KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.2K subscribers
5.83K photos
1.11K videos
4 files
3.46K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Aerogeodeziya #Toponimika #Seminar

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida" gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi "Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 1010-son qaroriga muvofiq, Geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri bazasi hamda koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri yuritilishini yanada jadallashtirishni tashkil qilish maqsadida Kadastr agentligi, Respublika aerogeodeziya markazi hamda Davlat Kadastrlar palatasi mutaxassislaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida sohadagi kamchiliklarni toʻliq bartaraf etish yuzasidan oʻquv-seminar shaklida amaliy yordam ishlari amalga oshirildi.

🗓Ishchi guruhlarning xizmat safari davom etmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔰Joriy yilning 16-21 may kunlari Kadastr agentligi vakillari Singapur Yer boshqaruvi administratsiyasi hamda BMT Global fazoviy ma’lumotlarni boshqarish qo‘mitasi (UN-GGIM) ekspertlari bilan birgalikda tashkillashtirilgan “Samarali yer boshqaruvi” mavzusidagi ekspertlar guruhi uchrashuvi hamda xalqaro seminarda ishtirok etdilar.

🔹Kadastr va geoaxborot tizimlari borasida global tajriba almashish maydoni bo‘lgan mazkur tadbirda Agentlik xodimlari:

💠Bino va inshootlar ma’lumotlarini modellashtirish yuzasidan Singapur va boshqa xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish;
💠Kafolatlangan yer va mulkiy huquqlarga nisbatan huquqlar, cheklovlar va majburiyatlar yuzasidan Jahon banki ekspertlari va boshqa xorijiy davlatlar taqdimotida ishtirok etish va fikr almashish;
💠Yer uchastkalari bo‘yicha ishonchli va sifatli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanish;
💠Singapur Yer boshqaruvi administratsiyasini institutsional o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#sayohat #kadastr_2022 #kasaba_uyushmasi

🏕 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–87-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Milliy dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi” 63-bandi hamda Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar, jumladan xotin-qizlar va yoshlar uchun joriy yiling 21-may kunida “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Kadastr agentligining Kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumaniga sayohat tashkil etildi.

🔰 Tadbirda xodimlar interaktiv o'yinlar o'ynash, so'lim go'shalarda sayr qilish orqali madaniy va maroqli xordiq chiqardilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
YER BERISH TARTIBINI BUZISH📃

Yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🟥 bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📌O‘sha harakat:

A) takroran sodir etilgan bo‘lsa;

B) sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga sabab bo‘lsa,

🟥 bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 229/4-moddasi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#onlayn_xizmatlar #kadastr #2022

🏠🏢📝 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish bo'yicha my.gov.uz portali orqali may oyida kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika

💻 Yagona portal orqali- 4 989 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 20 731 ta
Tugatilganlar - 12 819 ta
Rad etilganlar - 4 759
ta

Siz ham xizmatdan onlayn foydalanishingiz mumkin.
👇👇👇👇👇👇👇👇

Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏙Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar Davlat kadastrlari palatasining video lavhasida!

🔰 Mazkur maʼlumotda siz, Yetkazib berish quvurlarining joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#onlayn_xizmatlar #kadastr #2022

🏠🏢📝 Ko'chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo'yicha murojaat yo'llash bo'yicha my.gov.uz portali orqali may oyida kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika

💻 Yagona portal orqali- 205 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 0 ta
Tugatilganlar - 5 ta
Rad etilganlar - 174
ta

Siz ham xizmatdan onlayn foydalanishingiz mumkin.
👇👇👇👇👇👇👇👇

Ko'chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo'yicha murojaat yo'llash

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​🔰So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-son qaroriga muvofiq Kadastr agentligining «Geodeznazorat» axborot tizimi ishlab chiqildi.

💠Mazkur axborot tizimini ishlab chiqishdan asosiy maqsad geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni texnik loyiha va texnik hisobotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun arizalarni «Geodeznazorat» axborot tizimidan yuborilishini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

💠Bu bilan ortiqcha ovoragarchiliklar, buyrakratik to‘siqlar bo‘lmasligi taʼminlanib, murojaatlarning muddatlari buzilishlari oldi olinadi. Shu bilan birgalikda texnik loyiha va texnik hisobotlarning elektron reyestri yuritilib boriladi.

🔹Bugungi kunda ushbu axborot tizimi test rejimida ishlab kelmoqda, test rejimidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng barcha geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan yuboriladigan arizalarni tizim orqali yuborilishini taʼminlash ko‘zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⁉️Vodiyda yerlar to'liq nazoratga olingan. Buning uchun qanday texnikadan foydaniladi?

📹Respublika aerogeodeziya markazi
Farg‘ona hududlararo bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt