KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.2K subscribers
6.36K photos
1.16K videos
4 files
3.69K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 9-maydan 11-maygacha 🌟Kadastr agentligining ko‘chmas mulk obyektlari ma’lumotlar bazasida rejali tashkiliy-texnik (profilaktika) ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan quyidagi xizmatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin:

🟢 my.gov.uz portali orqali kadastrga oid elektron xizmatlar;
🟢 Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida kadastrga oid ma’lumotlardan foydalanish;
🟢 Davlat organlari va tashkilotlarning ko‘chmas mulk ma’lumotlari bilan ishlovchi axborot tizimlari o‘rtasidagi veb-xizmatlar.

Texnik ishlar yakuni bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

#kadastr_agentligi #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇦🇿🇺🇿 Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, turli OAV vakillari hamda O‘zbekistonning o‘ndan ziyod vazirlik va idoralari matbuot kotiblaridan iborat delegatsiya Ozarbayjonda bo‘lib turibdi.

📍 Delegatsiya tarkibida ishtirok etayotgan 🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi Ne‘mat Atamuratov Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati mas‘ullari hamda Davlat kadastri va ko‘chmas mulk reyestri tashkiloti raisi Nigyor Alimova bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuvda Ozarbayjon Respublikasida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, ularni OAVlar orqali yoritish, jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatishdagi tajribalar bo‘yicha fikr almashildi.

#Kadastr_agentligi #xalqaro_hamkorlik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida hamda hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardan doimiy xabardor bo'lishni istaysizmi

💡Unda quyidagi havolalar orqali istalgan hudud yangiliklaridan xabardor bo'lib borish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin:

🧷 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlari telegram kanallari:

🔘 💫 Davlat kadastrlari Palatasi
🔘 “Geoinnovatsiya markazi” DUK
🔘 ⭐️ Respublika aerogeodeziya markazi
🔘 🗺 "Kartografiya" DIICHK

🧷 🌟Kadastr agentligi hududiy boshqarmalari telegram kanallari:

🔘 Andijon viloyati
🔘 Buxoro viloyati
🔘 Jizzax viloyati
🔘 Qashqadaryo viloyati
🔘 Qoraqalpogʻiston Respublikasi
🔘 Namangan viloyati
🔘 Navoiy viloyati
🔘 Samarqand viloyati
🔘 Sirdaryo viloyati
🔘 Surxondaryo viloyati
🔘 Toshkent viloyati
🔘 Fargʻona viloyati
🔘 Xorazm viloyati
🔘 Toshkent shahri

#kadastr_agentligi #ijtimoiy_tarmoqlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Xolmurodov Muxiddin Shamsiddin o‘g‘li – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi M.Xolmurodovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tayinlov #milliy_markaz

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

20-may kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: Kadastr agentligi tomonidan O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini bajarilishi yuzasidan.

🗣Matbuot anjumanda 🌟Kadastr agentligi mas'ullari ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni taklif qilamiz.

#kadastr #matbuot_anjumani

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

🌟Kadastr agentligida korrupsion huquqbuzarliklar va noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori ijrosi doirasida Kadastr agentligiga yuklatilgan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi hamda joriy yilning may oyida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlandi.

➡️Batafsil: UzA maqolasida

#Kadastr_agentligi #Komplayens_xizmati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Andijon va Buxoro viloyatlarida | Oʻzbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ishlar natijalari tanishing:

📊 Andijon viloyati:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 25 448 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 12 974 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 12 788 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 186 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 8 351 ta
🔹 Muhokamada – 7 017 ta

📊 Buxoro viloyati:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 16 930 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 10 534 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 10 283 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 251 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 6 480 ta
🔹 Muhokamada – 5 452 ta

📌 Ushbu ko‘rsatkichlar fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

🕐 Hisobot 2025-yil 23-may holatida.

#Kadastr_agentligi #Etirof #937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM