KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26K subscribers
6.2K photos
1.15K videos
4 files
3.62K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#xalqaro_uchrashuv #jahon_banki #kadastr

🔰 Bugun Kadastr agentligi direktor o’rinbosarlari A. Allaberganov, M.Mirmaksudov boshchiligida Jahon banki missiyasi rahbari Dmitriy Sivayev hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi xodimlari o’rtasida shaharlarni rivojlantirish tahliliy loyihasiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

❇️ Kun tartibidan - alohida shahar aglomeratsiyalari, Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan geoaxborot tizimining imkoniyatlari hamda alohida aglomeratsiyalarni o‘rganish doirasida Agentlik bilan hamkorlikning ehtimoliy bo‘lgan yo‘nalishlari va formatlari muhokamasi joy oldi.

📝 Tomonlar loyiha doirasida kerakli bo’lgan batafsil rekvizit ma’lumotlar bilan qayta tanishib chiqib, kelgusi hamkorlik yo’nalishlarini belgilab olishga kelishdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 66 ta texnik loyiha hamda 44 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 29 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 5 513 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 49 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #hayriya

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning raisligida 26-yanvar kuni O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilangan “Inson qadri uchun–100 maqsad” tamoyili doirasida Kadastr agentligi xodimlari Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Saxovat” uyiga borib keksa va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uyiga borib, ularning holidan xabar olishdi hamda Ramazon oyi munosabati bilan sovg‘alar taqdim qilishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔰Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida quyidagi texnik loyiha ishlari bajarildi:

🔹Ma’muriy-hududiy birliklar (shaharchalar, qishloqlar) chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov natijalari asosida 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000 masshtablardagi raqamli qishloq xo‘jaligi xaritalarini ArcGIS dasturida yaratish (yangilash) ishlari bo‘yicha 16 ta texnik loyiha va 17 ta texnik hisobot;

🔹Geodeziya va kartografiya ishlari bo‘yicha 1 ta texnik loyiha;

🔹Kartografiya va yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish ishlari bo‘yicha 1 ta texnik loyiha;

🔹Aerofotosuratga olish ishlari bo‘yicha 1 ta texnik loyiha;

🔹Geodeziya ishlari bo‘yicha 1 ta texnik loyiha;

🔹Kartografiya ishlari bo‘yicha 3 ta texnik loyiha;

🔹Topografiya ishlari bo‘yicha 2 ta texnik loyiha;

🔹Aerofotosuratga olish ishlari bo‘yicha 1 ta texnik loyiha;

🔹Geodeziya ishlari bo‘yicha 1 ta texnik loyiha;

🗂Jami bajarilgan ishlar 27 ta texnik loyiha va 17 ta texnik hisobotdan iborat.
#Vakantkadastr

🔻Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sayhunobod tumani bo'limida:

— Boyovut tumani bo'limi yetakchi inspektori

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌙Ramazon oyi munosabati bilan “Inson qadri uchun–100 maqsad” shoiri ostida Kadastr agentligi jamoasining Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi keksa va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan “Saxovat” uyiga tashrifi "Zamon" informatsion dasturi nigohida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️Bugun Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun Toshkent shahridagi INHA universiteti mas’ullari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

💠Ushbu uchrashuvda xodimlarni “Raqamli transformatsiya yo’nalishidagi magistratura” bosqichiga taklif qilish, xodimlar o’rtasida chet tillarini o’rganish va malaka oshirish bo’yicha takliflar berildi.

📌Bundan tashqari Agentlik tizimidagi xodimlarni qiziqtirgan qo’shimcha savollarga INHA universiteti mutasaddilari javob berishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🖥 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 21 - 27 aprel kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 17 177 tani tashkil etdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt