KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.32K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda

🔰Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi mazmun-mohiyati muhokamasiga bag‘ishlab matbuot anjumani tashkil etildi.

Batafsil ®️UzA

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Xorijiy_tajriba

Bilimlar almashinuvi bo’lib o’tmoqda.

Ayni damda Jahon Bankining yer siyosati bo'yicha konsultanti David Egiashvili hamda Kadastr agentligi xodimlari o'rtasida yer ma'muriyatchiligi, yer va kadastr nazorati, 🇬🇪 Gruziyada yer va kadastr sohasida amalga oshirilgan islohotlar mavzisuga bag'ishlangan bilimlar almashinuvi bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumot uchun: Xorijiy ekspert 1990-yillarning oxirida Gruziyada yer bozori/roʻyxatga olish siyosatini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan bo'lib, 2004-2006 yillarda Gruziya Davlat reestri milliy agentligiga (NAPR)rahbarlik qilgan. Ushbu davrda Davlat reestri milliy agentligida amalga oshirilgan islohotlar Jahon banki va IFC tomonidan o‘tkazilgan “Biznesni yuritish 2006” reytingida eng yaxshi islohotlar deb topilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 100 ta texnik loyiha hamda 54 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 42 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 12 049 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 57 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #auksion #ma_lumot

POYTAXTDAN AUKSIONGA TAQDIM ETILGAN YERLAR

📊Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2022-yil boshidan shu kunga qadar poytaxtning 12 ta tumanlarida auksion savdolariga ko‘rib chiqish uchun taqdim qilingan yerlar haqida maʼlumot beramiz.

📊Toshkent shahridan auksionga taqdim etilgan yerlar, qurilish maqsadlari kesimidagi ko‘rinishi, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan auksionga taklif sifatida kiritilgan yerlar hamda savdoda sotilgan yerlar xususida turkum maʼlumotlar jamlangan.

📧Quyida ana shu maʼlumotlarning ikkinchisi - auksionga taqdim etilgan yerlarning qurilish maqsadlari haqida videoinfografikani taqdim etamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️"Kadastr agentligi yer va kadastr nazoratchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, sohadagi dolzarb masalalar" mavzusida o'tkazilgan matbuot anjumani "BU KUN" informatsion dasturi nigohida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #huquqiy_targibot

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 14-apreldagi 183-son qarori mazmun-mohiyatini Yer va kadastr nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ahmedov Nodirjon agentlik xodimlariga tushuntirib berdi.

🔹O'tkazilgan seminarda agentlik xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Huquqbuzarlar 22 milliard so‘mdan ortiq ma’muriy jarimadan ozod etildi.

🔰Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga tegishli huquqiy normativ hujjatlarga asosan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallashni aniqlash, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatini aniqlash, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish vazifasi belgilangan.
#Kadastr #Aerogeodeziya #Maqola

📜Respublika aerogeodeziya markazi direktori Omonov Akmal Solijonovichning "Yangi Oʻzbekiston" gazetasining ruknida "Kosmo va aerosuratlar" nomli maqolasi chop etildi. Ushbu maqolada yurtimizdagi turli soha vakillari hamda aholining barcha qatlamlari bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan bugungi zamon talabiga javob beradigan aerosuratlar, yuqori aniqlikda tasvirlangan xaritalar va respublikamizning turli hududldrida oʻrnatilgan GNSS stansiyalar tarmoqlari haqida xalqona tushuncha berilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Ommaviy axborot vositalari biz haqimizda▫️

🔷Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan uy-joy joylashgan yerlar xususiy mulkka aylanmoqda.” Mazkur mavzu yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi mas'ullari O‘zbekiston 24 telekanalining “Студия 24” ko‘rsatuvida ishtirok etishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⁉️Fazoviy ma’lumotlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

🌐Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamlashtirish va innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib elektron bazalar, geografik axborot tizimlari va veb-portallar yaratilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 KADASTR AGENTLIGI “YOSH NOVATORLAR” KO’RIK TANLOVIGA START BERADI.

Tanlov shartlari:
1️⃣ Innovatsion g’oyangiz yoki ishlanmangizni [email protected] pochta manziliga 23 iyunga qadar yuborishingiz kerak.
2️⃣ Kadastr agentligi tizim tashkiloti xodimi bo’lishingiz lozim.

Eng yaxshi yosh novatorlar komissiya tomonidan tanlab olinadi va final bosqichiga taqdimot qilish uchun chaqiriladi.

🎁 Tanlov g’oliblari
1-o’rin – 10 mln. so’m.
2-o’rin – 6 mln. so’m.
3-o’rin – 4 mln. so’m.
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📣 Shoshiling balki aynan sizning g’oyangiz sohani umuman yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️Bugun — Butunjahon donorlar kuni

🔰Kadastr sohasida faoliyat olib borayotgan fidoyi xodimlar “14-iyun-Xalqaro donorlar kuniga bag‘ishlab davlat soliq xizmati organlarida ko‘ngillilik va ixtiyoriylik asosida “Onkogematologik kasalliklarni birgalikda yengamiz!” shiori ostida “Donorlik- o‘zimizga ham, o‘zgaga ham foyda” aksiyasida faol ishtirok etib qon topshirdilar.

🔹Quyidagi havolalarda bunga o'zingiz guvoh bo'lishingiz mumkin.

♦️Qoraqalpog'iston Respublikasi;
♦️Sirdaryo viloyati;
♦️Jizzax viloyati;
♦️Namangan viloyati;
♦️Navoiy viloyati;
♦️Farg'ona viloyati;
♦️Respublika aerogeodeziya markazi;

📌Shu o‘rinda Kadastr agentligi yurtdoshlarimizni beg‘araz donor bo‘lishga va yordamga muhtoj bemorlarga ko‘mak berishga chaqiradi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt