KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 10% miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🔰Shu sababdan ham Kadastr agentligi sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

⚡️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Farg‘onada yer nazorati bo‘yicha ishlar qanday?

"Yer qonunbuzilish holatlarini sodir etgan shaxslar tomonidan qurilgan qurilishlarni buzdirish hamda yer maydonlarini tuman zaxirasiga qaytarish maqsadida sudlarga daʼvo arizalari kiritildi" - deydi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo‘lim boshlig‘i Muzaffar Turg‘unov

📌Batafsil: https://nuqtainazar.uz/archives/8146

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📄 “Andijonnoma” gazetasining 46-47-sonlarida “Turar-joylar mahallabay kesimida UZKAD dasturiga kiritilmoqda" mavzusida maqola chop etildi.

📄 Mazkur maqolani “Andijonnoma”ning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ham o'qishingiz mumkin bo’ladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #infografika

📊Kadastr agentligiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#TEST

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan har qanday huquq vujudga kelgandan so‘ng qancha muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak?
Anonymous Quiz
40%
15 kun muddatda
5%
20 kun muddatda
55%
1 oy muddatda
#huquqiy_bilim

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

📝 so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🏢 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

❗️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

📌Huquqiy asos

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

🔴2 million 600 ming aholi xonadonlariga kadastr hujjati qilib berilishi rostmi?

📌Batafsil videoni tomosha qiling va savollaringizga javob oling.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #infografika

❗️Mol-mulkni o‘zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi daʼvolar yuzasidan davlat boji olinmaydi.

📌Batafsil infografika orqali tanishing.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Mustaqillik, istiqlol, iftixorim, g‘ururimdir🔹

🇺🇿 Bugun, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari o'tkazildi. Unda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Allaberganov va A.Abdullayev hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev ishtirok etib, davlatimiz mustaqilligi bilan barcha yig‘ilganlarni qutladilar.

🇺🇿 Markaziy apparat va hududiy boshqarmalardan ko‘p yillar davomida jonkuyar xodim sifatida namuna bo‘lgan kadastrchilar taqdirlangan mazkur tantanali tadbir haqida yana batafsil ma’lumot beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#matbuot_anjuman

🔴 Айни дамда “Мулк ҳуқуқининг дахлсизлигини ишончли ҳимоя қилиш, мулкий муносабатларга асоссиз аралашувга йўл қўймаслик, хусусий мулкнинг капиталлашув даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони мазмун-моҳиятига бағишланган матбуот анжумани бошланди.

Унда Олий Суд, Адлия вазирлиги масъуллари ҳамда Кадастр агентлиги директор ўринбосари Мирсаид Мирмаксудов иштирок этмоқда.

Матбуот анжуманни Узрепорт ҳамда Ўзбекистон24 телеканали орқали жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#matbuot_anjuman

Фармон билан 2023 йил 1 январдан бошлаб Кадастр ва кўчмас мулкларни рўйхатдан ўтказиш интеграцион ахборот тизими (UZKAD тизими) кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларнинг давлат реестри ҳамда кўчмас мулк объектлари ҳақидаги маълумотлар юритиладиган, маълумотларининг ҳақиқийлигини ва ишончлилиги давлат томонидан кафолатланадиган ягона ахборот тизими этиб белгиланди.

Кадастр агентлиги директори ўринбосари
Мирсаид Мирмаксудов.
#matbuot_anjuman

UZKAD тизимига Гаров реестри, "Нотариус" ААТ, Кўчмас мулк объектлари манзиллари ягона реестри, Тадбиркорлик субъектлари ягона давлат реестри, Ўзбекистон Республикаси солиқ тўловчиларининг ягона реестри, "Давлат мулки" ахборот тизими, Нодавлат нотижорат ташкилотлар ва уларнинг бўлинмалари реестри, лицензиялар, рухсат этиш хусусиятига эга ҳужжатлар ва хабарномалар реестрлари ва кўчмас мулк объектларига оид маълумотлар юритилаётган бошқа барча давлат ахборот тизимлари интеграция қилинади ҳамда реал вақт режимида онлайн маълумот алмашинуви йўлга қўйилади;

онлайн маълумот алмашинуви пайтида кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқ қоғоз шаклида ёки бошқа ахборот тизимида давлат рўйхатидан ўтказилганлиги, шу сабабли UZKAD тизимида бўлмаганлиги аниқланган тақдирда, уч кун ичида ушбу ҳуқуқ UZKAD тизимида ҳақ ундирмасдан ва ариза талаб қилмасдан давлат рўйхатидан ўтказилади ва маълумот тақдим этилади;

кўчмас мулк билан боғлик, битимларни расмийлаштириш ва давлат рўйхатидан ўтказиш UZKAD тизимидаги маълумотлар асосида амалга оширилади, кўчмас мулк ҳақида ушбу тизимда бўлмаган бошқа маълумотларни талаб қилишга йўл қуйилмайди, маълумотларнинг ҳаққонийлиги давлат томонидан кафолатланади;

жисмоний ва юридик шахсларга солиқларни ҳисоблаш, нотариал ҳаракатларни расмийлаштириш, давлат хизматлари, банк, коммунал, суғурта ва бошқа оммавий хизматларни кўрсатишда кўчмас мулкка оид барча маълумотлар тегишли давлат органлари ҳамда хизмат кўрсатувчи шахслар томонидан UZKAD тизимидан олинади;

Кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларнинг давлат реестрига киритилган ёзувлар ва кўчмас мулк объектлари бўйича "мулк тарихи"га оид маълумотлар жисмоний ва юридик шахслар учун очиқ бўлади ва улардан ҳақ эвазига Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали фойдаланилади.

Кадастр агентлиги директори ўринбосари
Мирсаид Мирмаксудов.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

Mirsaid Mirmaksudov, Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari:

Farmonda Kadastr agentligiga belgilangan vazifalar xususida maʼlumot.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксаройда мамлакатимиз мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан тақдирланганларга давлат мукофотларини топширди.

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 31-й годовщины независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #Mustaqillik #mukofotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter