KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.57K photos
1.05K videos
4 files
3.33K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥"Dolzarb 40 kunlik" doirasida Qashqadaryoda yer nazorat tadbirlari

🌟 Kadastr agentligi tizimida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Qashqadaryo viloyatida ham yer nazorat tadbirlari davom etmoqda.

◼️Shuningdek joylarda uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, unda yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy ravishda imorat qurganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar belgilanganligi, oqibatlari haqida fuqarolarga batafsil tushunchalar ham berilmoqda.

➡️Nasaf telekanalining "XABARLAR" informatsion dasturida ushbu nazorat tadbirlari haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥"Dolzarb 40 kunlik" doirasida hududlarda yer nazorat tadbirlari

Andijon viloyati Marhamat tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Toshyo‘li ko‘chasida yashovchi fuqaro M.M. tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 200.0 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati aniqlandi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Taraqqiyot MFY hududidan fuqaro A.Sh tomonidan yer maydoni hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan molxona qurib olganligi aniqlandi hamda yer maydonini davlat zahirasiga qaytarish yuzasidan yozma ogohlantirish xati berildi.

Buxoro viloyati Kogon shahar bo‘limi tomonidan Bunyodkor MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 9 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, yengil konstruksiyali qurilma qurilganligi aniqlandi. Ushbu yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qiziriq tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan Qishloqozon MFY hududida ichki yo‘l muhofaza hududidan o‘zboshimchalik bilan devor to‘sig‘I qurilgani aniqlandi hamda holat fuqaroning o‘zi tomonidan bartaraf qilindi.

Sirdaryo viloyati boshqarmasi Guliston shahar bo'lim inspektorlari tomonidan shaharning Ulug’obod MFY hududida tashkil etilgan bog’ning tuproq yo’llar bilan band qismida fuqaro tomonidan o’zboshimchalik bilan 0,128 kv.m qurilgan bino aniqlandi.

Navoiy viloyati Navoiy shahri Ishonch MFY hududidagi fuqaro R.M tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib 40 kv.metr yer maydonda qurilgan naves bartaraf qilindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥"Dolzarb 40 kunlik" doirasida Toshkent viloyatida yer nazorat tadbirlari

📍 Toshkent viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘lim xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tashkil qilinib, viloyatida hududida yer nazorati reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹 Xususan Bo‘stonliq va Toshkent tumanlaridagi yer nazorati tadbirlarida qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zboshimcha egallanib, molxona binosi qurilgani, yaylov yerlarida esa noma’lum fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik devorlar bilan o‘ralib, noqonuniy qurilish ishlari boshlab yuborilgan kabi holatlar aniqlandi.

🗣Tafsilotlar Nurafshon telekanalining “Nurafshon xabarlari” informatsion dasturi lavhasida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

Yerga oid qonun buzilishlarining oldini olish va mavjud holatlarni bartaraf etish maqsadida shu kunlarda yurtimizda 🌟Kadastr agentligi tomonidan dolzarb 40 kunlik o‘tkazilmoqda.

– O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish masalasida yangi qonun chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgach, ayrim shaxslar “harakat”ga tushib qoldi, – deydi 🌟Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Fozil Xudoyqulov.

➡️Batafsil: UzA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥"Dolzarb 40 kunlik" doirasida Samarqand viloyatida yer nazorat tadbirlari

📍Samarqand viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan o‘rganish ishlarida 654 ta holatda 192,74 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi va boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Qonunbuzarlarga berilgan tushuntirish va yozma ko‘rsatmalardan keyin 228 ta holat ixtiyoriy bartaraf etilib, 53,53 gektar yer dastlabki holatiga qaytarildi.

⚖️ 222 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan sud idoralariga da’vo arizalari kiritilib, 79 ta holatda 9,2 gektar yer maydonidagi qonunbuzilishi to‘g‘risida prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etilgan. Shu bilan birga, 321 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

🌟Agentlik tizimida e'lon qilingan "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Samarqand viloyatida ham yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. "Samarqand" telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida ushbu jarayonlar haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌎Yerga oid qonun buzilishlarining oldini olish va mavjud holatlarni bartaraf etish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi tomonidan "Dolzarb 40 kunlik" o‘tkazilmoqda.

📆O‘tgan haftada (29.04-05.05.2024) ushbu yer nazorat tadbirlari bir qator OAVlari orqali yoritildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 2
Andijon viloyati, 2
Buxoro viloyati, 2
Jizzax viloyati, 2
Farg‘ona viloyati, 2
Navoiy viloyati
Namangan viloyati, 2
Qashqadaryo viloyati, 2
Surxondaryo viloyati, 2, 3
Samarqand viloyati, 2
Toshkent viloyati, 2
Xorazm viloyati
Toshkent shahri, 2

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️Andijon viloyatining Andijon tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida 58 ta yer qonun buzilish holatlari aniqlandi.

📃 Tushuntirish targ‘ibot tadbirlari natijasida aniqlargan yer qonun buzilish holatlarining 22 tasi fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi. 33 ta holatni majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

▶️ Batafsil Andijon telekanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr yo‘nalishida davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, raqobatbardosh muhitni shakllantirish, tadbirkorlikning kadastr yo‘nalishida rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va bu orqali tizimda bir necha samarali natijalarga erishish maqsadida sohadagi davlat organlari funksiyasi xususiy sektorga o‘tkazilmoqda.

🗣Bu borada Agentlik tizimida Kadastr muhandislari reyestri shakllantirilib, talabgorlarning qo‘yilgan talablarga mos kelishini tekshirish maqsadida komissiya tomonidan malaka imtihonlari ham tashkil etilmoqda.

Imtihon natijalari hamda har bir kadastr muhandisiga berilgan malaka shahodatnomalari yagona reyestrda kiritib borilmoqda.

➡️Kadastr muhandislari reyestri

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📍Sharof Rashidov tumanidagi yer nazorati tadbirlarida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olinib, noqonuniy qurilish qilingan holatlari aniqlandi.

🗣Tafsilotlar Jizzax telekanalining “Diyor yangiliklari” hamda Jizzax shahar telekanalining "Zamin axborot" informatsion dasturlari lavhasida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Hududlarda yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda.

🔹Zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va ellikga yaqin dronlar yordamida yurtimiz bo‘ylab yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurish holatlari aniqlanmoqda. Xo‘sh, bugungi kunda Farg‘ona viloyatida bu borada qanday ishlar olib borilmoqda?

⭐️Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati boshqarmasi boshlig‘i Murod Fayzullayev, Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Mashrapov joylarda jarayon bilan tanishdi.

Batafsil: Uza maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғига ташриф буюриб, “Матонат мадҳияси” ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Парк Победы и возложил цветы к подножию памятника "Ода стойкости".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X