KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.6K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.32K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Toshkent shahrida yil boshidan bugungi kungacha 1 ming 597 ta yer maydonlarida qonun buzilish aniqlangan

🔵Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan yer nazoratiga oid qonun buzilish holatlar aniqlangan.

🔵 Shular yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashxodjayev O‘zA muxbiriga quyidagilarni maʼlum qildi.

📌Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#xalqaro_uchrashuv #hamkorlik_2022

⚡️Joriy yilning 27-sentabr sanasida Kadastr agentligida GEOTWO Co.LTD ijrochi direktori Kim Hyunsu va Agentlik direktori o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov boshchiligida IT hamda BPO masalalarida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Uchrashuvda GEOTWO Co.LTD kompaniyasining geoaxborot texnologiyalari borasidagi yechimlari, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarining funksional afzalliklari, ma'lumotlarga o'zgartirish kiritish tartibi, tizimdan foydalanishda ma'lumotlarning tashqi ta'sirdan himoyalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

📌Ma’lumot uchun: “GEOTWO Co.LTD” 2000-yilda Koreya Respublikasida tashkil etilgan mustaqil geoaxborot kompaniyasi bo‘lib, Koreyaning geografik va fazoviy axborot sanoatida eng ilg‘or va yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #bilib_olgan_yaxshi #bu_qiziq

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq endilikda Kadastr bilan bog'liq 8 turdagi davlat xizmatlarini YaIDXM (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)da elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🟢 Bular quyidagilar:

1. Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish.
2. Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
3. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
4. Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish.
5. Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish.
6. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun).
7. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun).
8. Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

📌Farmonni batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uzbekistan #SCO2022Samarkand

⚡️ШҲТнинг Самарқанд саммити якуни бўйича 5 та факт.

📌Батафсил видеороликни томоша қилинг.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
АОКА, Миллий масс-медиани қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш жамоат фонди ва ЮНЕСКО ҳамкорлигидаги халқаро конференция ўз ишини бошлади

Бугун, 28 сентябрь куни “International Hotel Tashkent” меҳмонхонасида Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги, Миллий масс-медиани қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш жамоат фонди ҳамда ЮНЕСКО ҳамкорлигида ташкил этилган “Сунъий интеллект, электрон бошқарув ва ахборот эркинлиги” мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтмоқда.

Анжуман 28 сентябрь – Халқаро ахборотдан эркин фойдаланиш куни муносабати билан ташкил этилган бўлиб, ундан кўзланган мақсад дунё миқёсида ахборот олиш имкониятларини кенгайтиришда амалга оширилаётган ишлар таҳлили, давлат органларининг маълумотларни етказишда шаффофлик ва очиқлик сиёсатига риоя этишлари ва соҳада эришилаётган муваффақиятлар, янгиликлар тақдимоти билан таништиришдан иборат.

Тадбир гибрид форматда бўлиб ўтади. Унда маҳаллий ва хорижий соҳа мутахассислари ва экспертлар, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва ахборот сиёсати масалалари бўйича масъул қўмита раислари, мутасадди давлат органлари ва ташкилотлари раҳбариятлари ҳамда матбуот котиблари иштирок этмоқда.

Шунингдек, тадбир жараёнларини кенг ёритиш мақсадида маҳаллий ва хорижий оммавий ахборот воситалари вакиллари ҳам таклиф этилган.

Халқаро конференция эртага, 29 сентябрь куни ҳам соҳа йўналишлари бўйича бир нечта шўъбаларда ишини давом эттиради.

Бугун конференция доирасида ташкил этилган тадбирда Тошкент декларациясини қабул қилиш кўзда тутилган.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
#Kadastr #sayyor_qabul

⚡️Ayni damda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Tulqin Mansurovich boshchiligida sayyor qabul boshlandi.

📝Mazkur qabulga fuqarolar Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolar bo'yicha murojaat qilishmoqda.

📌Sayyor qabul natijalari bo‘yicha batafsil yana ma’lumot beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Sirdaryo viloyatida 303 ming gektardan ortiq yer maydonlari raqamlashtirildi

🔰Sirdaryo viloyatida 16 mingdan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning 303 ming gektardan ortiq yer maydonlari raqamlashtirildi va elektron xaritada aniq joyi, chizmasi va chegarasi haqidagi ma’lumotlar Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimiga kiritildi – deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Burxon Minasipov

📌Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Andijon #yer_nazorati

📊Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan "Yer va kadastr" sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo'llanilgan ma'muriy jarimalar to'g'risida ma'lumot.

📌Batafsil: Infografikada

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹DKP raisining sayyor qabuli🔹

⚡️ Ayni dam, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Kamolovich Valiyevning fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabuli boshlandi.

🔵 Tadbir avvalida palata raisi tomonidan sohaga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shundan so‘ng, har bir murojaatchining kadastrga oid savollari va muammolarini o‘rganish boshlandi.

🔵 Sayyor qabul natijalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt