KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.57K photos
1.05K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#kadastr_raqamlarda

🌟 Жисмоний ва юридик шахслар эгалигида бўлган кўп қаватли уйлар ва квартиралар рақамларда. (2023-йил 1-май ҳолатига)

Республика бўйича жами:

🏢 Кўп қаватли уйлар - 43 102 та, квартиралар – 1 449 281 та.

Энг кўп
Кўп қаватли уйлар Тошкент шаҳрида 11 125 та уй, 531 465 та квартира.
Тошкент вилоятида - 5076 та уй, 164 900 та квартира.

➡️2, 4 ва 5 қаватли уйлар республикамизда бошқаларига нисбатак кўпроқ қурилган:
2 қават -
15 509 та уй, 213 378 квартира;
4 қават - 14 720 та уй, 617 937 та квартира;
5 қават - 6082 та уй, 284 972 та квартира.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #kadastr

🏢 Davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha obyektlarini UZKAD tizimiga kiritish bo'yicha Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

‼️DIQQAT EʼLON‼️

📣 Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🟢 Aholining 🌟Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 19-may kuni soat 09:30 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

➡️ Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

⭕️ Manzil: Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani Sh.Rashidov ko‘chasi 26-uy ( Mo‘ljal: musiqa maktabi binosi, Qo‘shko‘pir tuman bog'i ro‘parasi )

☎️ Murojaat uchun: +998 (62) 224-67-05

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati ma'muriy binosiga ham energiya tejovchi quyosh panellari o'rnatilgandi. Mazkur zamonaviy qurilma bosqichma- bosqich barcha hududiy boshqarmalarga ham o'rnatilmoqda.

💬 "Янги Ўзбекистон" gazetasining rasmiy saytida mazkur jarayon boyicha ma'lumot taqdim etildi:
https://yuz.uz/news/kadastr-sohasi-tashkilotlariga-quyosh-panellari-ornatilmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #davlat_xizmatlari

🌟Kadastrga murojaat qildingiz, ammo murojaatingiz qaysi jarayondaligini bilmaysizmi? Endilikda ⭐️Kadastr agentligi tomonidan ko'rsatiladigan bir nechta davlat xizmatlari jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

🔽 BULAR:🔽

💠Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha;
💠 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha arizalar;
💠 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha arizalar;
💠 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish;
💠 Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
💠 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma olish;
💠 Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish.

⚠️ Eslatib o'tamiz: Ko'chmas mulk obyektlari bilan bog'liq bir qancha xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro

🌟 Kadastr agentligi vakillari hamda 🇧🇪 Belgiyaning Moskvadagi elchixonasi mas’uli, Vallon va Bryussel mintaqalarining iqtisod va savdo bo‘yicha maslahatchisi Erik Bletar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda:

🟢 Belgiya kompaniyalari bilan uchuvchisiz uchar apparatlariga xizmat ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilish imkoniyati;
🟢 “Geoinnovatsiya markazi” DUKning O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishning rivojlanishidagi o‘rni;
🟢 UUAni qo‘llash eng ko‘p talab qilinadigan tarmoqlar;
🟢Agentlik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #Surxondaryo

Respublikamiz bo'ylab “Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🟢 Xususan, Suxrondaryo viloyatining Sariosiyo tumani filiali xodimlari tomonidan tumanning Feruz, Sarijar, Marjona, Xulkar va Gulobod mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilgan.

📃Ma’lumot: yil boshidan hozirgi kunga qadar Sariosiyo tumani filialiga 109 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 109 ta murojaatdan 52 ta ijobiy hal qilingan, 49 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 6 ta rad etilgan.


🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

💠 Boshqarmaning birinchi chorakdagi ish faoliyati tahliliy koʻrib chiqildi 💠

⭐️Kadastr agentligining 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi J.Karimov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda koʻrib chiqildi.

🟢Batafsil UzA maqolasida

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #komplayens #korrupsiya

⭐️Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda⭐️

🌟Kadastr sohasida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga sharoit yaratadigan yo'llarni bartaraf qilish, noqonuniy hatti-harakatlarga yo'l qo'ymaslik, xodimlarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

🌐Quyida hududlardagi tadbirlar:
🟢 Namangan viloyati
🟢 Surxondaryo viloyati
🟢 Farg'ona viloyati
🟢 Qashqadaryo viloyati
🟢 Buxoro viloyati
🟢 Xorazm viloyati

⚡️ Yaqinda “Cert international” tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilib 🌟Kadastr agentligi ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga loyiq deb topilganligi haqida xabar bergan edik.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xatlov

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer maydonlarini xatlovdan o'tkazish ishlari va “UzKAD” axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ushbu ishlarga ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari, shuningdek, ⭐️Respublika Aerogeodeziya markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limidan tashkil topgan ishchi guruhda 400 nafardan ortiq xodim jalb qilingan.

🏗 Amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish va yer maydonlarining aniq o‘lchovlarini olish maqsadida viloyatlardan jami 25 nafar kadastr xodimlari geodezik texnikalar bilan jalb qilingan.

🗺 Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 16 million 656 ming 123 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, 468,8 ming gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonida xatlov ishlari olib borilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM