaga doir dasturlash yo’nalishlarini qamrab oladi.

🌟Kadastr agentligi hamda uning tarkibiy tuzilmasidan saralab olingan trenerlarning bosqichli o‘quv dasturi O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasining Yer va fazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish malaka oshirish institutida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

#Kadastr_agentligi #xalqaro_uchrashuvlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM